Elektr qurilm alarida q o ‘IIaniIadigan himoya vositalari
Elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida ko'pincha shunday sharoit yuzaga
keladiki, bunda ular hatto juda mukammal bo'lsa ham, ishlovchilaming
xavfsizligini ta’minlay olmaydi va qo'shimcha himoya vositalridan foydalanishga
to'g'ri keladi. Himoya vositalarini shartli ravishda uch guruhga: izolyatsiyalovchi,
to'suvchi va yordamchi vositalarga bo'lish mumkin.
Izolyatsiyalovchi vositalar odamga tok o'tkazuvchi qismlardan yoki erga
ulangan qismlardan, shuningdek, erdan elektr toki o'tmasligini ta’minlaydi. Ular
asosiy va yordamchi vositalarga bo'linadi. Asosiy izolyatsiyalovchi himoya
vositalari uzoq vaqt davomida elektr qurilmasining kuchlanishiga chidash
xossasiga ega, shu sababli ular vositasida kuchlanish ostida bo'lgan tok
o'tkazuvchi qismlarga tegishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
- kuchlanish 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida - elektr
o'tkazmaydigan rezina qo'lqoplar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar va tok
izlagichlar;
- 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida - izolyatsiyalovchi
shtangalar, izolyatsiyalovchi va tok o'tkazuvchi ombirlari, shuningdek, yuqori
kuchlanishni ko'rsatkichlar.
Qo'shimcha izolyatsiyalovchi himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan qurilmalarda - izolyatsiyalovchi
poyandozlar va tagliklar;
- kuchlanish 1000V dan katta bo'lgan qurilmalarda - botiklar va tok
o'tkazmaydigan qo'lqoplar.
Izolyatsiyalochi shtanganlar bir qutbli ajratgichlarni uzib qo'yish va
ulashga mo'ljallangan. Izolyatsiyalovchi ombirlardan kuchlanish ostida bo'lgan
naychasimon saqlagichlar bilan ishlashda va hakozolarda foydalaniladi. Tok
o'lchash ombiri ko'chma asbob bo'lib, u simdan, hinadan va shu kabilardan
o'tayotgan tokni elektr zanjirini tarmoqdan uzmasdan o'lchash uchun ishlatiladi.
Yuqori kuchlanishni ko'rsatgich. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr
qurilmalarining tok o'tkazuvchi qismlarida kuchlanish borligi yoki yo'qligini
aniqlashda foydalaniladi. Bunday tekshiruv, masalan, uzib qo'yilgan tok
o ’tkazuvchi qismlarda ishni boshlashdan oldin albatta o ‘tkazilishi lozim. Tok
izlagichlarning ham vazifasi yuqori kuchlanishli ko‘rsatkichniki kabidir. ammo
ular kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida qo'llaniladi.
Rezinadan tayyorlangan tok o'tkazmaydigan himoya vositalari - qo'lqoplar,
botiklar, kalishlar va poyandozlar asosiy himoya vositalari yordamida bajariladigan
ishlarda qo'shimcha himoya vositalari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari,
qo'lqoplardan 1000 V gacha kuchlanish ostida ishlayotganda, shuningdek,
ajratkichlar, uzgichlar bilan bog'liq ishlarda foydalaniladi. Elektr o'tkazmaydigan
kalish va botiklardan kuchlanishdan himoyalovchi vosita siftida ham foydalaniladi.
Elektr o'tkazmaydigan qo'lqop, kalish, botiq va poyandozlar elektr
o'tkazmaydigan maxsus rezinadan tayyorlanadi hamda elektr ta’siriga juda
chidamli bo'ladi.
Izolyatsiyalovchi tagliklar taxta to'shama va chini oyoqchalardan tashkil
topadi. Elektr o'tkazmaydigan poyandozlar kabi tagliklar ham elektr qurilmalari
bilan bog'liq turli ishlarni bajarishda izolyatsiyalovchi ashyo sifatida ishlatiladi.
Ular zax xonalarda qo'llaniladi. Asosiy va qo'shimcha himoya vositalari hamma
ishlarda birgalikda ishlatilishi kerak.
Elektr qurilmalariga xizmat ko'rsatishda ishlatiladigan himoya vositalari
vaqt-vaqtida elektr mustahkamlikka, ayrim hollarda esa mehanik mustahkamlikka
ham albatta sinab turilishi darkor.
Izolyatsiyalovchi vositalami elektr va mehanik mustahkamlikka sinash
me’yorlari hamda muddatlari 4-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |