qaytalanuvchi resurslar tushunchalaridan foydalaniladi. Statik yoki asriy
chuchuk suv zahiralarga koʻllar, daryolar, muzliklar va er osti suvlari kiradi.
Qaytalanuvchi suv resurslari - quruqlik va okeanlar orasidagi suv almashishi
natijasida, tabiatda suvni aylanish jarayoni tufayli, har yili qayta tiklanadigan
suvlardir [19].
Tabiatda aylanish jarayonida 577 000 km3 suv miqdori qatnashadi. Xuddi
shu miqdordagi suv okeanlar (505 000 km3) va quruqlik (72 000 km3) sathidan
bug‘lanadi hamda yog‘ingarchilik shaklida okeanlarga (458 000 km3) va
quruqlikka (119 000 km3) qaytib tushadi. Hisoblarga qaraganda er yuzidagi suv
resurslari er shari boʻylab taqsimlansa, 3790 m ga teng suv ustuni hosil boʻlsa,
ularning og‘irligi 1,5 ×109 mln.tonnaga teng ekan.
Xalq xoʻjaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ularning koʻp jihatdan etarli suv
resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liqdir. Quyidagi 6-jadvalda 1 tonna
mahsulot uchun sarf boʻladigan suv miqdori keltirilgan.
6-jadval. 1 tonna mahsulot uchun sarf boʻladigan suv miqdori.
Mamlakatimiz xalq xoʻjaligi tarmoqlari, ayniqsa qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishini suvsiz tasavvur etib boʻlmaydi. CHunki tabiiy sharoitining oʻziga
xosligi, ya’ni atmosfera yog‘inlarining miqdori, suv satxlari va dalalar dagi
bug‘lanishga nisbatan 15-20 marta kamligi tufayli qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishining asosiy qismi boʻlgan paxta, g‘alla, poliz ekinlari, bog‘ hamda
boshqa mahsulotlar etishtirish, sun’iy sug‘orish orqali amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hududida hosil boʻladigan suv zahiralarining
oʻrtacha 10 %, mamlakatimiz ehtiyoji uchun talab qilinadigan suv miqdorining esa,
atigi 20 % hosil boʻladi. Etishmagan suv resurslari, qoʻshni mamlakatlarQirg‘iziston va Tojikiston hududidan kelayotgan suv zahiralari bilan, ma’lum toʻlovlar evaziga toʻldiriladi (7-jadval).
7-jadval. Orol dengizi havzasidagi davlatlar hududida shakllanadigan va
iste’mol qilinadigan suv resurslari
Davlatlar
|
Amudaryo havzasi
|
Sirdaryo havzasi
|
Orol dengizi
havzasi
|
|
|
|
SHakl
lanadi
gan
|
Iste’-
mol
qilina
digan
|
SHakl
lanadi
gan
|
Iste’-
mol
qilina
digan
|
SHakl
lanadi
gan
|
Iste’-
mol
qilina
digan
|
|
Oʻzbekiston
|
5,14
|
38,91
|
6,39
|
17,28
|
11,53
|
56,19
|
Qirg‘iziston
|
4,04
|
0,38
|
26,79
|
4,03
|
30,83
|
4,41
|
Tojikiston
|
44,18
|
9,88
|
0,38
|
2,46
|
44,56
|
12,34
|
Qozog‘iston
|
-
|
-
|
2,50
|
12,29
|
2,50
|
12,79
|
Turkmaniston
|
2,79
|
21,73
|
-
|
-
|
2,79
|
21,73
|
Afg‘oniston
|
22,19
|
7,44
|
-
|
-
|
22,19
|
7,44
|
Jami
|
78,34
|
78,34
|
36,06
|
36,06
|
114,40
|
114,40
|
4.2 Gidrologiyaning asosiy tushunchalari.
Yer yuzidagi suv manbalari va ulardagi jarayonlarni hamda bu jarayonlarning qonuniyatlarini quruqlik gidrologiyasi fani oʻrganadi. Gidroenergetikaning gidrologik asosi boʻlib, barcha suv xoʻjaligi hisoblaridagidek oqim rejimi xizmat qiladi. Oqim rejimi quyidagi xarakteristikalar bilan aniqlanadi.
1. Suv sarfi (Q) – 1 sek vaqt ichidagi manbasining ma’lum kesim yuzasidan
oʻtayotgan suv hajmiga aytiladi va l/s hamda m3/s larda oʻlchanadi.
Q = W / t
Bu erda: W – 1 sek oʻtayotgan suv hajmi(l, m3 )
t – vaqt birligi (sek, minut, soat).
31-rasm. Daryoning yillik gidrografi.
Daryoning yoki har qanday suv manbasining vaqtga nisbatan suv sarfini
xronologik oʻzgarishini tasvirlovchi grafiklarga gidrograflar deyiladi (31-rasm).
Gidrograflar suv manbasida oʻtkazilgan gidrometrik oʻlchashlar-ning natijalari
asosida quriladi.
Gidrograflar ma’lum – soatlik, kunlik, oʻn kunlik, oylik, yillik va hakozo
vaqt uchun quriladi. Gidrograflarda suv sarfining masimal, oʻrtacha va minimal
miqdorlari ham koʻrsatladi.
Oqim( ∑W) - suv manbasining ma’lum kesim yuzasidan ma’lum vaqtda
oʻtgan suv hajmiga aytiladi va m3 hamda km3 larda oʻlchanadi.
Oqim me’yori (W0) – suv manbasi yillik oqimlarining koʻp yillik oʻrtacha
miqdoriga aytiladi va m3 hamda km3 larda oʻlchanadi.
Suv sarfi me’yori (Q0) – suv sarfining oʻrtacha koʻp yillik miqdoriga
aytiladi va l/s hamda m3/s larda oʻlchanadi.
Oqimning boshqa xarakteristikalari ham mavjud, ammo ular ushbu fanda
koʻp ishlatilmagani uchun koʻrib chiqilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |