O’lchov asboblari
E lectronics Workbench dasturining oddiy o’lchov asboblari voltmetr va ampermetr hisoblanib, ular komponentlar panelida belgisi ostida joylashtirilgan.
Bu asboblarni ishlatish uchun ularning qiymatini o’rnatish talab etilmaydi. Bitta sxemaning o`zida ularning bir nechtasini bir vaqtning o’zida ulash mumkin.
Voltmetr- o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishni o’lchash uchun xizmat qiladi. To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan voltmetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali voltmetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan kuchlanishning turi va voltmetrning ichki qarshiligi o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |