Menyuning Circuit punktida Analysis Options qismiga kirib Time domain points per cycle qatori orqali otsillogrifning hisoblash nuqtalarini kengaytirish mumkin. Odatda bu nuqtalar soni 100 bo’ladi. Huddi shi yo`l bilan Pause after each screen holatini o’rnatish orqali osillogramma tahlilini yengillatish mumkin. Bunda osillografning ishi uning nuri ekrani oynasini to`liq egallagach to`xtaydi. Osillograf ishini davom ettirish uchun Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi yoki F9 tugmasi bosiladi. Osillograf ishini istalgan holatda to`xtatish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Circuit punktidan Pause (Pauza) holati tanlanadi. Osillograf ishini qayta davom ettirish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi.
Oddiy holatdan kengaytirilgan holatga o`tish uchun ZOOM tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |