Elastiklik kuchi va unga doir ba’zi masalalar yechimlari
Shabnam Mansurova
shabnammansurova67@gmail.com
Sohibjamol Mirzaqandova
Navoiy davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Maqolada jismlarga ta’sir qiluvchi elastiklik kuchi, deformatsiya
turlari, jismlar deformatsiyalanganda hosil bo’ladigan kattaliklar hamda ularga oid bir
qancha masalalar yechimlari aks ettirilgan.
Kalit so`zlar
: elastiklik kuchi, elastik deformatsiya, plastik deformatsiya,
absolyut uzayish, nisbiy uzayish, mexanik kuchlanish, Guk qonuni, Yung moduli.
Elasticity and solutions to some of its problems
Shabnam Mansurova
shabnammansurova67@gmail.com
Sohibjamol Mirzaqandova
Navoi State Pedagogical Institute
Abstract:
The article describes the elastic force acting on objects, types of
deformation, the magnitudes that occur when objects are deformed, and solutions to a
number of related problems.
Keywords:
elastic force, elastic deformation, plastic deformation, absolute
elongation, relative elongation, mechanical stress, Guck's law, Yung's modulus.
Tashqi kuch ta’sirida jism o’z shaklini o’zgartirishi deformatsiya deyiladi.
Deformatsiya 2 xil bo’ladi:
1. Tashqi kuch olingandan keyin jism avvalgi holatini to’la tiklaydigan
deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi
2. Tashqi kuch olingandan keyin jism avvalgi holatini qayta tiklolmaydigan
deformatsiya plastik deformatsiya deyiladi
Deformatsiya ko’rinishlari: Cho’zilish, siqilish, siljish, egilish, va buralish.
Jismlar deformatsiyalangandan keyingi o’lchami bilan dastlabki o’lchamining
farqi absalyut uzayish deyiladi.
(1)
Absolyut uzayishni dastlabki uzunlikka nisbati nisbiy uzayish deyiladi.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
38
(2)
Jismlar deformatsiyalanganda paydo bo’ladigan va deformatsiyalangan jism
zarralarining ko’chishiga qarama-qarshi kuch elastik kuchi deyiladi.
F
el
=
(3)
,
Deformatsiya kattaligi 1 ga teng bo’lishi uchun kerak bo’lgan kuchning
miqdoriga bikirlik deyiladi. Bikrlik uzunlikka teskari proporsional [k]=N/m:
(4)
Ketma-ket ulanganda bikirlikni topish:
(4)
Parallel ulanganda bikirlikni topish:
(5)
Guk qonuni. Elastk kuchi absalyut deformatsiyaga to’g’ri proporsional va
deformatsiya yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalagan. E-yung moduli.
Sterjen ko’ndalang kesmiga tik yo’nalgan kuchni sterjen ko’ndalang kesim
yuzasiga nisbati mexanik kuchlanish deyiladi. [
N/m
2
(7)
Yung modulining bikirlikka bog’liqlik formulasi:
(8)
(1) formulani (8) keltirib qo’ysak,
(9)
Quyida bir nechta masalalar yechimlarini ham ko’rib o’tamiz:
1-masala. Uzunliklari teng bo’lgan po’lat (1) va mis (2) simlar uchun
uzayishning qo’yilgan kuchga bog’liqlik grafiklari rasmda tasvirlangan. Simlarning
bikrliklarini taqqoslang.
Yechilishi:
Guk qonuni formulasidan foydalansak,
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
39
;
1-prujina uchun:
2-prujina uchun:
Nisbat olsak,
Javob: Po’lat simning bikrligi 2 marta katta.
2-masala. Nima sababdan uzunroq cho’pni sindirish oson-u, kaltarog’ini
sindirish qiyin?
Javob: Har bir moddaning qattiqlik koeffitsiyenti, ya’ni bikrligi bo’ladi. Bikrlik
bu modda turiga va uning o’lchamlariga bog’liq bo’lgan kattalik ekanligi quyidagi
ifodadan ma’lum:
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, bikrlik uzunlikka teskari proporsional,
ya’ni cho’p qancha uzun bo’lsa, uning bikrligi (qattiqligi) shuncha kichik bo’ladi va
tez sinadi. Agar qanchalik kalta bo’lsa, bikrlik ortib ketib, sinishi shunchalik
qiyinlashaveradi.
3-masala. Bikrligi 300 N/m bo’lgan elastik prujina uzunliklarining nisbati 1:4
bo’lgan ikkita qismga bo’lindi va shu bo’laklar parallel ulandi. Yangi prujinalar
sistemasining bikrligini toping.
Yechilishi:
;
;
k=300 N/m
Topish kerak:
Javob:
4-masala. Berilgan grafikdan foydalanib, prujinaning bikrligini toping.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
40
Yechilishi:
Elastiklik kuchi formulasiga ko’ra,
;
;
Burchak tangensining qoidasiga asosan esa,
;
Demak, tg
;
Javob: k=1,73
5-masala. Yuk avtomobili massasi 2 t bo’lgan yengil avtomobilni tortib, tekis
tezlanuvchan harakat bilan 50 sekundda 400 m yo’l yurdi. Agar avtomobillarni
ulovchi po’lat simning bikrligi 200 kN/m bo’lsa, bu harakatda po’lat sim qanchaga
cho’zulgan? Ishqalanishni hisobga olmang.
Yechilishi:
Guk qonuniga muvofiq, cho’zilgan po’lat simning elastiklik kuchi
.
Bundan po’lat sim cho’zilishining absolyut kattaligi
bo’ladi. Po’lat simning elastiklik kuchi yengil avtomobilga tezlanish beradi,
shuning uchun
deb yozish mumkin. Boshlang’ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat
tenglamasi
dan tezlanishning qiymatini kuch formulasiga keltirib qo’ysak, u holda
bo’ladi. Binobarin, po’lat simning cho’zilish kattaligi quyidagiga teng bo’ladi:
Hisoblash:
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
41
Javob:
Shunday qilib, elastiklik kuchi jismlar deformatsiyalanganda hosil bo’lar ekan.
Deformatsiya natijasida vujudga keluvchi kattaliklar orasidagi bog’lanishlardan
foydalanib esa, o’quvchilarga ushbu mavzuga doir masalalar yechishni turli usullarda
o’rgatish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
B.F.Izbosarov, I.R.Kamolov “Mexanika” Lider-Press. Toshkent. 2009.
2.
В.С.Волькенштейн. “Сборник задач по общему курсу физики”. Наука.
Москва. 1991.
References
1. B. F. Izbosarov, I. R. Kamolov "Mexanika" Lider-Press. Toshkent. 2009.
2.V.S.Vol'kenshtein. "Collection of problems for the general course of physics".
The science. Moscow. 1991.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
42
Do'stlaringiz bilan baham: |