VI.Hisobot tayyorlash tartibi Tajriba ishi hisoboti quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
a) Ishning nomi;
b) Ishning maqsadi;
v) Topshiriq;
g) Ishni bajarish tartibi va metodlari;
d) Tajriba ishini printsipial sxemasi;
e) Tajriba va hisobiy formulalar, natijaviy mahlumotlar va grafiklar yoki eksperimental xarakteristikalar.
VII. Sinov savollari 1. Elektr pechlari turlari va tiplari.
2. Elektr qarshilik pechlarini qo’llanilish sohasi.
3. Pechning ish va energiya istehmoli rejimlari.
4. Termodatchiklar, termoregulyator va ularni sezgirligi.
5.Issiqlikdan izolyatsiyalovchi va qizitish elementlariga qo’llaniladigan materiallar.
Adabiyotlar. 1. Svenchanskiy A.D – Elektricheskie pechi soprotivleniya. M-L. Gosenergo 1958g.
2. Nekrasova N.M i dr. – Elektricheskie prom. pechi.M-L. 1961g.
3. Katsevich L.S – Raschet i konstruktirovanie elektricheskix pechey. M-L.1960g.
4. Elektricheskie prom. pechi dlya nagreva i termicheskoy obrabotki.Terminq i opredeleniya GOST 16382-70.
5. Jalilov M.X. Elektrotexnologik texnologik kurilmalari.Toshkent,1990.
6. Bobojanov M.K. Sanoat korxonalari elektrotexnologik kurilmalari. Toshkent,2007.
Laboratoriya ishi
SHaxta pechi tuzilishini o’rganish, parametrlarini hisoblash va ishlashini tadqiq qilish.
Ishning maqsadi Qarshilik shaxta pechi tuzilishi, ishlash printsipi,quvvat va haroratni rostlash elektr sxemasi bilan tanishish. Asosiy parametrlarini aniqlash va qizdirish elementlarini tanlash. Elektr shaxta pechlarida qizish jarayonlarini o’rganish.
I. Nazariy qism Elektr shaxta pechlari. Kamera pechlari bilan bir qatorda shaxta elektr pechlari ham o’zlarini soni jihatidan davriy ishlovchi umumsanoat elektr pechlarining asosiy qismini tashkil qiladi. SHaxta pechlari dumaloq, kvadrat yoki to’rtburchak shaxta shakliga ega bo’lib, ustki qismidan qopqoq bilan bekitiladi. SHaxta pechi konstruktsiyasining asosiy elementlari pech kamerasi, qizdirish elementlari, pech tagi va tagligini ko’tarish mexanizmidan iboratdir.Tuzilishi va ekspluatatsiya qilish bo’yicha eng sodda mufelsiz pechlar xisoblanadi. Ular listli va profil po’latdan qilingan vertikal tsilindr kojuxdan iborat bo’lib, uning ichida issiqlikdan izolyatsiyalovchi futerovka va qizdirish elementlari joylashtiriladi. Ushbu tipdagi va ishchi fazosi o’lchamlari katta bo’lmagan (diametri taxminan 600 dan 1000 mm gacha) pechlar sanoatning turli sohalarida har xil mahsulotlar va detallarga termik ishlov berish uchun qo’llaniladi.
Kamera pechlariga nisbatan shaxta pechlari quyidagi afzalliklarga ega.
1) Kran-balka, telg’fer va boshqa universal ko’tarish mexanizmlarini qo’llash orqali maxsulotlarni qo’yish va olishni mexani-zatsiyalashtirish imkoni;
2) Kamera foydali hajmidan yetarli ravishda foydalanish;
3) Pech qobig’ini gaz o’tmaydiganligi va qopqog’ini zichlashtirish qurilmasi borligi tufayli kamera ishchi fazosini germetik yopiqligiga erishiladi, shu orqali detallarga termik ishlov berishda oksidlanishga yo’l qo’yilmaydi va issiqlik isrofi kamayadi..
Bundan tashqari elektr shaxta pechlari uzun o’lchamlarga ega bo’lgan mahsulotlarga masalan vallar, shtangalar, quvurlar, tortish aslahalari va boshqa vertikal holatda ishlov beriladigan mahsulotlarga, ishlov berishda juda muhim hisoblanadi. Bu mahsulotlar pechda maxsus moslamalar yordamida osib qo’yiladi va bu qizdirishda minimal deformatsiya bo’lishni tahminlaydi.
SHaxta pechining ishlash printsipi qizdirish elementlari orqali elektr toki oqqanda issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan.Elektr shaxta pechlarida haroratni rostlash xuddi kamera pechlarida bo’lgani kabi pechg’ istehmol qilayotgan quvvatni o’zgartirish, xususan ikki pozitsiyali rostlash orqali amalga oshiriladi.