Elektr va magnetizm 27-ma’ruza O’zinduksiya natijasida zanjirda tokning yo’qolishi va tiklanishi. Solenoid induktivligi. Magnit maydon energiyasi va zichligi Umumiy fizika kafedrasi dotsenti: Nurmatov N. A. Mavzu rejasi
Bog'liq O’zinduksiya natijasida zanjirda tokning yo’qolishi va tiklanishi. Solenoid induktivligi. Magnit maydon energiyasi va zichligi
ELEKTR VA MAGNETIZM 27-ma’ruza
O’zinduksiya natijasida zanjirda tokning yo’qolishi va tiklanishi. Solenoid induktivligi. Magnit maydon energiyasi va zichligi
Umumiy fizika kafedrasi dotsenti: Nurmatov N.A.
Mavzu rejasi: 1. O’zinduksiya natijasida zanjirda tokning yo’qolishi va tiklanishi.
2. Solenoid induktivligi.
3. Magnit maydon energiyasi va zichligi
Konturni kesib o’tayotgan magnit oqim o’zgargan hollarda elektromagnit induksiya hodisasi kuzatiladi. Bu oqim o’zgarishini qaralayotgan konturning o’zidagi tokning o’zgarishidan ham hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun biror konturdagi tok kuchining har qanday o’zgarishi unda o’zinduksiya E.Yu.K. paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, u konturda qo’shimcha tok hosil qiladi. Bu hodisa o’zinduksiyadeyiladi, o’zinduksiyadagi E.Yu.K. hosil qilgan qo’shimcha toklar o’zinduksiya ekstratoklari deyiladi.
1. Zanjirda tokning yo’qolishi va tiklanishi
O’zinduksiya ekstratoklari Lens qonuniga muvofiq ularni hosil qilgan toklarning o’zgarishiga doim to’siqlik qiladi. Tok manbai zanjirga ulanganida ekstratoklar manba hosil qilayotgan tokka qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Tok manba uzilganida ekstratoklarning yo’nalishi manbaning kuchsizlanayotgan tokining yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi. Shuning uchun zanjirning induktivligi tok yo’qolish va tiklanish protsessini sekinlashtirganda ko’rinadi.
Tokni kvazistatsionar deb hisoblaymiz va tokning yo’qolish qonunini topamiz vaqtning t momentida oddiy tok kuchini I orqali belgilaymiz va LKrL konturga Krixgofning ikkinchi qoidasini tadbiq qilamiz. Zanjirda o’zinduksiya E.Yu.K. - Lborligini hisobga olib, quyidagiga ega bo’lamiz:
O’zgaruvchilarga ajratsak:
exp ( ( 3 )
Boshlang’ich shartlardan ( t = 0; I =
exp ( ( 4 ) 1-rasm.
1-rasm.
exp ( ( 5 )
Bunda T kattalik vaqt o’lchamiga ega, shuning uchun uni induktivlik va qarshilikli zanjirning vaqt doimiysi deyiladi. (1) dan ko’rinadiki, t = T vaqtni beradi, shu vaqt davomida tok kuchi e=2,71 marta kamayadi. Induktivlik qanchalik kata bo’lsa va qarshilik qanchalik kichik bo’lsa, tokning yo’qolishi shunchalik sekin bo’ladi. ( 5 )ifodaga muvofiq tok kuchi 0 ga assimptotik intilishini, t=∞ vaqtdan keyingina tok to’liq yo’qolishini (i=0) qayd qilib o’tamiz. Ammo tokning yo’qolishi uning kuchi yetarlicha kichik bo’lib ketganligini bildiradi. Bunday deyarli barqarorlashgan holatga chekli vaqt ichida erishiladi, ammo vaqt doimiysi T qanchalik katta bo’lsa, bu vaqt ham shunchalik katta bo’ladi.
Zanjirda tokning tiklanishi
Kalitni manbadan ajratamiz.( 1- rasm ). Zanjirda tok paydo bo’la boshlaydi. Om qonuniga binoan:
( 6 )
( 7 ) = T
( 7 )-ifodani integrallab:
( 8 )