Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan tisklari.
Chilangarlikda
metallarni sovuqlayin ishlashda materiallarni tez va puxta mahkamlash (qotirish)
imkonini beradigan tutqich moslamalardan biri — tiskilardan foydalaniladi.
Chilangarlik tiskilari zagotovkalarning turi va o‘lchamlariga, ularga ishlov berish
usullariga, tayyorlanadigan buyum yoki detalning shakl va o‘lchamlariga qarab har
xil bo‘ladi.
Parallel tiskilar (9-rasm). Bu tiskilarning parallel deb atalishiga sabab
shuki, ularning qo‘zg‘aluvchi lari qo‘zg‘almas jag‘lariga nisbatan parallel ravishda
siljiydi. Parallel tiskilar burilma, burilmas va strubsiiali tiskilarga bo‘linadi. Parallel
to‘g‘ri jag‘lari kul rang cho‘yandan
quyilgan bo‘lib, ularga detal yoki zagotovkalarii siljitmasdan maxkam tutib turish
imkonini beradigan taram-taram kertmakli toblangan po‘lat qistirmalar o‘rnatiladi.
Tayyor detal va buyumlarni pardozlashda po‘lat qistirmalarning kertmaklari
buyum sirtida iz qoldirmasligi,sirtning sifatini buzib qo‘ymasligini ta'minlash
uchun tiski jag‘lariga alyuminiy, mis, jiz kabi yumshoq materiallardan tayyorlangan
qo‘shimcha qistirma plastinkalar qoplanadi.
1.1-rasm. Chilangarlik tiskisi.
Metallarga ishlov berishda parallel tiskilardan sandon sifatida foydalanmaslik, tiski
jag‘lari ustida bolg‘alash ishlarini qilmaslik kerak. Aks holda po‘lat qistirmalarni
tutib turuvchi vintlar uzilishi, jag‘lar sinib ketishi mumkin. Parallel tiskilar
dastgohlarga ikkita yoki uchta bolt bilan qotirib qo‘yiladi. Ularni dastgohga
o‘rnatishda qo‘zg‘almas jag‘larini dastgohning qirg‘og‘iga moslab yoki undan biror
santimetr o‘tkazib qotirish kerak. Bu hol uzun o‘lchamli yensiz zagotovkalarni
dastgohdan pastga tushirib o‘rnatish imkonini beradi. Burilma tiskilar doira taglikka
o‘rnatiladi, taglik yesa dastgohga bolt yordamida qo‘zg‘almaydigan qilib qotirib
qo‘yiladi.
Tiski shu taglikning o‘qi atrofida ixtiyoriy burchakka burila oladi. Bu narsa
detallarni ishlash vaqtida ularni qulay vaziyatga burib olish imkonini beradi. Tiski
kerakli vaziyatga burib olingandan so‘ng qotiruvchi vint yordamida taglikka qotirib
qo‘yiladi. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng tiskini normal vaziyatga keltirib
taglikka qotirib qo‘yiladi.
Tiskini taglikka qotirmasdan ishlashga ruxsat yetilmaydi. Bu — ish sifatining
buzilishiga va ko‘ngilsiz hollar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi. Ba'zi kichik o‘lchamli
detal va buyumlarni ko‘chma staninali parallel tiskilar yordamida ishlanadi. Bu
xillarni duradgorlik, chilangarlik dastgohlariga va yozuv stollariga o‘rnatib
foydalanish mumkin. Yozuv stollariga o‘rnatib foydalanishda tiskini
taxtaning chetiga o‘rnatmasdan, balki uch qismlariga o‘rnatish kerak. Aks holda
yozuv stoli taxtasi yorilib ketishi mumkin. Stul tiskilarida zarb bilan bajariladigan
ishlar bajariladi.
Bu xildagi tiskilar po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, uning jag‘lariga asbobsozlik
po‘latidan tayyorlangan kertmakli qistirmalar payvandlab qo‘yiladi.
Stul tiskilari dastgohning yon tomoniga o‘rnatiladi. U uzun (poddan tiski jag‘i
balandligicha) zagotovkalarni ishlash imkoniii beradi. Biroq tiski jag‘larining
bir tekislikda siljimasligi va bir-biriga parallel joylashmasligi sababli ularga
zagotovkalarni puxta o‘rnatish qiyin bo‘ladi. Dastaki tiskilar kichik o‘lchamli,
bolg‘alanadigan, egovlanadigan, parmalanadigan detal va zagotovkalarni tutib
turish uchun ishlatiladi.
Tiskilarga qarov berish. 1. Tiskilarning dastgohlarga puxta o‘rnatilganligini
doimo tekshirib turish kerak.
2.Tiskilarga detal yoki zagotovkalar o‘rnatishda dastaga qo‘shimcha truba kiydirib
uzaytirilgan dasta bilan yoki dastani bolg‘alab qotirishga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Aks holda yegilishi, gayka va vintlarning rezbasi yeyilishi ketishi mumkin.
3.Har safar ishdan so‘ng tiskini qirindidan tozalab, latta yoki maxsus chutka
bilan artib tozalash kerak.
4.Ishdan so‘ng tiskining jag‘larini bir-biriga qattiq siqib qo‘ymaslik
kerak. Odatda, jag‘lar holi, bir-biridan 2—3 mm ochiq qoldiriladi.
5.Vaqt-vaqti bilan siqish vinti, gayka va tiskining yo‘naltiruvchilarini
moylab turish kerak
1.2 - rasm. Dastaki tiskilar: a - sharnirli, b - qotiruvchi dastali, v - konissimon
qotiruvchi dastali, g - chap jag', 1 -chap jag', 2 -o'ng jag', 3 -quloqli gayka , 4 -vint,
5 -shayba, 6 - sharnir, 7 - purjina, 8 -purjinani qotiruvchi vint, 9 -gayka, 10 - dasta.
Do'stlaringiz bilan baham: |