Gel hosil bo’lganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat o’zgarmay qoladi. «Gel» atamasi kolloid sistemalarda ishlatiladi. «Iviq» esa polimer eritmalarining ichki strukturalar hosil bo’lishi natijasida o’z oquvchanligini yo’qotgan mahsulotlaridir. Kolloid sistemalarda gelga aylanish va polimer eritmalarining ivish jarayoniga: 1) kolloid zarracha yoki polimer makromolekulasining shakli va o’lchami; 2) dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat; 3) harorat; 4) vaqt va 5) elektrolit qo’shilishi katta ta‘sir ko’rsatadi.

Dispers fazaning zarrachalari asimetrik shaklda bo’lgan sistemalardagina ivish jarayoni vujudga keladi. Bunday sistemalar qatoriga ba‘zi kolloidlar, ba‘zi suspenziyalar va ko’pchilik yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi. Bu sistemalarda bir zarrachaning ayrim qismlari boshqa zarrachaning ayrim qismlari bilan birlashib, ivishni vujudga keltiruvchi tursimon struktura hosil qiladi

Gellar va iviqlar hosil bo’lishida vaqtning roli ham katta. Ivish va gelga aylanish jarayonlari xatto yetarli kontsektratsiyaga ega, bo’lgan sistemalarda xam bir onda sodir bo’lmaydi. Kolloid eritmalarda dispers faza zarrachalarining va polimer eritmalarda makromolekulalarning qayta guruhlanishi va sistemada to’rsimon g’ovak strukturalar hosil bo’lishi uchun ma‘lum vaqt talab qilinadi. Strukturalarning hosil bo’lishi ba‘zi sistemalarda bir necha hafta va oylar mobaynida davom etadi. Ba‘zan gel yoki iviq hosil bo’lganidan keyin ham sistemada strukturalarning vujudga kelishi davom etaveradi. Buning na-. tijasida gel va iviqning mustahkamligi va elastikligi ortib boradi.