Mavzu: Elektr zanjirlar nazaryasida qollaniladigan parametirlar
Reja:
Elektir zanjirlari haqida umumiy malumot
Harxil rejimda ishlaydigan murakkab zanjirlarni hisoblash.
Kirxgof qonunlarini bevosita qo’llash usuli
Xulosa
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar.Har qanday elektr zanjiri o‘zaro simlar bilan biriktirilgan bitta yoki bir nechta elektr energiyasi manbalaridan va iste’molchilaridan iborat bo‘ladi. Shuning uchun elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Elektr zanjirlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash elektrik sxema deb ataladi. Oddiy elektr zanjirining sxemasi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan.
–rasm
R-qarshilik (om)
L-induktiv g’altak
E-, elektr energiyasining iste’molchisi (yuklama)
K- zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich)
Elektr zanjiri asosan, elektr energiyasining manbai - Ee, elektr energiyasining iste’molchisi (yuklama) ,yuRbirlashtiruvchi simlar (masalan, elektr uzatish liniyasi) va zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich) –K kabi elementlardan tashkil topgan. Zanjirdan tok uzluksiz o‘tib turishini asosiy sharti uning tarkibida elektr energiyasi manbaining bo‘lishidir. Elektr energiyasining manbaida energiyaning boshqa turlari elektr energiyasiga aylantiriladi.Murakkab elektr zanjirlarini hisoblashning bir nechta usullari bor. Bu usullar Kirxgof qonunlariga asoslangan. Misol tariqasida Kontur toklar usulini ko‘rib chiqamiz. Bu usulga binoan barcha mustaqil kontur orqali alohida kontur toki deb ataluvchi tok o‘tadi, deb faraz qilamiz. Shu kontur uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tenglama tuzamiz. Tenglama tuzish uchun quyidagilaiga amal qilish lozim: a) mustaqil konturlarda toklaming yo'nalishini ixtiyoriy tanlaymiz; b) tanlangan konturlar uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tenglama tuzamiz; d) kontur toklari orqali tarmoqlardan o‘tadigan haqiqiy toklarni ifodalaymiz. Agar elektr zanjir faqat bitta manba va ketma-ket yoki parallel ulangan qarshiliklardan iborat bo‘lsa, bunday zanjirlarni hisoblash uchun Om qonunining o‘zi yetarli. Masalan, ketma-ket ulangan zanjirda Om qonuniga asosan.
Do'stlaringiz bilan baham: |