. ISHNING BAJARISH TARTIBI.
3.1-rasm. Uch fazali ikki cho’lg’amli transformatorning ulanish guruxlarini tajribaviy aniqlash uchun cho’lg’amlarning ulanish sxemasi
3.2-rasm. Nol (a), oltinchi (b), o’n birinchi (v) va beshinchi (g) ulanish guruxlaridagi chiziыli kuchlanishlarning topografik diagrammasi
Ulanish guruxini aniqlash. Transformatorlarning ulanish guruxlarini tajribaviy aniqlashda ikki usul eng ko’p qo’llaniladi:fazometr usuli, u YuK va PK cho’lg’amlarning mos chiziqli kuchlanishlari orasidagi fazaviy siljish burchagini bevosita o’lchashga asoslangan; volьtmetr usuli, u YuK va PK cho’lg’amlarining chiqish klemmalari orasidagi kuchlanishni o’lchashga va ushbu kuchlanishlarni, xisoblashlar natijasida olingan kuchlanishlar bilan taqqoslashga asoslangan.Bu ishda ikkala usuldan avvalo fazometr usuli, keyinchalik volьtmetr usulidan foydalaniladi: 3.1,a-rasmda ko’rsatilgan sxema yig’iladi, u o’qituvchi tomonidan tekshirilgandan so’ng, transformator tarmoqqa ulanadi va chiziqli kuchlanishlar UAV va Uab burchagi o’lchanadi. So’ngra(fazometr usuli) orasidagi fazaviy siljish A va a klemmalari sim orqali birlashtiriladi (rasmda punktir chiziq) va volьtmetr bilan UbV va UsS kuchlanishlar o’lchanadi (volьtmetr usuli). Ular bir xil va quyidagi qiymatga teng bo’lishi kerak.
UbB = UcC = Uab (kl - 1), (3.1) bunda kl = UAB/Uab (3.2)
T o p o g r a f i k d i a g r a m m a n i k u r i sh. Kuchlanish masshtabini m (V/mm) tanlab, 3.1,a-rasmdagi sxemaga mos keladigan chiziqli kuchlanishlarning topografik diagrammasi ko’riladi. Bunda chiziqli kuchlanish UAV vaUab larning vektorlari orasidagi fazaviy siljishni o’lchangan burchagi xisobga olinadi (3.2,a-rasm). Diagrammadagi V-b va S-s nuqtalar orasidagi masofani o’lchab, quyidagi kuchlanishlar aniqlanadi.
UbB= mu; UCc= mu, (3.3)
bunda mv – topografik diagrammani ko’rishda qabul qilingan kuchlanish masshtabi, V/mm. (3.3) bo’yicha olingan kuchlanishlar bir xil bo’lishi va kuchlanishning o’lchangan va (3.1) bo’yicha xisoblangan qiymatlariga teng bo’lishi kerak, bu to’g’ri bajarilgan o’lchovlar, xisoblashlar va ko’rishlardan dalolat beradi. 3.1,b,v va g-rasmlarga mos keladigan ulanish guruxlarini tajribaviy aniqlashda, 3.1,a-rasmdagi sxema uchun keltirilgan tartibga rioya qilish zarur, ammo bunda kuchlanish UbB va UsS larni xisoblashda quyidagi ifoda-lardan foydalaniladi:
3.1,b-rasm uchun
UbB = UcC = Uxy (kl+1) (3.4)
3.1,v-rasm uchun
UbB = UcC = Uab (3.5)
31,g-rasm uchun
UbB = UcC = Uxy (3.6)
LABORATORIYa ISHINING NATIJALARINI TAXLIL QILISH.
Laboratoriya ishi natijalarini taxlil qilishda quyidagilarni ko’zda tutish kerak bo’ladi:
1. Transformatorlarning ulanish guruxlari nafaqat YuK va PK cho’lg’amlarning ulanish sxemasi bilan balki ularni chiqish klemmalarini markirovka qilish, cho’lg’amlarining o’rash yo’nalishi orqali xam aniqlanadi.
2. Laboratoriya ishida tekshirilgan ulanishning to’rt guruxi asosiylar xisoblanadi va ularning xar biri, yoki YuK tomonidagi, yoki PK tomonidagi cho’lg’amlarning chiqish klemmalarini aylanma qayta markirovka qilish yo’li orqali ikki xil ko’rinishdagi xosilaviy ulanish guruxiga o’zgartirilishi mumkin; bunda xar bir asosiy guruxdan, qanday xosilaviy ulanish guruxlarini olish mumkinligini ko’rsatish kerak bo’ladi.
3. Standartlarda ushbu ishda ko’rib chiqilgan ulanish guruxlarining qaysi birlari ko’zda tutilganligini belgilash kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |