O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti Olmaliq filiali
“Elektr texnikasi va elektr mexanikasi ” kafedrasi
“ELEKTR MASHINALAR VA ELEKTR YURITMA”
fanidan
KURS ISHI
MAVZU: YUK KO‘TARUVCHI KO‘PRIKSIMON KRANNI
HARAKATLANUVCHI ARAVACHASINING ELEKTR
YURITMASI
Gurux: 5b-19 KEM
Talabasi: Axmadiyorov J.
Qabul qildi: Ganiev S.
Olmaliq – 2021 yil
YUK KO‘TARUVCHI KO‘PRIKSIMON KRANNI HARAKATLANUVCHI ARAVACHASINING ELEKTR YURITMASI
MUNDAREJA:
1. Kranning harakatlanuvchi aravachasining harakatga keltiruvchi motor quvvatini hisoblash, qarshilik va inersiya momentlarini motor o‘qiga keltirilgan qiymatlarini hisoblash.
2. Aravachaning yuklanish diagrammasini qurish, katalogdan motor tanlash va reduktorning uzatish sonini aniqlash.
3. Motorning tabiiy mexanik tavsifini hisoblash va grafigini qurish.
4. Elektr yuritmaning ishga tushirish diagrammasini hisoblash va grafigini qurish.
5. Faza rotorli asinxron motorning rotor chulg‘amiga pog‘ona qarshiliklarni hisoblash.
6. Elektr yuritmani ishga tushirish tavsiflarini , yuklanish va tormozlash tavsiflarini hisoblash va grafiklarini qurish.
7. Motorning quvvat isroflarini hisoblash.
8. Elektr yuritmaning foydali ish koeffitsientini aniqlash.
K I R I SH
“Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs ishini bajarishdan maqsad talabalarning o‘tilgan mavzularni mukammal o‘zlashtirishlariga yordam berish, mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish maxsus texnik va boshqa adabiyotlardan hamda ma’lumotnomalardan samarali foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida turli texnologik jarayonlarni boshqarishda konstruktiv jihatdan va ishlash asoslari xilma – xil bo‘lgan mashina va mexanizmlar qo‘llaniladi va ularning ish unumdorligiga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining sifatlariga qo‘yiladigan yuqori darajadagi talablar elektr yuritmalarini avtomatlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Sanoat mashina va mexanizmlarini harakatga keltiruvchi elektr yuritmalarining motorlarini yuklanish turi, xarakteri va ish rejimlarini hisobga olgan holda tanlash, ularning ish sifatini yaxshilashga olib keladi, motorning uzoq muddat ta’mirsiz ishlashini ta’minlaydi va energiya isrofini kamaytirish imkonini beradi.
Mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish liniyalarini texnologik ko‘rsatkichlari asosan ularda qo‘llaniladigan elektr yuritmalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi. Ma’lumki, elektr yuritma har qanday sanoat qurilmasining asosiy elementidir. SHuning uchun turli mashinalar yaratish ulardagi elektr jihozlari, shu jumladan elektr yuritmalarni hisoblash va loyixalashtirish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Har bir bo‘lajak elektr mexanikasi sohasidagi muxandis ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini va qurilmalarni yaxshi bilishlari, ulardagi elektr yuritmalarni xarakteristikalarini qurish, quvvatini hisoblash va tanlash, asosiy parametrlarini aniqlash kabi masalalarni yaxshi bilishlari kerak.
Variantlar
|
20
|
GT,Tc
|
2
|
GG, Ts
|
20
|
D, M
|
0,56
|
V, m/min
|
90
|
Aravacha harakat ma-sofasi, M
|
25
|
d, M
|
0,15
|
Ko‘prik harakat vaqti, min
|
3,5
|
YUk ko‘tarish va tushirish vaqti, min
|
0,6
|
Do'stlaringiz bilan baham: |