6.2.TT ni rasmiylashtirish tartibi AT da TT standart talablariga muvofiq A4 formatdagi qog‘ozlarda, unga asosiy yozuv va qo‘shimcha grafalar ramkasisiz rasmiylashtiriladi.
Sahifa raqamlari titul varag‘idan keyingi birinchi varaqdan boshlab varaqning yuqori qismida (matndan pastda, o‘rtada) AT da TT kodi belgilanishidan keyin qo‘yiladi.
Ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablar qiymatlari, qoidaga ko‘ra, chegaraviy og‘ishlari yoki maksimal va minimal qiymatlari orqali yoziladi. Agar ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablar konkret qiymatlari AT da TT ni ishlab chiqish jarayonida o‘rnatilishi mumkin bo‘lmasa, unda bu ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish tartibi haqida “YAkuniy talab (qiymat) ........ jarayonida aniqlashtiriladi va ..... davrga ........dan bayonnomasi bilan muvofiqlashtiriladi” yozuvni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Titul varag‘ida gerbli muhr bilan tasdiqlanadigan buyurtmachi, ishlab chiquvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar imzolari joylashtiriladi. Zarurat bo‘lganida titul varag‘i bir necha sahifalarda rasmiylashtiriladi. AT da TT loyihasini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirishda qatnashadigan AT da TT ishlab chiquvchilari va mansabdor shaxslar imzolari oxirgi varaqda joylashtiriladi. Zarurat bo‘lganida AT da TT titul varag‘ida sohada o‘rnatilgan kodlar, masalan, maxfiylik grifi, ish kodi, TT ro‘yxatga olish nomeri va boshqalar joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
6.3.AT da TT ni muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi MUVOFIQLASHTIRISH TARTIBI
AT da TT loyihasini davlat nazorati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish zaruratini tizimni buyurtmachisi va AT da TT loyihasini ishlab chiquvchi birgalikda aniqlaydi.
AT da TT loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar tizim buyurtmachisi va AT da TT loyihasini ishlab chiquvchining har biri o‘z vazirlik va idoralari bilan birgalikda amalga oshiradi. AT da TT loyihasini muvofiqlashtirish muddati har bir tashkilotda uni olgan kunidan boshlab 15 kundan oshmasligi kerak.
AT da TT loyihasini muvofiqlashtirishga uning nusxalarini bir vaqtda barcha tashkilotlarga (bo‘linmalarga) yuborish tavsiya qilinadi.
AT da TT loyihasi bo‘yicha mulohazalar texnik asoslangan holda taqdim etilishi kerak. Mulohazalar bo‘yicha yechimlar tizim buyurtmachisi va AT da TT loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan AT da TT ni tasdiqlanishigacha qabul qilinishi kerak.
Agar AT da TT loyihasini muvofiqlashtirishda ishlab chiquvchi va buyurtmachi (yoki boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan) orasida kelishmovchilik vujudga kelsa, u holda kelishmovchiliklar bayonnomasi (ixiyoriy shaklda) tuziladi va aniqyechim o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi.
AT da TT loyihasini muvofiqlashtirish alohida hujjat bilan rasmiylashtirishga ruxsat etiladi. Bu holda “Kelishilgan” grifi ostida bu hujjatga ko‘rsatma qilinadi.
TASDIQLASH TARTIBI
AT da TT ni tasdiqlash tizim ishlab chiquvchi va buyurtmachi korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
AT da TT (TT ga qo‘shimcha) uni tasdiqlashgacha TT ishlab chiquvchisi tashkiloti me’yorlarini nazorat qilish xizmati tomonidan tekshirilishi kerak va zarurat bo‘lganida metrologik ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
Tasdiqlangan AT da TT nusxalari 10 kunlik muddatda AT da TT ishlab chiquvchilari tomonidan tizimni yaratish ishtirokchilariga yuboriladi.
AT da TT ga qo‘shimchalarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash AT da TT uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
AT da TT va unga qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish, hisobga olish va saqlash o‘rnatilgan tartibdagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi.