Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash


Kichik gidroelektr stansiyalari



Download 7,42 Mb.
bet17/80
Sana14.04.2022
Hajmi7,42 Mb.
#551252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chiqarish

Kichik gidroelektr stansiyalari


Noan’anaviy energetikani rivojlantirishning samarali yo‘na- lishlaridan biri, bu kichik quvvatli GES yordamida katta bo‘lmagan suv oqimlari energiyasidan foydalanishdir.


Bu yo‘nalishning muhimligi shu bilan belgilanadiki, bir tomondan salmoqli potensialga ega bo‘lgan suv oqimlaridan foydalanish oson bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yirik daryolarning gidroenergetik
potensiallaridan foydalanish potensiallarining amaliy jihatdan juda kam qolganligidir.
Elektr energiya ishlab chiqaruvchi kichik gidroenergetika obyektlari shartli ravishda uchta guruhga: 5000 kVt gacha quvvatli
«mini» GES, 3÷100 kVt quvvatli «mikro» GES va o‘rnatilgan quvvati 25 MVt gacha bo‘lgan kichik GESlarga bo‘linadi.
Mikro va mini GESlar qishloqlar, fermerlik xo‘jaliklari, shuningdek, tegirmonlar, chekka hududlardagi katta bo‘lmagan ishlab chiqarishlar, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan joylar, yaqin o‘rtada elektr uzatish tarmog‘i bo‘lmagan hududlar uchun ishonchli, ekologik toza, ixcham, o‘zini xarajatlarini tez oqlovchi energiya manbalaridir. Chunki ushbu hududlarda hozirda va keyinchalik ham elektr uzatish tarmoqlarini qurish mikro GESlarni qurishga nisbatan qimmatdir.
Katta bo‘lmagan elektr stansiyalar tabiat landshaftini, atrof- muhitni nafaqat ishlatish jarayonida, balki qurilish jarayonida ham saqlab qolish imkonini beradi. Kichik GESlarni ishlatish jarayonida suvning sifatiga salbiy ta’siri yuk bo‘lib, suvning dastlabki tabiiy tarkibi saqlanib qoladi.
Boshqa ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘lmish quyosh, shamol energetikasiga qaraganda, kichik gidroenergetika ob-havo sharoitlariga deyarli bog‘liq bo‘lmay, arzon va uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlab bera olish imkoniyatiga ega.

3.6-rasm : Mikro-GES: 1 - suv havzasi, 2 - suv quvuri, 3 - turbina, 4 - suv chiqaruvchi quvur, 5 - generator, 6 - o‘zgartirgich.

Mikro-GESni deyarli barcha joylarda o‘rnatish mumkin. Gidroagregat energobloklardan, suv olish va chiqarish qurilmalardan hamda avtomatik boshqaruv qurilmalaridan iborat.


Energiya ishlab chiqarishning boshqa usullari kabi kichik GESlarning ham o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari bor.
Kichik GESlarni iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik afzalliklariga quyidagilar kiradi: kichik GESlarni qurish hududning energetik mustahkamligini ta’minlaydi, birlamchi yoqilg‘i manbasiga (ko‘mir, gaz, mazut) bog‘lanib qolmaydi, organik yoqilg‘i tanqisligini kamaytiradi, qurish jarayonida katta kapital mablag‘ni talab qilmaydi, elektr energiyani ishlab chiqarishda yonish jarayonidan hosil bo‘luvchi issiq gazlarni va atrof-muhitni ifloslantiruvchi zaharli chiqindilarni ishlab chiqarmaydi.
Kichik gidroenergetikaning yana bir muhim afzalliklaridan biri, bu tejamkorligidir. Hozirgi vaqtda tabiiy energiya manbalari neft, ko‘mir, gaz kamayib hamda qimmatlashib borayotgan bir vaqtda, kichik-kichik anhor va daryolarning energiyalaridan foydalanish arzon narxdagi elektr energiya bilan ta’minlash imkonini beradi. Kichik GESlarni qurish va montaj qilish ishlari ham ancha yengil bo‘lib, ularni qurilish boshlangan kundan boshlab 15-18 oyda to‘liq ishga tushirish mumkin.



Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish