Elektr yuklamalarining koifsentlari reja: Kirish Nominal rejim



Download 124,5 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2022
Hajmi124,5 Kb.
#689163
1   2   3   4
Bog'liq
ELEKTR YUKLAMALARINING KOIFSENTLARI

Nominal rejimdagi to‘la isroflar Qnom katalogda berilgan ma’lumotlar asosida quyidagicha aniqlanishi mumkin:


Qnom Pnom(1- hnom)/hnom qdoim qo‘zg.nom. (7.7)

Yuklamaning ma’lum qiymatidagi




Qqdoim x2qo‘zg.nom. (7.8)

bu yerda: P/Pnom dvigatelning yuklanish koeffitsiyenti. Aniqroq qilib, quyidagicha I/Inom yoziladi. Chunki chulg‘amlardagi isroflar va ular­ning qizishi asosan ulardan o‘tayotgan tokka bog‘liq.


FIK ning maksimal qiymati nominaldan farqli bo‘lgan yuklama qiymatida (7.6) tenglamaga binoan quyidagini olamiz:


qdoim Qnom•g/(g + 1); (7.9)


qo‘zg.nom Qnom/(g + 1). (7.10)

U holda yuklamaning nominaldan farqli qiymatlaridagi isrofning ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi




QQnom•g/(g + 1) + Qnomx2/(g + 1) =

Qnom•(g + x2)/(g + 1). (7.11)


Tabiiyki, ushbu formuladan foydalanish uchun g ning qiymati ma’lum bo‘lishi kerak. Lekin katta xatoliklarsiz g ning qiymatini g = 1 deb qabul qilish mumkin.


O‘tkinchi rejimlardagi isroflarni aniqlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Dvigatel harakatlanayotgan va tormozlanayotgan vaqtda statik yuklamadan tashqari inersiya massalarining tezlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik yuklama ham ta’sir etadi. Bunda dvigatel toki sezilarli darajada o‘zgaradi va energiya isroflari vaqtning murakkab funksiyasi bo‘lib qoladi.
Isroflarning aniq hisobi faqat yuklama diagrammasi — tok va tezlikning o‘zgarish grafigi mavjud bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Ta’minot kuchlanishini o‘zgarmas (doimiy) deb qabul qilib, tezlatish va tormozlashda dvigatel zanjirida ajralib chiqayotgan isroflarni taxminan baholash mumkin.
Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelni salt yurishda (yuklamasiz) ishga tushirishdagi isroflarni ko‘rib chiqamiz. Ifodalarni soddalashtirish va jarayonning energetik ko‘rsatkichlariga ta’sir etayotgan asosiy omillarni yanada oydinlashtirish uchun po‘latdagi isroflarni hisobga olmaymiz. Mexanik tavsiflarni tahlil qilayot­ganda mexanik isrofni ish mashinasi hosil qilayotgan yuklamaga qo‘shib yuboramiz.
Tarmoqdan iste’mol qilinayotgan quvvat qisman yakor zanjiridagi qarshiliklarda yo‘qolib, asosan mexa­nik energiyaga aylanadi:


PPel. (7.12)

Dvigatelni salt yurishda ishga tushirayotganda (M= 0) harakat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:




MJdw/dt.

Dvigatel magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda




MKMI; KEw,

bu yerdan tok J/KMdw/dt. (7.13)


Dvigatel t1 vaqtdan t2 vaqtgacha harakatlanayotganda tarmoqdan iste’mol qilinayotgan energiya





(7.14)

SI sistemasida KKm bo‘lganligi uchun


Jw0(w2- w1). (7.15)

Salt yurishda harakatlanayotganda dvigatel tezligi ideal salt yurish tezligiga teng. Shuning uchun integrallash chegarasi w= 0 dan to w= w0 gacha bo‘ladi. Bu integrallash chegaralaridan (9.15) ifodadan foydalanib quyidagini olamiz:


A = J w20. (7.16)

Yuritma inersiya massalariga beriladigan energiya:




(7.17)

Yakor zanjiridagi energiya sarfi:


(7.18)

Shunday qilib, dvigatelni salt yurishda ishga tushirilganda tarmoqdan yuritma inersiya massalari kinetik energiyasi zaxirasiga ikki baravar ko‘p bo‘lgan energiya iste’mol qilinar ekan.


Ta’minlanayotgan energiyaning yarmi kinetik ener­giya ko‘rinishida o‘qqa beriladi, ikkinchi yarmi esa yakor zanjiridagi qarshiliklarda yo‘qotilar ekan. Demak dvigatel — mexanizm tizimida o‘tkinchi jarayon­larni tezlatish va isroflarni kamaytirish maqsadida ilo­ji boricha kichik inersiya momentiga ega bo‘lish lozim ekan. Shuning uchun yuritmalarda inersiya momenti kichik bo‘lgan dvigatel o‘rnatish, yoki bitta dvigatel o‘rniga ikkita kichik quvvatli bir-biri bilan mexanik bog‘langan dvigatellarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Shuni hisobga olish kerakki, isroflar nafaqat dvigatel chulg‘amlarida, balki ketma-ket ulangan qarshiliklarda ham ajralib chiqadi. Demak, qo‘shimcha qarshiliklar kiritib sarflarning bir qismini dvigateldan tashqariga olib chiqish mumkin.
Agarda dvigatelni tezlatish uchun bir nechta pog‘ona qarshiliklari qo‘llanilsa va kuchlanish asta-sekin oshirilsa, ishga tushirish isroflarini birmuncha kamaytirish mumkin.
Dvigatel yuklama ostida ishga tushirilayotganda u ham tezlatish uchun kerak bo‘lgan momentni, ham statik (qarshilik) momentini yenga oladigan momentni hosil qilishi kerak. Bu esa yakordagi isroflarni ko‘paytiradi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigateli­ning o‘qida o‘zgarmas statik moment M= const bo‘lganda ishga tushirilayotgandagi ifodani aniq­laymiz. Harakat tenglamasiga MKMI qiymatni qo‘yib, quyidagini olamiz:



Download 124,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish