O‘t o‘chirish vositalari
Yong‘inni o‘chirish yo‘llari va o‘t o‘chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalar - yong‘inga o‘t o‘chirish vositalarini (suv, ko‘pik, kukun, karbonad angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil avtotsisterna, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar - yong‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari, shuningdek tezkor avtomobillar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |