III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
1.
|
Kichik gidroenergetika.
|
2.
|
Radial oʻqli gidroturbinalar, ularning konstruksiyasi va qoʻllash shartlari.
|
3.
|
Oʻqliy gidroturbinalar, ularning konstruksiyasi va qoʻllash shartlari.
|
4.
|
Dioganal gidroturbinalar, ularning konstruksiyasi va qoʻllash shartlari
|
5.
|
Choʻmichli gidroturbinalar, ularning konstruksiyasi va qoʻllash shartlari.
|
6.
|
Quyosh energetikasi.
|
7.
|
Fotoelektrik batareyalar va ularning turlari.
|
8.
|
Shamol energetik qurilmalari.
|
9.
|
Biogaz energetik qurilmalari.
|
Talabalar mustaqil oʻzlashtirgan mavzular boʻyicha referatlar yoki prezentatsiya tayyorlagan xolda taqdimot qilinishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari ilmiy anjumanlarda qatnashish va davriy nashrlarda maqolalar chop etish uchun tezis va maqolalar tayyorlash xam mumkin
VI. “Qayta tiklsnuvchi energiya manbalari” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fani boʻyicha talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda oraliq nazoratlar fan oʻqituvchisi tomonidan baholanadi va ushbu fandan yakuniy nazorat turini oʻtkazish vaqtida inobatga olinadi (5 – jadval).
Fan boʻyicha baholash mezoni rejasi, nazorat turlari, shakli, soni hamda har bir nazorat turiga ajratilgan baholash me’zon talabalar e’tiboriga birinchi mashg’ulotda yetkaziladi.
Talabalarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini baholash tizimi boʻyicha baholashda quyidagi nazorat turlari oʻtkaziladi:
-oraliq nazorat– semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash maqsadida oʻquv mashg’ulotlari davomida oʻtkaziladi. Oraliq nazorat turi har bir fan boʻyicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan xolda 2 martagacha oʻtkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turining oʻtkazilish og’zaki shaklda va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib 16 soat ma’ruza mashg’ulotlari oʻtkazilgandan soʻng 1-ON va 30 soat ma’ruza mashg’ulotlari oʻtkazigandan soʻng 2-ON oʻtkazilishi belgilanadi. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
- yakuniy nazorat– semestr yakunida tegishli fan boʻyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Yakuniy nazorat turini oʻtkazish test shakli belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |