Elektr energetikasi


Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (enhat)ni tashkil etish va qurish variantlari



Download 1,13 Mb.
bet7/14
Sana03.01.2022
Hajmi1,13 Mb.
#314407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2 5359306573300633371

Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (enhat)ni tashkil etish va qurish variantlari

Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish orqali ENHAT ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigan tizimlarning eng soda varianti bo’lib hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o‘zaro bog’lanmagan. Hisoblagichlar va ma’lumotlarni yig‘ish markazi orasida aloqa yo‘q. Barcha hisoblagichlardagi ma’lumotlar operator hisoblagichlarni ko’rib chiqishi jarayonida ularga so’rov berish orqali amalga oshiriladi.

Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Avtomatlashtirilgan tizim qurishning bu sxemasi boshqa sxemalarga nisbatan arzon hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish davomida qurilma va vositalarni qo’llashni maksimal tejash maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish markazi rolini ko‘chma kompyuterga yuklash mumkin. So‘rov optik port orqali so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bajariladi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri berilgan so‘rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.

ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ishning murakkabligi va tizimda impuls chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo‘qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida hisobga olish tizimi interfeysi bo‘lgan qimmat uncha ko‘p bo‘lmagan sonli tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.

Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:


  • iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash:

  • korxona va uning ob’ektlari bo‘yicha energiya resurslarini tijorat va texnik asosida hisobga olish;

  • berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;

  • elektr energiyani hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;

  • ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish;

  • ob’yektlarning elektr bog‘lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifini olish;

  • hisoblagichlarni tahlil qilish;

  • yagona tizim vaqtini ushlab turish.

Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish

RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga “tokli halqa” interfeysi (masalan, MPR-16 turdagi) bo‘yicha yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tayyorlash qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli taqsimlash qurilmalarida joylashishi mumkin va so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir oy davomida bir yoki bir necha martta so‘rov o’tkazilishi mumkin (2.1-rasm).

Hisoblagichlar va MYTQ orasida doimiy aloqa yo‘q. MYTQ kommunikatsion server rolini bajaradi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri so‘rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Bu variantda ma’lumotlarni yig‘ish markazi uchun ajratilgan kompyuter bo‘lmasligi mumkin, uning rolini ko‘chma kompyuter bajarishi mumkin.

Ko‘chma kompyuterdan interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:



  • iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash;

  • korxona va uning ob’yektlari bo‘yicha energiya resurslarini tijorat va texnik hisobga olish;

  • berilgan limitlarga va quvvatni texnologik cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob’ektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;

  • elektr energiyani hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;

  • ma’lumotlarning to‘liqligini diagnostika qilish;

  • ob’ektlarning elektr bog‘lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifi;

  • hisoblagichlarni diagnostika qilish;

  • yagona tizim vaqtini ushlab turish.




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish