2. Hozirgi davrda din va davlat munosabatlari. Dunyoviy davlat va uning dinga munosabatini belgilab beruvchi tamoyillar
Mustaqillik tufayli o`zligimizni anglayotgan, ma`naviy qadriyatlarimiz qayta
tiklanayotgan hozirgi sharoitda ota-bobolarimiz dini, imoni, vijdoni bo`lib kelgan bizning mintaqaviy islom dinimiz o`ziga xos o`zbekona tusga ega, ya`ni, o`zbek urf-odatlari, an`analari bilan uyg`unlashib ketgan. Madaniyatimiz, tariximiz, ahloqimiz, tarbiyamiz qariyib XIII asrdan beri islom dini bilan birlashib ketgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ko`pgina demokratik davlatlardagi kabi dinning davlat ishlariga aralashmasligi asosidagi dunyoviy rivojlanish yo`li saqlab qolindi. Konstitutsiyamizda har bir fuqaro uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi: har bir inson hohlagan diniga e`tiqod qilish yoki hech qanday dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi,-deb ta`kidlanadi.
O`zbekiston Respublikasida 14 konfessiya vakilllari yashaydilar. Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarining faoliyatiga aralashmaydi. (61-modda).
Din bilan davlat o`rtasida mustahkam ittifoq tuzilgan bo`lib, din davlat taraqqiyotiga, osoyishtalikka, fuqarolarni Vatanga fidoiylik, Ollohga ishonch, imonli-e`tiqodli, rostgo`y, pokiza, o`z mehnati evaziga kun ko`radigan, haromdan xazar qiladigan, kishining haqidan qo`rqadigan, adolatli, o`z huquqini taniydigan, boshqalarni hurmat kiladigan, mamlakatda mavjud qonunlar asosida ish yuritadigan ruhda tarbiyalashga ko`maklashmoqda.
XX asrning II-yarmidan boshlab umummusulmon tsivilizatsiyasi hududida joylashgan ayrim davlatlar taraqqiyoti tajribasi, afsuski, ba`zilarida, xususan, g`arb dunyosida Islom dinining jamiyat rivojlanishiga ko`rsatishi mumkin bo`lgan ijobiy ta`siri haqida jiddiy shubhalar tug`ilishiga sabab bo`ladi. Masalaning taassufli jihatlaridan yana biri shundaki, haqiqiy islomning asl mohiyatidan yiroq ko`rinishlar keyingi yillarda ayrim olimlar tomonidan olg`a surilayotgan tsivilizatsiyalararo qarama-qarshilik va ziddiyatlar haqidagi sun`iy nazariyalarni oziqlantirmoqda, turli madaniyatlarni qiyoslash jarayonida umummusulmon madaniyatining salbiy jihatlarini bo`rttirib ko`rsatishga urinishlar bo`lmoqda. Bunga misol qilib Afg`onistondagi siyosiy-xarbiy beqarorlik, Tojikiston voqealarini ko`rsatish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida mamlakatimiz sharoitida dunyoviy davlatning din bilan munosabatlarini aniqlashtiruvchi asosiy tamoyillar qatoriga:
- dindorlarning diniy tuyg`ularini hurmat qilish;
- diniy e`tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
- diniy qaramlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarni
ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta`qib kilishga yo`l qo`ymaslik;
- ma`naviy tiklanish, umuminsoniy ahloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy
uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo`llarini
izlash zarurati;
- dindan buzg`unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bo`lmasligini e`tirof
etish3.
- Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta`kidlanganidek,
O`zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroning manfaatlari, huquq va burchlari qonun asosida belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi Qonuni (Yangi taxriri)ning 5-moddasida bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-xarakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. (missionerlik boshqa diniy e`tiqodga ega bo`lgan aholini o`z diniga og`dirib olishlik bo`yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat, Prozelit-o`z dinidan kechib, boshqa dinga o`tgan odam).4
Do'stlaringiz bilan baham: |