Elektr energetika



Download 0,62 Mb.
bet7/9
Sana11.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#775243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5224666263468382468

3.Ishning bajarish tartibi.
1. Rasm-4.1 dagi sxemani yig'ing. (1-usul).
2. Kerakli asboblar:

  • R-ПЕВ-7,5-200 Om li qarshilik;

  • SX-Sig'imi noma'lum bo'lgan qarshilik;

  • W -0.6 kVt li vattmetr;

  • A-300 mA li ampermetr;

  • V-250 V li voltmetr.

3
. Kondensator SX-dagi kuchlanish va tok kuchini o'lchang, bunda kuchlanishni 50, 100, 150 va 200 V ga o'zgartiring. Natijalarni 4.1-jadvalga yozing.
4.1-jadval.



U

I

XC

CX



(В)

(А)

(Оm)

(mkF)

(%)

1

50













2

100













3

150













4

200













4
. Rasm-4.2 dagi sxemani yig'ing. (2-usul).


5. Kuchlanishni 50, 100, 150 va 200 V ga o'zgartirib, barcha o'lchash asboblarini ko'rsatishlarini yozib boring.
6. O'lchash natijalariga asoslanib Sx, tg ni va o'lchash hatoliklarini aniqlang.
7. Birinchi va ikkinchi usul bilan aniqlangan sig'im SX-lar orasdagi farqni aniqlang va buning sababini izoxlab bering.
4.2-jadval.



U

I

PW

Z

R

XC

CX



(В)

(А)

(Vt)

(Оm)

(Оm)

(Оm)

(mkF)

(%)

1

50






















2

100






















3

150






















4

200
























S i n o v s a v o l l a r i
1. O'zgaruvchan tok elektr zanjirlarining parametrlari deganda nimani tushunasiz?
2. Kondensator sig'imini o'lchashning qanday usullari bor?
3. Sig'imni bevosita usul bilan qanday o'lchash mumkin?
4. Kondensatorlarni burchak yo'qotishi deganda nimani tushi-nasiz?
5. Mutlaq va nisbiy hatoliklar qanday aniqlanadi?

3.3-Tajriba ishi

Mavzu: Raqamli o’lchash asbоblari bilan elektr kattaliklarni o’lchash


1.Ishning maqsadi

  • Raqamli va o'zi yozar o'lchash asboblarini tuzilishini, ish prinsipini va ularni ishlatishni o'rganish.



2.Nazariy ma'lumotlar
O'lchanilayotgan uzluksiz kattalikni yoki bunga proporsional bo'lgan fizik kattalikni diskret shaklga avtomatik ravishda o'zgartirish, xuddi shunday raqamli kodlash va o'lchash natijasini sonlar ko'rinishida sanab olish tuzilmasiga berish raqamli o'lchash asbob (RO'A) lari yordamida amalga oshiriladi.
RO'A lar ko'p chegarali, universal bo'lib, o'zgarmas va o'zgaruvchan toklarni va kuchlanishni, chastotani, fazani, qarshilikni, kuchlanishlar nisbatini va boshqa elektr hamda noelektr kattaliklarni o'lchash uchun mo'ljallangan. Bular tez va sodda yo'l bilan aniq o'lchashlar o'tkazishga, katta sondagi o'lchanayotgan parametrlarni operativ nazorat etishga, o'lchash natijasidan sub'yektiv xatolikni chiqarib tashlashga, o'lchanilayotgan joriy axborotni katta aniqlikda va tezlikda qayd etishga va tezkor hisoblash mashinalariga ishlov berish uchun qulay shaklda berishga yo'l beradi.
R
aqamli asboblarda o'lchash axboroti ko'z bilan ko'rib sanash uchun o'nli kod bilan berilishi va tashqi qurilmaga uzatish uchun esa ikkilik kodda chiqarilishi mumkin. Har bir raqamli asbob raqamli sanab olish qurilmasiga ega. Bu qurilma o'lchash natijalarini raqamli shaklda taqdim etishga mo'ljallangan belgilar indikatori deshifratordan iborat. Raqamli asboblarda keyingi paytlarda vakuumli (lyuminessentli), gazorazryadli, yarim o'tkazgichli (yorug'lik diodi matrisalari) va suyuq kristalli indikatorlar qo'llanilmoqda.
RO'A ning umumlashgan struktura sxemasi Rasm-5.1 da keltirilgan. Bunda o'lchanilayotgan kattalik (Xo'lch) kirish qurilmasi (Kq) ga beriladi. Bu qurilmada kirgan signal masshtab bo'yicha o'zgartiriladi va agarda xalaqit (pomexa) bo'lsa undan tozalanadi. ARO' da Kq dan chiqqan kattalik X raqamli sanash qurilmasi (RSq) ga beriladigan N kodga aylantiriladi. N kod tashqi qurilmaga chiqarilishi mumkin, masalan, keyingi ishlov berish va saqlash uchun EHM ga chiqarilishi mumkin. RO'A ning ishini boshqarish qurilmasi Bq tomonidan RO'A ning barcha funksional bo'linmalariga ma'lum ketma-ketlikdagi komanda signallarini ishlab chiqarib boshqaradi.
O'lchaniladigan kattaliklarning turiga qarab RO'A lar quyidagilarga bo'linadi:

  1. O'zgarmas va o'zgaruvchan tok voltmetrlari;

  2. ommetrlar, o'zgarmas va o'zgaruvchan tok ko'priklari;

  3. kombinasiyalangan asboblar;

  4. chastota va vaqt intervallarini o'lchagichlar;

  5. maxsus RO'A lar: temperatura, massa, tezlik va sh.k. larni o'lchash uchun.

RO'A tomonidan o'lchanadigan kattaliklar diapazoni odatda keng bo'lgani uchun qator poddiapazonlarga bo'linadi. O'lchash jarayonida kerakli diapazonni tanlash qo'l bilan yoki avtomatik holda bajariladi. Tanlangan diapazonda o'lchash doimo avtomatik ravishda bajariladi.
RO'A larning hatoliklarini me'yorlash bir necha usulda amalga oshiriladi:
1) keltirilgan xatolikni me'yorlash;
2) nisbiy xatolikni ikki xadli ifoda bilan me'yorlash, ya'ni:
yoki
bunda, - doimiy koeffisiyentlar; - poddiapazonni katta qiymati; - asbob ko'rsatishi.
3) sanab olish birligida ifodalangan absolyut hatolikning qiymatini berish bilan.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish