Elektr mashina — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega boʻlgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi elektromagnit induksiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning oʻzaro taʼsirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi.
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishda elektrmashina generatori, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda esa elektr dvigatel qoʻllanadi. Bu mashinalar ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin (yana q. Asinxron elektr mashina, Kollektorli mashina). Tok turini, chastotani, fazalar sonini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun elektr mashina oʻzgartirgichlaridan, elektr mashina kuchaytirgichlaridan, elektr transformatori va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus qurilmalar, mas, magneto, payvandlash generatori, taxometr, tortuvchi elektr dvigatellarni ham Elektr mashina jumlasiga kiritish mumkin. Elektr mashinalar uyroʻzgʻorda, xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida, sanoat va transportda qoʻllanadi.
Transformator (lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-yil elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.
Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi vazifasini oʻtaydi.
Kuch T.laridan tashqari oʻlchash T.i, kuchlanish T.i, tok T.i, impulyeli T., radiochastotali T. kabi T.lar ham mavjud.
Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani isteʼmolchilarga taqsimlash uchun moʻljallangan majmua kichik T. styasi (podstansiyasi) deb ataladi. Unda kuch T. i, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi, qoʻshimcha inshootlar boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish T. podstansiyalarida kuchli, lab.da uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |