Elektr energetikasi


Magnit zanjiri va uni hisoblash



Download 4,47 Mb.
bet45/69
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#208634
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
Электр маш ва тр эксп 2019-20

Magnit zanjiri va uni hisoblash.

Yuksiz ishlashidagi magnit maydon. Yuksiz ishlayotgan O’T generatorida asosiy magnit maydon qo’zg’atish chulg’ami MYuK tomonidan hosil qilinadi.

O’T mashinalarining magnit tavsifsi sinxron mashinalarniki-ga o’xshagan bo’ladi. o’T mashinasining magnit zanjirini hisoblashga oid ma’lumot 31-bobda berilgan (31.4-bandga qarang).



Yuklama bilan ishlashidagi magnit maydon. Yakorь reaktsiyasi.

O’T mashinasi (generator)ga yuklama ulanganida yakorь chulg’amidan tok o’tib MYuK hosil bo’ladi. Yakorь MYuK ning mashina asosiy magnit maydoniga ta’siri yakorь reaktsiyasi deyiladi. Mashina magnit zanjiri to’yinishini hisobga olmasdan, qo’zg’atish chulg’ami (Fqo'z) va yakorь chulg’ami MYuK lari (Faq) mashina magnit zanjirining havo oralig’i magnit qarshiligini yengishga sarflanadi deb hisoblanganda, tahlil uchun yuqorida ko’rsatilgan MYuK lar o’rniga ularga mos bo’lgan magnit oqimlari (Fqo'z va Faq) ni ishlatish mumkin bo’ladi.

Yuksiz ishlashda asosiy magnit oqim (Fqo'z) mashinaning bo’ylama o’qi bo’-yicha yo’nalgan bo’ladi (28.1,a-rasm), yuklama bilan ishlaganda esa yakorь chul-g’ami MYuK (Faq) hosil qilgan magnit oqim Faq, mashinaning cho’tkalari geo-metrik neytralga qo’yilganda (28.1,b-rasm), mashinaning qo’ndalang o’qi bo’yi-cha yo’naladi va shuning uchun uni ko’ndalang maydon (Faq = Fa) deyiladi. Bu maydonning ta’siri (yakorь reaktsiyasi) tufayli natijaviy maydon Vnat bosh qutblar o’qlariga nisbatan taqsimlanishi simmetrik bo’lmaydi va har bitta qutbning bir chekkasiga siljigan bo’ladi (28.2,s-rasm). Bu holda fizik ney-tralь mm (yakorь aylanasida magnit induktsiya nolga teng bo’lgan nuqtalar-ni birlashtiruvchi chiziq) mashinaning geometrik neytrali (nn) ga nisbatan birorta burchakka siljiydi. O’T generatorlarda (28.2,s-rasmda «G») fizik neytral yakorь aylanish yo’nalishi bo’yicha, motorlarda esa – teskari yo’na-lishga siljiydi.



Magnit zanjiri to’yinmagan deb faraz qilingan O’T mashinasida qo’z-g’atish chulg’ami yig’ilgan bo’lgani uchun, u hosil qilgan MYuK ning taq-simlanishi to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, bitta qutb ostida u hosil qil-gan magnit induktsiyaning taqsimlanishi esa, egri chiziqli trapetsiya shak-lida bo’ladi (28.2,a-rasm).

Yakorь chulg’amining MYuK quyidagiga teng, ya’ni:

Fa = ( ia)N / (Da) = A, (28.1)

b unda: N/(Da) – chulg’amdagi o’tkazgichlarning yakorь aylanasi uzunlik bir-ligiga to’g’ri keluvchi soni; ia = Ia / (2a) – yakorь chulg’amining har bir o’tkazgichidan (demak, parallel shoxobchadan) o’tadigan tok; A = iaN / (Da) – yakorning chizig’iy yuklamasi, ya’ni yakorь MYuK ning yakorь aylanasi uzunlik birligiga to’g’ri keladigan qismi.

MYuK Faq to’g’ri chiziqli o’zgaradi, ya’ni bosh qutb o’qida nolga teng bo’lib, cho’tka joylashgan ko’ndalang o’qda esa maksimal qiymatga ega bo’ladi. Uning qo’shni qutblar o’qlari orasidagi taqsimlanishi uchburchak shaklda bo’ladi. SHunday qilib, yuklama bilan ishlayotgan O’T mashinasida qo’zg’atish chulg’ami MYuK Fqo'z(0) va yakorь chulg’ami MYuK Faq bo’ladi. Yakorь magnit induktsiyasining mashina havo oralig’ida taqsimlanishi qutb uchliklari chegarasidagina yakorь MYuK Faq ning taksimlanishi bilan mos tushadi. Qutblararo fazoda yakorning magnit oqimiga nisbatan qarshilikning ortib ketishi tufayli magnit induktsiya keskin kamayadi. Mashinaning magnit sistemasi to’yinmagan holda yakorь reaktsiyasi asosiy magnit oqimni buzadi xolos, lekin uning kattaligini o’zgartirmaydi. Qutbning yakorь kirib kelayotgan tomonida va yakorь o’zagining shu qutb ro’parasidagi tishli qatlami yakorь MYuK ning yo’nalishi asosiy qutblar MYuK larining yo’nalishi bilan mos tushganligi tufayli ularning magnitlanishi oshadi; qutb tagidan yakorь chiqib ketayotgan tomonida va yakorь o’zagining shu qutb ro’parasidagi tishli qatlami esa yuqoridagi MYuK larning qarama-qarshi yo’nalganligidan magnitsizlanadi. SHu sababli natijaviy magnit oqim asosiy qutblarning o’qiga nisbatan ma’lum burchakka buriladi


Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish