Elektr energetika


- LABORATORIYА ISHI RT-40 TURDAGI ELEKTROMAGNIT TOK RELELARINI SINASH



Download 3,29 Mb.
bet5/20
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#213482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Laboratoriya ishlari uslubiy qo'llanma - LOTIN

3- LABORATORIYА ISHI

RT-40 TURDAGI ELEKTROMAGNIT TOK RELELARINI SINASH


Ishni bajarishdan maqsad: rele himoyasi va avtomatikada ishlatiladigan vaqt, oraliq va ko’rsatkich relelarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; ularning asosiy xarakteristikalarini tekshirish.

NAZARIY TUSHUNCHALAR

Elektromagnit printsipda, asosan, uch turdagi relelar tayyorlanadi: tortiluvchi yakorli, buriluvchi yakorli va ko’ndalang harakatlanuvchi yakorli.

Hamma turdagi elektromagnit relelar (1.2-rasm) magnit o’zak 1, chulg’am 6, harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi kontakt 4, harakatlanmaydigan kontakt 3, qarshilik ko’rsatuvchi prujina 5 dan iborat.

CHulg’amdan o’tayogan Ir tok magnitlovchi kuch (m.s) Ir wr ni hosil qiladi, uning ta’siri ostida hosil bo’luvchi F magnit oqimi elektromagnit o’zagi 1, havoli oraliq  va harakatlanuvchi yakor 2 orqali o’tadi. Yakor magnitlanadi va elektromagnit qutbiga tortiladi. Yakor bilan birgalikda harakatlanuvchi kontakt 4 siljib harakatlanmaydigan kontaktlar 3 ni ulaydi. Yakorning boshlang’ich holati tayanch bilan chegaralanadi.

Yakorni tortuvchi elektromagnit kuch havoli oraliqdagi magnit oqimi F ning kvadratiga proportsional, F = kF2. Magnit oqim:

F=Ir wr/Rm (1.2)

bu yerda Ir - cho’lg’amdan o’tayotgan tok, wr - o’ramlar soni, Rm - magnit qarshilik.

Elektromagnit kuch:

Fe=kw2I2/R2 (1.3)


1.2-rasm. Elektromagnit relelar

Tokning kvadratiga proportsional, ya’ni tokning yo’nalishi (ishorasi)ga bog’liq emas. SHu sababli elektromagnit printsip ham o’zgarmas ham o’zgaruvchan tok relelarini tayyorlash uchun yaroqli. Elektromagnit printsipda ishlaydigan tok, kuchlanish, oraliq, signal va vaqt relelari tayyorlanadi.

Elektromagnit kuch Fe aylantiruvchi moment Me ni hosil qiladi

Me =Fe Lr (1.4)

bu yerda Lr - Fe kuchning yelkasi.

Rele ishlashi uchun elektromagnit kuch prujinaning qarshilik kuchi Fn, massa va ishqalanish kuchi Fu lardan katta bo’lishi kerak.

Rele ishlaydigan eng kichkina tokka rele ishga tushish toki deb ataladi va u Iri bilan belgilanadi.

Rele ishga tushish tokini o’zgartirish uchun rele cho’lg’amidagi o’ramlar soni Wr ni, prujinaning qarshilik kuchi Fn ni yoki magnit qarshilik Rmni o’zgartirish uchun havoli oraliqning o’lchami  o’zgartiriladi .

Relening ishlash toki amaliyotda prujinani sozlash yo’li bilan silliq va o’ramlar sonini o’zgartirish yo’li bilan pog’onali o’zgartiriladi.

Rele ishlangandan kyoyin dastlabki holatiga qaytadigan cho’lg’amdagi eng katta tokka relening qaytish toki dyoyiladi va Irq bilan belgilanadi.

Relening qaytish koeffitsienti deb qaytish tokining ishlash tokiga nisbatiga aytiladi va Kq bilan belgilanadi.

Kq=Irq/Iri (1.5)

Relelar maksimal yoki minimal bo’lishi mumkin. Tok ortganda ishlaydigan rele maksimal rele va tok kamayganda ishlaydigan rele minimal rele deb ataladi. Minimal relening yakori normal holatda tortilgan bo’ladi.

Minimal relening ishlash toki deb yakor qaytadigan eng katta tokka, qaytish toki deb esa yakor tortiladigan eng kichkina tokka aytiladi. Maksimal relening qaytish koeffitsienti Kq < 1, minimal relening qaytish koeffitsienti esa Kq > 1 bo’ladi.

Induktsion printsipda, asosan, ikki turdagi rele tayyorlanadi, aylanuvchi diskli va aylanuvchi tsilindrsimon rotorli. Birinchi turdagi induktsion relelarga hayallash vaqti tokka bog’liq bo’lgan maksimal tok relesi, ikkinchi turdagi induktsion relelarga esa yo’naltirilgan quvvat relesi va qarshilik relelari kiradi.

Induktsion rele, asosan, cho’lg’amlarga ega bo’lgan harakatlanmaydigan magnit o’tkazgichlar va tokni yaxshi o’tkazuvchi materialdan tayyorlangan disk yoki tsilindr ko’rinishidagi harakatlanuvchi qism va u bilan mexanik bog’langan kontaktlardan iborat. CHo’lg’amlardan o’zgaruvchan tok o’tganda magnit o’tkazgichlarda o’zgaruvchan magnit oqimlari hosil bo’ladi va ular ta’sirida harakatlanuvchi disk yoki tsilindrda toklar induktsiyalanadi. Induktsiyalangan toklar va magnit oqimlarning o’zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo’ladi va disk aylanishi yoki tsilindr ma’lum burchakka burilishi mumkin.

Induktsion rele faqat o’zgaruvchan tokda ishlash mumkin. Aylantiruvchi momentni hosil qilish uchun induktsion releda bir biridan fazalari bilan farq qiluvchi kamida ikkita magnit oqim mavjud bo’lishi zarur. Aylanuvchi diskka ega bo’lgan RT- 80 yoki RT- 90 turdagi induktsion relelarda magnit oqimlardan biri cho’lg’amdan o’tayotgan tok ta’sirida ikkinchisi esa magnit o’tkazgichning bir qismiga joylashtirilgan qisqa tutashtirilgan cho’lg’am yordamida hosil qilinadi.

Harakatlanuvchi tsilindrsimon yakorga ega bo’lgan RBM turdagi yo’naltirilgan quvvat relelarida alohida tokka va alohida kuchlanishga ulanuvchi cho’lg’amlar bo’lib, ular yordamida bir-biridan fazalari bilan farqlanuvchi ikkita magnit oqim hosil qilinadi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI

1. Sinash uchun mo’ljallangan tok relelarining tuzilishi bilan tanishing va ularning pasport ma’lumotlarini ko’chirib oling. O’zgarmas tok zanjirlarida qo’llaniladigan RT-40 seriyasidagi va o’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladigan RT-40 seriyasidagi tok relelari bir–biridan nimalar bilan farq qilishini ko’rib chiqing.

2. Tok relesini sinash uchun 1–rasmda ko’rsatilgan sxemani yig’ing.

3. Tok relesining ishga tushish kuchlanishini toping (relening yakori tortiladigan eng kichkina kuchlanish).

4. Tok relesining cho’lg’amiga nominal kuchlanish berib, 10 marta relening ishlash vaqtini o’lchang:

a). Rele shkalasidagi eng katta vaqt uchun;

b). Rele shkalasidagi eng kichik vaqt uchun;

v). Berilgan vaqt o’rnatmasi uchun;

Olingan natijalarni 1–jadvalga yozing:

Zavod №_____ bo’lgan __________ tipidagi vaqt relesining ishlash vaqtini o’lchash natijalari. Relega ____________ V kuchlanish keltirilgan:



1–jadval

SHkala bo’yicha o’rnatma, sek

Tajribaning tartib raqamlari

Xatolik




1

2

3

4

5

6

7

8

9

1




S




Eng katta, s








































Eng kichik, s








































Berilgan, s










































Relening eng katta xatoligi, s.

5. Nominal kuchlanishda vaqt relesi iste’mol qiladigan quvvatni aniqlang, buning uchun relening cho’lg’amiga ketma–ket milliampermetr ulanishi kerak.

6. Tok relesining ishga yaroqliligi to’g’risida xulosa chiqaring.

7. Cinash uchun mo’ljallangan oraliq relelarning tuzilish bilan tanishing va ularning pasport ma’lumotlarini ko’chirib oling.

ISH BO’YICHA HISOBOT:

Hisobotda quyidagilar keltiriladi:

1). Ishni bajarishdan maqsad;

2). Foydalanilgan relelarning pasport ma’lumotlar;

3). Tajriba sxemalari va tajriba natijalari keltirilgan jadvallar;

4). Xulosa.


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:


Qanday relelar yordamchi relelarga kiradi?

Yordamchi relelarning vazifalarini tushuntiring.

Kuchlanishi 110 V o’zgarmas tokka mo’ljallangan oraliq elektromagnit releni 110 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda qanday ishlaydi?

Kuchlanishi 110 V o’zgarmas tokka mo’ljallangan tok rele bor. Uni kuchlanishi 220 V o’zgarmas tok zanjirida ishlatish kerak. Buni qanday yo’l bilan amalga oshirish kerak?




Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish