XavfsZlik texnikasi.
Kavsharlovchining ish o'rni ventilyatsiya va suv
bilan ta‘minlangan maxsus xonaga joylashtirilishi kerak. Bunga sabab shuki,
kavsharlash va oqartirishda kislota hamda ishqorlar ishlatiladi. Ular esa teriga
tekkanda kuydirib, to'qimalarni yemiradi. Ularning bug'lari nafas olish organlariga
zararli ta‘sir qiladi. Bundan tashqari kavsharlashda qizdirish manbalari va
yonuvchi modalar ishlatiladi. SHuning uchun ish o'rnida yong'inga qarshi
qo'shimcha tadbirlar qo'zda tutilishi, ya‘ni metall ekranlar bo'lishi lozim va h.k.
Kislota va ishqorlar zich tiqinli shisha idishlarda saqlanadi. Ularni ishlatayotganda
rezina qo'lqop hamda etik kiyib olish, rezinalangan fartuk, himoya ko'zoynagi taqib
olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |