Elеktr uskunalarining yеrga ulanib qolishini havfi.Yеrga ulanib qolgan tokni yoyilib kеtishi. Izolyatsiyalangan yoki kuchlanish ostida bo’lgan elеktr o’tkazgich uzilib yеrga tushib qolgan holatida, yoki faza izolyatsiyani yorib o’tib qobiqqa ulanib qolgan holatida, elеktr o’tkazgich yеrga ulanib qoldi dеb hisoblanadi. Shu hodisada hosil bo’lgan potensialarni yer yuziga yoyilib ketishi bilan tavsiflanadi. Taxlilni soddalashtirish uchun yеrga oqib ketayotgan tok bitta o’tgazgich orqali va ulangan joyga esa yarim sfеra shakliga ega, yer tartibi bir xil, yеrni solishtirma qarshiligi (R) esa yеrga ulanib qolgan o’tkazgichni matеrialini solishtirma qarshiligidan bir necha barobar ko’p dеb qabul qilamiz. Ulangan joydan X masofada joylashgan A nuqtasida tok zichligi quyidagicha aniqlanadi:
δ=Ie/S=Ie/2П x 2
bu yеrda: Ie - yеrga oqib kеtayotgan tok miqdori S=2Пx – X- radiusli yarim sfеrani maydonini yuzasi.
Maydon kuchlanishi E va yer qatlamini qalinligidagi orqali yеr qatlamini elementar qalinligidagi dx kuchlanishni tushib ketishi quyidagi ko’rinishiga ega bo’ladi:
7. ENERGIYA ISTEMOLINI BASHORAT QILISH USULLARI
Yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borishi sababli yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish masalasi nihoyatda dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Shu ma'noda energiyani tejaydigan uskuna va texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanish orqali ham ushbu masalani qisman hal etish mumkin.
Respublikamiz energetika strategiyasining muhim vazifalaridan biri aholini va mamlakat iqtisodiyotini energetika resurslari bilan to‘liq va ishonchli ta'minlash, shuningdek energiya tejamkorligini rag‘batlantirish hisoblanadi. Yoritish texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari tahlili natijasida, eng ilg‘or yo‘nalish sifatida ma'nan eskirgan cho‘g‘lanma lampalarni energiya tejamkorlariga almashtirish tan olingan.
2006 yilda 125 yoshga to‘lgan va insoniyat rivojida ulkan ahamiyat kasb etgan cho‘g‘lanma lampalar bugungi kunda mutlaqo eskirgan yorug‘lik manbalari hisoblanadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari, xususan, Koreya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlarida energiya samaradorligini ta'minlash va kechki maksimum yuklamalarni boshqarish, shuningdek elektr energiyasi to‘lovi bo‘yicha “ijtimoiy tariflar” tizimini joriy qilishda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanishdan voz kechish bo‘yicha tub chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shunday qilib, cho‘g‘lanma lampalarning ishlash tamoyilidan kelib chiqsak, ularning foydali ish koeffitsiyenti 5 foizdan kamroqni tashkil etadi. Bu - elektr energiyasining 95 foizi issiqlikka va faqatgina 5 foizi yoritishga sarflanishini anglatadi. Normativ bo‘yicha ishlash muddati - 1000 soatga yaqin.
Energiyani tejaydigan lampalarning ishlash davomiyligi cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 10 barobarga ko‘proq bo‘lib, yorug‘lik samaradorligi 4-5 barobar yuqori. Agar yoritish uskunalarining energiya samaradorligi ko‘rsatkichi “lyumen/vatt” cho‘g‘lanma lampalarda 1 vatt elektr quvvatiga 13 lm dan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, lyuminessent lampalarda 65 lyumen/vattni, svetodiod lampalarda 110 lyumen/vattni tashkil etadi.
Cho‘g‘lanma lampalar kabi yoritish darajasiga ega bo‘lgan energiyani tejaydigan lampalardan foydalanilganda, elektr energiyasini iste'mol qilish 5 barobardan kam bo‘lmagan miqdorda kamayadi. Jami sarflanayotgan elektr energiyasining 19 foizdan kam bo‘lmagan miqdori esa yoritishga sarflanadi. Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, hozirgi kunda iste'mol qilinayotgan elektr energiyasining 40-50 foiz miqdorini energiya tejamkor texnologiyalar, zamonaviy yorug‘lik manbalari va yoritish tizimlaridan foydalanish orqali iqtisod qilish mumkin.
O‘zbekistonda 5,5 mln.dan ortiq maishiy abonentlar - elektr energiyasi iste'molchilari mavjud. Agar har bir oilada 2 tadan 100 Vt lik cho‘g‘lanma lampalar 18-22 Vt lik energiya tejamkor lampalarga almashtirilsa, 880 MVt miqdoridagi (0,08 kVt x 2 dona x 5 500 000 abonent = 880 000 kVt) yoki Talimarjon IES kabi yirik elektr stansiyasining quvvatidan ko‘proq quvvat bo‘shatiladi. Bu esa respublika elektr energetikasi tarmog‘i barqarorligini mustahkamlashga va barcha iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga yordam beradi.
Agar ushbu lampalarning kunlik o‘rtacha ishlash davomiyligini 6 soat deb olsak, elektr energiyasi iqtisodi bir oyda 158 400 ming.kVt/soatni (880 000 kVt x 6 soat x 30 kun), ya'ni respublika bo‘yicha umumiy kunlik o‘rtacha elektr energiyasi iste'moliga teng miqdorni tashkil etadi.
Joriy yilning iyul-avgust oylarida “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali veb-saytiga muhokamaga qo‘yilgan edi.
Ushbu hujjat, avvalroq qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 86-sonli qarori bilan birgalikda, kommunal-maishiy iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi iste'molini kamaytirish masalasini hal qilishga.
8. ENERGIYA TEJAMKORLIGINI XORIJIY TAJRIBASI
Ma'lumki, so‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va tejamli foydalanish masalalariga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Boisi, bir tomondan, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga energiya sarflarini kamaytirishda bizda hali ishlatilmagan zahiralar ko‘p bo‘lib, ulardan unumli foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lsa, ikkinchidan, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarishga sarflanadigan energiya miqdori boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Shu ma'noda, yoqilg‘i-energetika resurslarining tejamkorlik bilan sarflanishini ta'minlash, ishlab chiqarishda mahsulot birligiga ishlatiladigan shartli yoqilg‘i miqdorini kamaytirish bilan bog‘liq masalalarni keng miqyosda joriy etishni taqozo etmoqda.
Bunda asosiy e'tibor: jismonan va ma'nan eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini energiyani tejaydigan texnologiyalar asosida ishlaydiganlariga almashtirish va yangi loyihalarda faqat shu talabga javob beradigan texnik-texnologik qurilma va yechimlardan foydalanish; ishlab chiqarishda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejaydigan uskunalarni joriy etish; mavjud xomashyo bazasidan oqilona foydalangan holda ularni chuqur qayta ishlashga doir loyihalarga ustuvorlik berish; asosiy ishlab chiqarish quvvatlari va yordamchi xo‘jaliklarda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish kabi omillar va yo‘nalishlarga qaratildi va bunday izlanishlar muntazam davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, respublikamizda amalga oshirilayotgan bu boradagi chora-tadbirlar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi kabi bir qator yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlari tomonidan keng e'tirof etilmoqda.
Birgina misol, O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki hamkorligida boshlangan moliyaviy mexanizm tufayli birinchi kredit liniyasida modernizatsiya qilish va eskirgan uskunalarni almashtirish uchun 31 ta sanoat loyihasi va uni amalga oshirish uchun 32 million AQSH dollari miqdorida kredit olindi. Uning 24 million AQSH dollari Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi.
Loyihalar, asosan, tog‘-kon, kimyo, elektr energetikasi, neft va gaz, va qayta ishlash kabi energiyani ko‘p miqdorda iste'mol qiluvchi sanoat tarmoqlarida amalga oshirildi. Natijada yiliga 152 million kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi hamda 40 million kub metr gaz tejalishiga erishiladi.
Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki bilan hamkorlikda 76 ta loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 547 million kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi hamda 214 million kub metr tabiiy gaz tejash rejalashtirilmoqda.
Muhimi, respublikada yetarli darajada tabiiy gaz, suyuq uglevodorodlar, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i-energetika resurslari zahiralari mavjud va o‘z-o‘zini ta'minlash imkoniyatiga egamiz.
Shunday ekan, yaqin kelajakda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yangi bosqichining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazish bo‘yicha joylarda “davra suhbatlari”, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, radio- va teledasturlar tashkil etish, OAV va internet tarmog‘ida tegishli maqolalarning chop etilishini keng miqyosda yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi.
9. ENERGOMENEJMENT
Respublikada iqtisodiyot barqaror o‘sishini ta’minlashga va aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, ko‘mir, kimyo, qurilish indust riyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni to‘liq darajada ta’minlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir. Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi o‘n foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud bo‘lishiga qaramasdan, quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanilmayapti. Shu munosabat bilan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi lozim. Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilg‘ienergetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: a) O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar, shu jumladan quyidagilar: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan; qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan; ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3379-son qarori bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab: davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi; yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutiladi. 2. Energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha korxonalari va tashkilotlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin. 3. Ma’muriy binolarda, aholi punktlarida va ishlab chiqarish obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari shaxsan javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
10. SANOAT KORXONALARIDA ENERGIYANI TEJASH
Aniqlangan ekvivalent qarshiligi ruxsat etilgan qarshiligidan oshmasligi shart Re9. Yerga ulangan uskunani umumiy qarshiligi yerga ulash o’tkazgichlarni qarshiliklari va yoyilib ketish tok qarshiligi yig’indisiga teng bo’ladi. Buni qiymati ruxsat etilgan qarshiligidan oshmasligi shart:
Do'stlaringiz bilan baham: |