Mazkur kursda o‘zgaruvchan tokli murakkab elektr zanjirlarini hisoblashning xilma–xil usullari ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun ushbu savolda biz vaqt bo‘yicha o‘zgarmas E.Yu.K. va tokka ega bo‘lgan manbalar ta’siridagi murakkab elektr zanjirlarini hisoblashni qisqako‘rib chiqamiz. Mazkur hisoblashning farqlovchi xususiyati bo‘lib, real induktiv cho‘lg‘amlarda faqatgina ular o‘ramlarining aktiv qarshiligi, real kondensatorlarda esa faqatgina ularning isrof o‘tkazuvchanligigina hisobga olinadi. Kirxgofning 1- va 2- qonunlari elektr zanjirlarni tahlil qilishda asosiy qonunlar hisoblanadi. Biz ushbu ikkita qonun va alohida zanjir elementlari (rezistor, kondensator, induktiv gʻaltak)ning tenglamalari bilan zanjirlarni tahlil qilishni boshlashda zarur boʻlgan asosiy qurollar jamlanmasiga ega boʻlamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |