Mashinalarni statik va dinamik turg'unligi baholash usullari
Reja:
Natijaviy barqarorlikni hisoblash tartibining afzalligi.
Elektr tizimdagi o’tish jarayonlarining sifati va barqarorligini oshirish chora tadbirlari.
Bu me’zon asosida stantsiya tizim bilan nisbattan uzun EUY orqali bog’liq tizimlar tekshiriladi. Hisoblar quyidagi ketma-ketliklarda bajarildi:
1) Uzoq stantsiyalar generatorlari beradigan quvvat ifodasi aniqlandi.
2) R/ δ uchun ifodasi aniqlanadi.
3) CHegaraviy rejimga to’g’ri keluvchi dR/dδ=O shartidan burchak aniqlanadi.
4) Burchakning hisoblangan qiymatini kuvat ifodasiga quyib chegaraviy quvat aniqlanadi. Keyin barqarorlik bo’yicha zahira normativ koiffitsentini hisobga olib statik barqarorlik buzilmasdan chegaraviy stantsiyadan beradigan kuvvat aniqlanadi.
Barqarorlikni R/ δ me’zoni bo’yicha murakkab tizimlarni tekshirishda barcha stantsiyalar EYUKlari o’zgarmas deb olinadi va barqarorlik buzilishiga nisbattan bo’lgan stantsiyalardagi sinxronlashtiruvchi quvvat hisoblanadi.
Amaliyotda hisoblashlarda quyidagilardan biri deb olinadi:
Berilgandan boshqa hamma generator stantsiyalar burchaklari o’zgarmas;
Ikkitadan tashqari barcha stantsiyalar beradigan quvvatlar o’zgarmas;
Bu statik barqarorlikning amaliy mezoni mujassamlashgan yuklamali tizimlarda qo’llaniladi. Usulning 1-rasmda ko’rsatilgan sxemada amalining maqsadi quyidagicha bo’ladi. SHoxaning A nuqtasiga ulangan har bir yuklama ma’lum QH=f(Ua) xarakteristikaga ega. (Ua=1) rejimda hamma yuklamalarni umumlashtirsak natijaviy shoxaning reaktiv yuklamasi aniqlanadi va uning kuchlanish funktsiyasidagi bog’liqligi
Shu rejimda yuklamaning qiymatiga o’zgarishi yangi xarakteristika . Shunday qilib yuklamaning bir necha xarakteristikalarini olish mumkin. Har bir generatorlardan A nuqtaga reaktiv quvvat keladi.
Biron-bir generatorlarni doimiy EYUK En bilan almashtirsak yuklama shinasiga keladigan reaktiv quvvat quyidagicha aniqlanadi.
.
bu erda: -generator nomeri; -A nuqtasigacha bo’lgan shoxa generatorining qarshiligi.
Generatorlardan keladigan umumiy reaktiv quvvat bog’liqligi:
SHunday qilib, kuchlanish barqarorligi mezoni hamda tizim barqarorligi quyidagi shart bajarilganda amalga oshadi.
.
Elektr isitgichlari mavjud bo’lgan ba’zi tizimlarda dP/df amaliy mezoni rejim barqarorligini aniqlash uchun hal qiluvchi bo’lib hisoblanadi. dP/df mezoni, mezoniga to’g’ri keladi. Bu mezon bo’yicha barqarorlikni tekshirishda va bog’liqlik quriladi, bu bog’liqliklar bo’yicha nobalans quvvatning ishorami va quvvati aniqlanadi. Xarakteristikalarni qurishda hisoblashlar shartiga qarab ACHYUni hisobga olish yoki olmaslik mumkin.
Energotizim shunday ishlashi kerakki, uning rejimlarining parametrlari o’zgarishida (yomonlashishida) uning barqarorligiga ta’sir ko’rsatmasligi kerak, ya’ni zahira mavjud bo’lishi shart. Zahira dastlabki va oxirgi rejimlar parametrlarining bog’liqligi bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |