Mikrokompyuterlar 1969-yilda mikroprotsessorlarning ixtiro qilinishi 1970-yillarda уana bir kompyuterlar guruhi - mikrokompyuterlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan mikroprotsessorlaming mavjudligi mikrokompyuterlarning aniqlab beruvchi belgi bo‘lib qolishiga xizmat qildi. Hozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter guruhlarida ishlatiladi. Katta kompyuterlar (mainframe) Katta kompyuterlarni ko'pincha meynfreymlar (mainframe) deb ataydilar, ularga quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompyuterlar kiritiladi: • unumdorligi 100 MIPS dan kam bo‘lmagan; • asosiy xotiraning sig‘imi 512 dan 10 000 Mbayt; • tashqi xotira sig‘imi 100 Gbayt dan kam bo’lmagan; • ko‘p foydalanuvchini ta’ minlash ish tartibi bo‘lgan (bir vaqtning o‘zida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchi); Katta hisoblash mashinasining tashqi ko’rinishi. Meynfreymlarni samarali tatbiq etishning asosiy yo'nalishlari Meynfreymlarni samarali tatbiq etishning asosiy yo'nalishlari - bu ilmiy-texnika masalalarini yechish, axborotlarga paketli ishlov berishli hisoblash tizimlarida ishlatish, katta axborotlar ombori bilan ishlashda, hisoblash tarmoqlarini va ularning resurslarini boshqarish. Oxirgi yo‘nalish - meynfreymlarni hisoblash tarmoqlarning katta serveri sifatida ishlatish - mutaxassislar tomonidan ko‘pincha eng dolzarb deb qayd qilinmoqda. Meynfreymlar Meynfreymlarni ko‘pincha katta server deb ataydilar (meynfreym - serverlar). Ba’zida bunday atalishi atamalarda chalkashlik tug‘diradi. Gap shundaki, serverlar - bu ko‘p foydalanuvchili kompyuter, hisoblash tarmoqlarida ishlatiladi. Serverlar odatda mikrokompyuterlarga mansubdir, lekin o‘zining ko‘rsatkichlari bo‘yicha quvvatli serverlarni kichik kompyuterlarga ham va hatto meynfreymlarga talluqli bo'lishi mumkin, superserverlar esa superkompyuterlarga yaqinlashib qolmoqda. Server - bu kompyuterlarni ishlatilish sohasi bo‘yicha turlanishi bo‘lib, mikrokompyuterlar, kichik kompyuterlar, meynfremlar, superkompyuterlar deb nomlanishi esa o'lchami va vazifasi bo‘yicha guruhlarga ajratishdir. Oxirgi bir necha o‘n yillar mobaynida bu guruh mashinalari rivojlanib kelayotgan standart, hozirgi zamon katta kompyuterlarining avlodining boshi IBM firmasining mashinalari hisoblanadi. IBM 360 va IBM 370 model kompyuterlarining arxitekturasi va dasturiy ta’minoti Rossiyada ishlab chiqarilgan YES EVM mashinalarini loyihalashtirishda ham asos sifatida olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |