MAVZU №8
ELEKTR QARSHILIK PECHLARI. QARSHILIK PECHLARINING TASNIFI
Reja:
8.1. Qarshilik pechlarining tasnifi.
8.2. Bevosita qizdirish qarshilik pechlarining ishlash prinsipi.
8.3. Bilvosita qizitish va qarshilik pechlarning turlari.
8.1. Qarshilik pechlarining tasnifi
Elektr toki – bu zaryadlangan zarrachalarning tartiblangan harakatidir. U o‘ta o‘tkazuvchanlik xususiyatini namoyon qilayotgan metallar va materiallarda elektronlar harakatlanishi bilan ta’minlanadi, birinchi tur o‘tkazgichlar elektron, ikkinchi tur o‘tkazgichlar (elektrolitlar – eritmalar), aralashmalar va eritilgan metallar – ion o‘tkazuvchanlikka ega. Plazma aralash o‘tkazuvchanlikka ega, shu bilan birga elektron va ion toklar ulushi plazmaning bosimi, harorati va tarkibiga bog‘liq.
Qizitish jarayonlarida o‘tkazgichlarning ikkala turi ishlatiladi, shu bilan birga ularning issiqlik samaradorligi, oqayotgan tokning elektron tashkil etuvchisiga to‘g‘ri proporsionaldir.
8.2. Bevosita qizdirish qarshilik pechlarining ishlash prinsipi
Qarshilik orqali elektr qizitish o‘tkazgichlarda elektr tok o‘tayotganda issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Shu bilan, to‘g‘ridan – to‘g‘ri qizdirish pechlarida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori jismdan o‘tayotgan tok kuchiga uni o‘tish vaqtiga bog‘liq va Joul – Lens qonuni bilan aniqlanadi:
Q=I2∙R∙τ;
Bu yerda, I – tok, A; R – qarshilik, Om; τ – vaqt, S.
Agar R ni o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi ρ, geometrik o‘lchamlarini l, m, kesim yuzasi S, m2 o‘lchamda ifodalansa, unda o‘tkazgichdan ajralayotgan quvvat quyidagicha aniqlanadi:
P=U2∙S/ρl
Agar τ – vaqtni ifodalasa, P=I2R (kilovatt), u vaqtda issiqlik miqdori (kkal):
Q=0,24∙3600∙I2Rτ=864 P∙τ
Termik jarayonga kerakli issiqlik miqdorini va uni qizitish uchun vaqtini belgilab, kerakli elektr quvvatini quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
P=0.00116∙Q/τ, (kVt)
Agar elektr va issiqlik FIK hisobga olsak, unda qurilmaning to‘la quvvati quyidagicha ifodalanadi:
Perk = 0,00116∙Q/ηe∙ηn∙τ, (kVt)
Qizitishning 2 ta turi mavjud:
1) bevosita qizitish, issiqlik bevosita qizdirilayotgan qismda elektr toki oqayotgan vaqtda ajraladi (8.1 – rasm);
2
8.1 – rasm. Mahsulotlarni bеvosita qizitish qurilmalari sxеmasi:
1 – qisqichlar; 2 – qizdiriladigan matеrial; 3 – pеch transformatori
) bilvosita qizdirish usulida issiqlik maxsus QE da ajraladi, buyumga esa issiqlik konveksiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik yoki nurlanish hisobiga uzatiladi.
Bevosita qizitish usulidan mahsulotni belgilash uchun qizitishga, quvurlarni kuydirishga, simni, prujinali simni o‘rashga mo‘ljallangan. Bevosita qizitish pechlar va qurilmalar davriy ishlovchi sim chiziqlar va o’ramlarni, nodir va qiyin eriydigan metallar kukunlaridan 3000 K darajagacha havoda qizdirib biriktirish uchun foydalaniladi. Grafitlash pechlarini bir fazali to‘g‘ri burchakli devorlari oladigan harorat 2600 – 3000 K darajaga yetadi, quvvati Sn = 5 – 15 MVA gacha, kuchlanishi Un = 100 – 250 V, η = 70 – 80 % qilib yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |