OM QONUNI. O’TKAZGICHLARNING QARSHILIGI
Bir jinsli metall o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’tkazgichdagi kuchlanish tushuvi U ga proporsional bo’ladi:
I . (13.1)
Bir jinsli o’tkazgich deb tashqi kuch ta’sir etmaydigan o’tkazgichga aytiladi. U o’tkazgichning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga teng bo’ladi. Ifodadagi R o’tkazgichning elektr qarshiligi deyiladi. Qarshililik birligi 1Om bo’lib, u shunday o’tkazgichning qarshiligiki, bunda kuchlanish 1V bo’lganda o’tkazgichdan 1A tok o’tadi. Bir jinsli silindrsimon o’tkazgich uchun qarshilik
, (13.2)
ta teng. Bu yerda: l — o’tkazgichning uzunligi, S — ko’ndalang kesim yuzasi, - o’tkazgich yasalgan materialning tabiatiga bog’liq bo’lgan koeffitsent, bo’lib buni solishtirma elektr qarshilik deyiladi.
JOUL-LENS QONUNI
O’tkazgichdan tok o’tganda o’tkazgich qiziydi, bu jarayonda ajralib chiqqan issiqlik miqdori o’tkazgich qarshiligiga, tok kuchining kvadratiga va vaqtga proporsional ekan.
Q I2Rt.
Q —Joullarda ifodalanadi.
Birlik vaqtda birlik hajmdan ajralib chiquvchi issiqlik miqdorini tokning solishtirma quvvati deb ataymiz. Tokning quvvati
, (14.1)
formulalari bilan ifodalanib: XBS da quvvatning birligi 1vatt 1A*1V 1Vt.
15-§. MAGNIT MAYDONI. TOKLARNING O’ZARO TA’SIRI
Elektr toklari bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashadi. Tokli o’tkazgichlar orasidagi o’zaro ta’sir magnit ta’sir deyiladi. Tokli o’tkazgichlarning bir-biriga ta’sir qiladigan kuchlari magnit kuchlar deyiladi. Parallel o’tkazgichlarning har birining birlik uzunligiga to’g’ri keluvchi o’zaro ta’sir kuchi ulardagi I1 va I2 toklarga to’g’ri proporsional va ular orasidagi l masofaga teskari proporsional. Bundan
(15.1)
bo’lishi kerak. Bu yerda I1 va I2 parallel o’tkazgichlardan o’tuvchi toklar, r- o’tkazgichlar orasidagi masofa, k- proporsionallik koeffitsienti. Proporsionallik koeffitsienti XBS da ga teng bo’lib, -muhitning nisbiy magnit singdiruvchanligi, 0- magnit doimiysi bo’lib, 4 *10-7 Gn/m ga teng. Parallel o’tkazgichdagi toklarning o’zaro ta’siri va bu ta’sirni o’tkazgichlar shakliga, o’tkazgichlardagi toklar yo’nalishiga bog’liqligini Amper kashf qilgan.
Toklarning o’zaro ta’siri magnit maydoni deb ataluvchi maydon orqali amalga oshadi. Magnit maydoni materiyaning maxsus turi hisoblanadi. Uning asosiy xossalari:
1. Magnit maydonini elektr toki hosil qiladi.
2. Magnit maydoni tokka ko’rsatadigan ta’siriga qarab payqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |