Bug‘ qozonlari va ularning turlari
Stansiyaning asosiy qismlaridan biri - bug‘ qozonining ishini koʻrib chiqamiz. Bug‘ qozoni stansiya ehtiyoji uchun bug‘ ishlab chiqaradi. Zamonaviy bug‘ qozoni katta oʻlchamli qurilmalardan iborat. Bug‘ qozoni oʻtxonasida changsimon holatga keltirilgan koʻmir, gaz yoki neft 1500-2000°S haroratda purkaladi. YOqilg‘ini toʻlaligicha yonishi uchun shamolparrak yordamida katta miqdorda qizdirilgan havo beriladi. YOqilg‘i yonish jarayonida hosil boʻlgan issiqlik suvni bug‘ holatigacha, kerakli harorat va bosimgacha oshirib qizdiriladi. Ishlatilgan issiq gazlar tozalanib moʻriga uzatiladi va atrof muhitga chiqarilib yuboriladi. Bug‘ qozonga uzatiladigan suv qoʻshimchalardan tozalanadi, ularning miqdori ichimlik suvidagi miqdordan kam boʻlishi kerak.
Konstruktiv jihatdan bug‘ qozonlari barabanli va toʻg‘ri oqimli boʻladi.
2. Barabanli bug‘ qozonlari
Barabanli bug‘ qozonlarda temirli baraban 3 mavjud, uning pastki qismida suv va yuqori qismida bug‘ joylashadi. Aylanish quvurlaridan 2 suv, oʻtxona 7 devorlarini egallagan ekran quvirlariga 1 oʻtadi. Ekran quvurlari, bug‘ni katta bosimda ushlab turish uchun, temirdan kichik diametrli qilib (ichki diametri 32 mm va tashqi diametri 40 mm) yasaladi. Katta bug‘ qozonlarida har soatda yuzlab tonna suv bug‘latiladi, shuning uchun ularni quvurlarining umumiy uzunligi 50 km gacha etadi.
Quyidagi rasmda issiqlikni hosil qilish va undan elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatilgan.
R asm 10. 1-yoqilg‘i ombori va yoqilg‘i uzatish sistеmasi; 2-yoqilg‘i tayyorlash sistеmasi; 3-bug‘ gеnеratori; 4-turbina; 5-kondеnsator; 6-sirkulyasion nasos; 7-kondеnsat nasosi; 8-ta’minlovchi nasos; 9-bug‘ gеnеratorining oʻtxonasi; 10-parrak; 11-tutun; 12-havo isitgich; 13-suv ekonomayzеri; 14-past bosimli suv isitgich; 15-dеaerator; 16-yuqori bosimli isitgich.
Bug‘ qozonlarini samaradorligini oshirish uchun suv barabaniga berilishdan oldin eknomayzerda 5, oʻtxonaga berilayotgan havo esa havo qizdirgichda 6 isitiladi. Barabandan chiqayotgan bug‘ qozonlarda suv va suv-bug‘ qorishmasi ularning zichliklar hisobiga tabiiy aylanadi. Bug‘ni harorati va bosimi ortishi bilan suv-bug‘ zichliklari farqi kamayadi va aylanishi yomonlashadi.
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Zanjirdan oʻtayotgan tokning kuchi uning uchlaridagi kuchlanishga toʻg‘ri, qarshiligiga teskari proportsionaldir, ya'ni:
, ,
Bunda – oʻtkazgich uchidagi ‘otentsiallar ayirmasi yoki kuchlanish, R – oʻtkazgichning qarshiligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |