Elektr tokining bajargan ishi. Elektr energiyasi va uni hisoblash Darsning maqsadi: Ta’limiy



Download 288,37 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi288,37 Kb.
#6247
Sinf : 8

Fan: Fizika

Mavzu: Elektr tokining bajargan ishi. Elektr energiyasi va uni hisoblash

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy: O’quvchilarda elektr tokining bajargan ishi haqida tasavvur hosil qilish, sarflangan elektr energiyani hisoblash bo’yicha ko’nikma, malakalarni shakllantirish.

2.Tarbiyaviy:o’quvchilarga ota-ona mehnatini qadrlash, elektr energiyasini behuda isrof qilmaslik va tejamkorlik hislatlarini singdirish.

3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish,ijodkorlikka undash,olgan bilimlarini hayotga tatbiq etishga undash.



Dars turi: Yangi tushuncha,bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: Kichik ma’ruza orqali taqdimot, savol-javob,guruhlar bilan ishlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqtma materiallar,plakat, videoproektor,slaydlar,kodoskop, fizikadan masalar to’plami .



Darsning tarkibiy qismi

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

20 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Oquvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,oquvchilarning darsga tayyorgarligini ko’zdan kechirish va guruhlarga ajratish.

2.O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzuni takrorlash Aqliy hujummetodidan foydalanib, o’quvchilarni guruhlarga bo’lgan holda bajariladi.

O’tilgan mavzular boyicha savollar:

1) Iste’molchilarni ketma - ket ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo’ladi?

2) Iste’molchilarni parallel ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo’ladi?

3) Om qonunining formulasi qanday ifodalanadi?

4) O’tkazgichning qarshiligi nimalarga bog’liq?

5) Reostatning vazifasi nimadan iborat?

6) Ampermetr va voltmetrning vazifasi nimadan iborat?

7) Ampermetr va voltmter elektr sxemada qanday belgilanadi?

8) Ketma – ket va parallel ulashdan qayerda foydalaniladi?

9)Qarshilikni o’lchaydigan asbob nima?

Savollarga o’quvchilar tez va aniq javob berishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarning javoblari asosida xulosa qiladi.

Yangi mavzu bayoni:

Ma’lumki,elektr zanjiri ichki va tashqi qismdan iborat.Zanjirning icki qismi – tok manbida boshqa turdagi energiyalar,masalan,galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.

Zanjirning iste’molchi ulangan tashqi qismida elektr energiya mexanik, issiqlik, yorug’lik va boshqa turdagienergiyaga aylanadi.Masalan, zanjirga ulangan elektr dvigatelda elektr energiya mexanik energiyaga, lampochkada esa elektr energiya issiqlik va yorug’lik energiyasiga aylanadi.

Iste’molchilarda elektr energiya boshqa turdagi aylanishida zanjirdagi tok ish bajaradi. Elektr toki bajargan ishi,kuchlanish birlik elektr zaryadni zanjirning shu qismi bo’yicha ko’chirishda maydonning bajargan ishiga teng. Kuchlanish ta’rifidan elektr tokining bajargan ishi:

A= q∙U

Tok kuchi ta’rifidan:

I=q/t , bundan esa q=I∙t

Bu formulalardan elektr tokining bajargan ishi quyidagicha bo’ladi:



A=I∙U∙t

Elektr zanjirining biror qismida tokning bajargan ishi, shu qismga qo’yilgan kuchlanishni tok kuchiga va tok o’tib turgan vaqtga ko’paytmasiga teng.

Elektr tokining bajargan ishi mexanik ish kabi joullarda o’lchanadi.



Volt∙1sekund= 1A∙1V∙1s

Ish bajarish uchun energiya sarflanadi. Ish biror turdagi energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishi o’lchovidir.



Sarflangan elektr energiya miqdor jihatdan elektr tokining bajargan ishiga teng:

E=I∙U∙t

Elektr tokining bajargan ishi, ya’ni iste’molchilarda sarflangan energiya maxsus asbob- elektr hisoblagich yordamida hisoblanadi.Hozirgi kunda elketr energiyasining hisoblagichlari har bir xonadonda va korxonada mavjud.

Sarflangangan energiya hisoblagichlarda kilovatt-soat ( kW∙soat ) larda o’lchanadi.

1 kW∙soat = 1000 W∙ 3600 s= 3 600 000 J = 3600 kJ

Elektr hisoblagich iste’molchilarga boradigan zanjirga ketma – ket ulanadi.

Odatda,sarflangan elektr energiya uchun to’lov har oyda amalga oshiriladi.Suning uchun, bir oy davomida sarflangan elektr energiya miqdorini bilish zarur bo’ladi. Masalan, bir oy oldin hisoblagichning ko’rsatishi 547,6 kW∙h ga , bugungi ko’rsatishi 623,4 kW∙h ga teng bo’lsin. U holda bir oy ichida sarflangan elektr energiyaning miqdori 623,4kW∙h-547,6kW∙h=75,8 kW∙h ga teng bo’ladi.Davlat tomonidan sarflangan har bir kW h uchun belgilangan to’lov miqdori aniq belgilab qo’yilgan. Bu miqdorni bir oy ichida sarflangan elektr energiyasi miqdoriga ko’paytirilib,elektr energiya uchun oylik to’lov miqdori aniqlanadi.

Sarflangan elektr energiya uchun harajatni o’z vaqtida to’lab turish kerak!

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Dars jarayonida o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun

savollar beriladi.

1. Elektr tokining bajargan ishini ifodalanang va formulasini yozing.

2. Tokning bajargan ishi qanday birlikda o’lchanadi?

3.Sarflangan elektr energiya haqida fikr-mulohazalaringizni aytib bering.

4. 0,25 kW∙soat necha k J ga teng?

So’ngra quyidagi 2 ta masala o’quvchilar bilan birgalikda yechiladi:

1. Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 3 V bo’lganda 6 A tok ,10 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajaradi?

Berilgan: Formulasi: Yechilishi:

U= 3V A=IUt A= 3V∙6A∙10 s=180 J

I= 6 A


t=10 s A=?

2. Zanjirning biror qismidagi kuchlanish necha volt bo’lganda 3 A tok ,4 s da zanjirning shu qismida 24 J ish bajaradi?

Berilgan: Formulasi: Yechilishi:

I= 3A A=IUt U= 24J /3A∙4s=2V



t=4 s

A= 24J U=A / It



U=?

Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganish, uyda bir kunlik sarflangan elektr energiyasini elektr hisoblagichning ko’rsatishi orqali aniqlash.
Download 288,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish