1. Umumiy uslubiy koʻrsatmalar.
1.1. Loyihani mazmuni va hajmi
Kurs loyihasi - bu talabani “Elektr yuritma asoslari” fanidan yakuniy ishi boʻlib, diplom loyihasini bajarishga tayorgarlik hisoblanadi.
Kurs loyihasi ikki qisimdan: hisob-yozma bayoni(HYB) va grafik qismidan iborat boʻladi.
Loyihani hisob-yozma bayoni 35-40 betdan iborat boʻladi, A4 formatli oq qogʻozda qoʻl bilan yozma shaklida bajariladi. Loyihani grafik qismi 2 ta chizmadan iborat boʻladi, chizmalar 24 formatli vattman qogʻozida qalam bilan chiziladi.
HYBda kurs loyihasiga berilgan topshiriqni barcha savollari yoritilishi lozim, bunda hisoblashlar HYBni kamida 25%ni tashkil etishi kerak.
Grafik qismni 1-chizmasida yuritmani elektr sxemasi, 2-chizmasida mexanizmni konstruktiv chizmasi yoki dvigatelni mexanik xarakteristikalari keltiriladi. Chizmalar list yuzasini kamida 75%ni egallashi lozim.
Loyihani tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar.
1.2.1. Hisob-yozma bayoni.
Loyihani hisob-yozma bayoni A4 varaqlarda davlat standarti talablari asosida bajariladi. HYB varaqni bir tomoniga qoʻlyozma shaklida sharikli koʻk rangli ruchka bilan yoziladi. Har bir varaq 0,3-0,4 mm chiziq bilan hoshiyalanadi. Varaqlarni hoshiyalash namunasi 1-rasmda koʻrsatilgan.
Loyihani hisob-yozma bayoni quyidagi tartibda tikiladi:
titul varagʻi
kurs loyihasini topshirigʻi
loyihning tarkibi;
HYB mundarijasi;
HYB matni;
Ilova va illyustratsiyalar;
foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati.
Loyihani titul varagʻidagi nomi topshiriqdagi mavzu bilan bir hil boʻlishi kerak. Titul varagʻining namunasi 2-rasmda berilgan. Kurs loyihasini topshirigʻi loyiha rahbari tomonidan alohida shaklda talabaga taqdim etiladi. Topshiriq kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi, unda loyihani boshlanishi va yakunlanishi sanalari koʻrsatiladi.
Kurs loyihasini tarkibi alohida varaqda keltiriladi, namuna 3-rasmda koʻrsatilgan.
Hisob-yozma bayonining mundarijasida loyihani barcha boʻlimlari, mavzulari va ular joylashgan betlari koʻrsatiladi. Hisob-yozma bayoni boʻlim, qism va punktlarga ajratib tuziladi. Har bir boʻlim, qism va punktlar raqamlanadi. Boʻlim, qism va punktlarni nomlanishi qisqa, tushunarli boʻlishi va topshiriqqa mos kelishi kerak. HYBda boʻlim, qismlar yangi betdan boshlanishi lozim.
Hisob-yozma bayoni quyidagi boʻlimlardaan iborat boʻlishi mumkin:
Umumiy boʻlim
Hisob- texnologik boʻlim
Maxsus boʻlim
Iqtisodiy boʻlim
Mehnat muhofazai, texnika xavfsizligi, yongʻinni oldini olish va sanoat ekologiyasi tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |