Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash



Download 0,77 Mb.
bet2/3
Sana31.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#623349
1   2   3
Bog'liq
moyli uzgichlar

Kam moyli uzgichlar. Kam moyli uzgichlar hamma kuchla- nishdagi yopiq va ochiq taqsimlovchi qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Bu uzgichlarda moy asosan yoyni so‘ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolatsiya muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlari bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan chinni yoki boshqa qattiq izolatsiyalovchi materiallar yordamida izolatsiyalanadi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega bo‘ladi. 6-10 kV kuchlanishli osma tipdagi uzgichlar keng tarqalgan. Bu uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘ndiruvchi kamera nazarda tutiladi.
3,a-rasmda ВМГ-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. 3,b-rasmda esa ВМП tipdagi kam moyli osma uzgichning konstruktiv sxemasi tasvirlangan. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ishchi va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun uzgichning tashqarisiga ham kontaktlar, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi (3,d-rasm). Uziladigan tok katta bo‘lganda har bir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruvchi uzilish joyi mavjud bo‘ladi (3,v-rasm). Shu sxema asosida МГГ va MГ seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli uzgichlar ishlab chiqariladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (3,f-rasm). 35, 110 kV uzgichlarda har bir qutbga bitta uzilish bo‘lib, katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi.
Kam moyli uzgichlarning afzalliklari: talab etiluchi moy miqdorining kamligi; massasi va gabaritining kichikligi; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarga borishning moyli bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha qulayligi; unifikatsiyalangan tugunlarni ishlatish orqali turli kuchlanishlarga uzgichlarni turli seriyalarini yaratish imkonining mavjudligi.
Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: portlash va yong‘in xavfining mavjudligi (bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha kam bo‘lishiga qaramasdan); tez ta’sir etuvchi AQU ni amalga oshirish mumkin emasligi; moyni davriy tarzda nazorat qilib, kamini quyib to‘ldirib turish va yoy so‘ndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirib turish zarurligi; o‘rnatiluvchi tok transformatorlarini joylashtirishning noqulayligi; uzish qobiliyatining nisbatan pastligi.
Kam moyli uzgichlarning qo‘llanilish sohasi – 6, 10, 20, 35 va 110 kV kuchlanishli stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari; 6, 10, va 35 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmalari; 35 va 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari.

2-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari:a) – ВМГ- 10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – ВМП tipdagi kam moyli osma uzgichning konstruktiv sxemasi; d) – metall bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; e) – ikkita yoy sundiruvchi kamerali; f) – korpusi chinni konstruksiyali; 1 – qo‘zg‘aluvchan kontak; 2 – yoy so‘ndiruvchi kamera; 3 – qo‘zg‘almas kontakt;


4 – ishchi kontaktlar.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish