Tortuv elektr mashinalarining klassifikatsiyasi
Xozirgi zamon temir yo’l harakatlanuvchi tarkibi va relssiz harakatlanuvchi transportlar (elektrovozlar, motorli vagonlar, trolleybuslar, teplovozlar, gazoturbovozlar, avtopoezdlar, avtomobillar va boshqalar) qabul qilayotgan tokning turiga qarab uch turga bo’linadi:
O’zgarmas tokda harakatlanuvchi tarkib.
a) Kontakt tizimidan kuchlanishi 3000, 1500, 1200, 750, 550, va 250 V dan ta’minlanuvchi, bunda tortuv va Yordamchi mashinalar ko’rsatilgan kuchlanishda mo’ljallab tayyorlanadi, kuchlanishi 3000 V bo’lgan TEMlari ish kuchlanishlari 1500 V qilib tayyorlanadi. 3000 V- uning izolyatsiya kuchlanishi xisoblanadi.
b) TEMni o’zgarmas tok generatorlari yordamida energiya bilan ta’minlash, bunda O’TGi ichki yonuv motori, gaz turbinasi va boshqa yuritish jihozlari bilan harakatlantiriladi, elektr mashinaning kuchlanishi 1000 V dan oshmaydi.
v) O’T TEM o’zidan va issiqlik motori yordamida yuritiladigan ko’p fazali o’zgaruvchan tok generatoridan ta’minlanadi. Kuchlanish yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlar yordamida o’zgarmas tokka o’zgartiriladi. Ularning kuchlanishi 1000 Vdan oshmaydi.
g) TEMni akkumlyator batareyalari yordamida ta’minlash, bunda kuchlanish 150 Vdan oshmaydi.
Bir fazali o’zgaruvchan tokli harakatlanuvchi tarkib
Past chastotali (16 va 25 Gts) va kontakt tarmog’i kuchlanishi 25000 V gacha bo’lgan. Bu bilan kuchlanishi 500 V gacha bo’lgan kuch transformotori orqali ta’minlanadigan elektr mashinalari qo’llaniladi.
O’zgaruvchan tokli harakatlanuvchi tarkib.
a) O’zgaruvchan tok kontakt tizimidan standart chastotasi 50 Gts va kuchlanishi 25000 V gacha bo’lgan tarmoqdan ta’minlanuvchi: bundan transformotor orqali ta’minlanuvchi tortish motorlari (o’zgaruvchan tok kollektorli motorlar, chastotasi f=50Gts), bilan bir fazali to’g’rilagichdan ta’minlanuvchi (pulslanuvchi tok motorlari), yoki faza va chastotani o’zgartgichlar orqali (3 fazali qisqa tutash rotorli asinhron motorlar, ventilli motorlar). Bunda tortuvchi motorlar kuchlanishning qiymati 1000-2000 V gacha bo’ladi.
b) O’zgaruvchan tok tortish motrlari issiqlik motorlari orqali harakatga keltiriladigan o’zgaruvchan tok generatorlari orqali ta’minlanadigan (asinhron, ventilli) yoki bevosita oraliq o’zgartirgichlarisiz (ko’rinadigan o’zatgich), yoki xar hil turdagi o’zgartgichlar (ko’rinmaydigan o’zatgich) yordamida chastota va faza o’zgartgichlardan foydalaniladi. Bunda tortuv motorlari kuchlanishi 1000-2000 V gacha bo’ladi.
Harakatlanuvchi tarkibning bunday 3 guruxga bo’linishi ba’zi xollarda shartli harakterga ega bo’ladi. Masalan: o’zgarmas tokli harakatlanuvchi tarkibga biz o’zgaruvchan – o’zgarmas elektr yuritmali harakatlanuvchi tarkibni kiritdik, chunki u “avtonom transport tarkibi elektr yuritmasi” adabiyotlarida shunday nomlanadi. Shu bilan birga o’zgaruvchan tokli harakatlanuvchi tarkibga o’zgarmas tok motorli lokomotivlarni kiritdik, ularning ishi pulslanuvchi kuchlanish sababli ba’zi xususieatlari o’zgarmas tok mashinalarining ishlashidan farq qiladi.
Relsli transportlarda o’zgaruvchan va o’zgarmas tok pulslanuvchi tok motori bilan, avtonom harakatlanuvchi tarkiblarda – o’zgarmas tok elektr yuritmalari keng qo’llanilmoqda.
Xozirgi kunda o’zgarmas tokli tortuvchi elektr motorlari bilan birgalikda o’zgaruvchan tok motorlari (qisqa tutash rotorli asinhron) keng qo’llanilmoqda. “O’zbekiston temir yo’llari”da foydalanilayotgan “O’zbekiston”, “O’zbekiston-yo’lovchi” va “O’Z-EL” elektrovozlarida xamda “Afrosiyob” elektr poezdlarida o’zgaruvchan tokda ishlaydigan qisqa tutash rotorli asinhron motorlar o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |