Korxonalarda zaharli gazlarni ajralib chiqishi
va ularga qarshi kurash
Sanoatda ishlab chiqarish zaharli deb, odamni mehnat faoliyati sharoitida ta`sir etadigan, ish qobiliyati va sog`lig`ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro`y beradigan zararlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi. Ularni asosan toksikologiya fani o`rganadi. Bu fan ishlab chiqarish zaharlarining organizmga ta`sir qilish belgilarini o`rganadi, ularning zaharlilik va xavflilik darajasini belgilaydi, gigienik me`yorlar va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Zaharlar umumiy va mahalliy ta`sir qilishi mumkin. Umumiy ta`sir zaharning qonga so`rilishi natijasida rivojlanadi. Masalan, marganetsdan zaharlanishda asab tizimi, benzol ta`sirida esa qon ajratish organlari zarar ko`radi. Mahalliy ta`sir ko`rsatishda to`qimalarning shikastlanishi: ta`sirlanish, yallig`lanish hodisalari, ishqoriy va kislotali eritmalar va bug`lar bilan ishlaganda teri hamda shilliq pardalarning kuyishi sodir bo`ladi.
Ishlab chiqarishda zaxarlanishlar o`tkir, o`rtacha va surunkali shakllarda o`tadi. O`tkir zaxarlanishlar asosan gurux xolatida bo`ladi. Bu zararlanishlar quyidagicha xarakterlanadi:
1. Zaxarlar qisqa muddatda-bir smenada ta`sir qiladi;
2. Organizmga zaxarlar katta miqdorda tushishi, xavodagi miqdori juda yuqori bo`lishi, kimyoviy moddani bilmay ichib qo`yilishi yoki teri qattiq ifloslanishi natijasida sodir bo`ladi.
Surunkali zaharlanishlar, organizmga oz-oz miqdordagi zaharlarning uzoq vaqt asta-sekin yig`ilishi natijasida yuzaga keladi. Organizmda zaxarning o`zi yig`ilishi yoki o`zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, benzoldan o`tkir zaharlanishda asosan asab tizimi zarar ko`radi va narkotik ta`sir kuzatiladi, surunkali zaharlanishda esa qon ishlab chiqarish tizimi zararlanadi. Surunkali zaharlanishlar belgilariga ko`ra o`tkir zaharlanishlarga o`xshash bo`lsada, biroq asta-sekin rivojlanadi va birmuncha surunkali kechadi.
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo`ladi. Ular organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo`llari, o`pka sili, yurak-tomir tizimi kasalliklari rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Undan tashqari zararlar allergik ta`sir ko`rsatishi natijasida bronxial astma, ekzema va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Zaxarli gazlar kimyoviy kurollar sifatida xam keng ko`llanilgan. Ayniqsa 1914-1918 yillarda Germaniya tomonidan ko`p qo`llanilgan. 1935 yilda Italiya Abbesiniyada, Yaponiya esa Xitoyda, Amerika 1952-1953 yillari Koreyada, so`ngra Vetnamda qo`llagan.. Kimyoviy gazlarning bir turi chechen zo`ravonlariga qarshi Moskvada ham qo`llanilgan.
Xavoga tarqalgan zaxarli moddalarni shartli ravishda ikki guruxga bo`lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |