Adipin kislotasi
Adipin kislotasi — kristalli modda, u ikki asosli nisbatan kam kuchli kislota.
Adipin kislotasining erish harorati 150°S, 15°S da erishi 1,42 foizga teng, 100°S da —
61,53 foiz (massa bo‘yicha).
Bu kislotaning havoda muallaq changini portlash xavfi bo‘lgan, o‘tirib qolgan changi —
yong‘inga xavfli. Kislotaning changi shilliq pardalarini qichitadi.
Changdan shaxsiy himoya vositalari: respiratorlar, himoyalovchi ko‘zoynaklar.
Adipin kislotasining eritmalari amalda xavfli emas, shuning uchun maxsus himoyalash
choralari talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |