Tajriba ishi 15: Uch fazali uch chulgamli transformatorning qisqa tutashuv holatlaridagi xarakteristikalarini va parametrlarini tekshirish
6.2.1-rasm: «Uch burchak-yulduz» Dy5 bogʻlanish sxemasidagi uch fazali transformator bilan eksperimentlar uchun qurilmalar joylashishi.
Eksperimental sxemani quyida koʻrsatilganidek sozlang, shuningdek bu yerda faqat bitta ikkilamchi chulgʻam talab qilinadi. Chulgʻamlar liniyalarining uchlari 6.1-jadvalga muvofiq ulanganini tekshiring!
6.2.2-rasm: «Uch burchak-yulduz» Dy5 bogʻlanish sxemasida uch fazali transformator tekshirish uchun zanjir.
Uch fazali kuchlanish manbasida 400 V/2,5 A fazalararo kuchlanishni oʻrnating va zanjirni yoqing.
Birlamchi tomonda salt yurishning I01 dan I03 gacha ketma-ket uchta toki va ikkilamchi tomonda 2U2-2V2, 2V2-2W2 va 2W2-2U2 klemmalar oʻrtasidagi fazalararo kuchlanishni oʻlchang.
Oʻlchangan kuchlanish qiymatlaridan Dy5 bogʻlanish simvolining transformatsiyasi koeffitsiyentini hisoblab chiqing va 6.1-jadvaldagi qiymat bilan solishtiring, bu yerda koeffitsiyent oʻramlar soni bilan aniqlanadi. Uch burchak bogʻlanishli zanjirlarda birlamchi chulgʻamning oʻramlar soni quyidagiga teng N1 = 1330.
,
|
Salt yurish shartlarida oʻlchangan transformatsiya koeffitsiyenti oʻramlar soni boʻyicha olingan
|
transformatsiya koeffitsiyentiga toʻgʻri keladi.
|
Tok transformatsiyasi koeffitsiyentini aniqlash uchun zanjirni 6.2.3-rasmga muvofiq oʻzgartiring:
6.2.3-rasm: Dy5 bogʻlanish zanjirida uch fazali transformatorning transformatsiyasi koeffitsiyentini aniqlash.
Dastlab omli yuklamani 100% qiymatiga oʻrnating va zanjirni yoqing. Bu holda uch fazali ta’minotni 400 V/2,5 A nominal qiymatga 400 V oʻrnatib qoʻyish kerak.
Yuklama qarshiligini sinalayotgan ob’ektning ikkilamchi tomondagi nominal tokigacha kamaytining. Tegishli tokni birlamchi tomonda oʻlchang.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan tok transformatsiyasi koeffitsiyentini aniqlang va uni 6.1-jadvaldagi qiymat bilan solishtiring:
,
|
Oʻlchash natijalariga koʻra tok transformatsiyasi koeffitsiyenti faqat sifat qiymatlarga ega, chunki
|
transformatorga uzatiladigan kichik yuklama salt yurish tokining kuchli ta’siri ostida boʻladi.
|
|
Keyinchalik uch fazali transformator kuchlanishining kechishi muvozanatlashmagan yuklama shartida oʻrganilishi kerak.
Ikki liniyali yuklama boʻlishi uchun dastlab test ob’ektining terminali 2W2 va omli yuklama oʻrtasidagi bogʻlanishni yechib qoʻying.
Nominal tok yana testlanayotgan ob’ektning ikkilamchi tomonida oʻtishi uchun yuklama qarshiligi qiymatlarini oʻzgartiring (100 °% qiymatidan boshlanan holda).
Birlamchi tomonning uchta tokini Iprim1, Iprim2 va Iprim3, shuningdek ikkilamchi tomondagi yulduzli bogʻlanishdagi uchta kuchlanishni oʻlchang.
Transformatorni bir konsolli yuklama shartlarida tekshirish uchun sxemani 6.2.4-rasmga muvofiq oʻzgartiring.
6.2.4-rasm Bir konsolli yuklama bilan uch fazali transformator (Dy5 zanjiri).
Nominal tok yana testlanayotgan ob’ektning ikkilamchi tomonida oʻtishi uchun yuklama qarshiligi qiymatlarini oʻzgartiring (100 °% qiymatidan boshlanan holda).
Birlamchi tomonning uchta tokini Iprim1, Iprim2 va Iprim3, shuningdek ikkilamchi tomondagi yulduzli bogʻlanishdagi uchta kuchlanishni oʻlchang.
Bu yerda ishlatilayotgan transformator zanjirining birlamchi va ikkilamchi tomonlar oʻrtasidagi fazalar almashish nisbatini baholash uchun ossillograf kerak boʻladi. Bunday baholash uchun sxemani 6.2.5-rasmga muvofiq oʻzgartiring.
6.2.5-rasm: Dy5 zanjirida uch fazali transformatorning birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlari oʻrtasidagi fazalar almashishini baholash.
Oʻlchashlarni boshlashdan oldin uch fazali ta’minot manbasi chiqishida 400 V/ 2,5 A fazalarning toʻgʻri ketma-ketligi (soat milining yoʻnalishi boʻyicha) mavjudligiga ishonch hosil qiling. Buning uchun imkon boricha fazalar ketma-ketligi tartibi indikatoridan PHASECOP 2 (727 300) foydalaning.
Testlanayotgan ob’ektning birlamchi kuchlanishini ajratuvchi kuchaytirgichning A kanaliga; ikkilamchi kuchlanishini B kanaliga ulang. Ushbu kuchlanishlar fazalararo kuchlanishlar deb hisoblanadi!
Ajratuvchi kuchaytirgichning chiqishdagi kuchlanish darajalari ossillografning ikkita chiqishlariga ulanadi, bunda ular bir vaqtda aks etib turishi kerak.
Nominal kuchlanishni test ob’ektining birlamchi chulgʻamiga ulang va bir vaqtning oʻzida birlamchi va ikkilamchi kuchlanishni aks eting.
6.2.6-rasm: Dy5 sxemasida uch fazali transformatorning birlamchi (1) va ikkilamchi (2) kuchlanishlarining egri chiziqlari (2,00 V/ DIV 5 mks/DIV).
Ikkita kuchlanishlar oʻrtasidagi fazaviy siljishni ularning nol nuqtalari oʻrtasidagi krossover nuqtalarining vaqtli kechikishi boʻyicha aniqlang.
Krossoverning nol nuqtalari oʻrtasidagi kechikish 8.3 mks tashkil qiladi. 50 Hz boʻlganda bu 150°
|
fazaviy siljishga toʻgʻri keladi. Bu 5 kod raqamiga ega vektor guruhi haqiqatda amalga oshirilganligini bildiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |