Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari



Download 15,62 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi15,62 Kb.
#311138
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu 1 94be0190be6afe7bdee054221734505d


1-mavzu: “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursini o‘rganishning ahamiyati fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Reja:
Reja:

1. E`tiqod tushunchasi. Diniy e`tiqodning o`ziga xos xususiyatlari.

2. Hozirgi davrda din va davlat munosabatlari. Dunyoviy davlat va uning dinga

munosabatini belgilab beruvchi tamoyillar.

3. O`zbekistonning dunyoviy rivojlanish yo`li. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

to`g`risida”gi qonunning yangi tahriri.


1. E`tiqod tushunchasi. Diniy e`tiqodning o`ziga xos xususiyatlari.

E`tiqod (arabcha «i`taqada»-ishonch, imonli bo`lish) aql, xis va iroda vositasida anglangan bilim, g`oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmui bo`lib, shu bilim va g`oyalarning to`g`riligiga ishonch bilan bog`liq bo`lgan psixologik holatdir. Inson tomonidan anglangan bilim va g`oyalar uning ham aqli, ham qalbi bilan o`zlashtirib olingandagina e`tiqodga aylanadi. E`tiqod, keng ma`noda , inson faoliyati uchun ma`naviy asos, yo`l yo`riq va

mo`ljal bo`lib xizmat qiluvchi, shaxs, guruh va ommani jinslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy xayotining faol a`zosiga aylantiruvchi omil hisoblanadi.

Ijtimoiy jihatdan e`tiqod insonnning faoliyati bilan bog`liq bo`lib, u faqat amaliy faoliyat jarayonida o`ziligini namoyon qiladi. Inson voyaga etish bilan bog`liq holda to`plangan bilimlar, o`ziga xos extiyoj va manfaatlar xayotiy tajriba asosida shakllanib, mustahkamlanib boradi va shu jarayon bilan bog`liq holda e`tiqod ham yuzaga keladi va o`z navbatida, bunday jarayonda shakllangan e`tiqod shaxs faoliyatining izchil, mantiqiy, maqsadli bo`lishiga olib keladi.

Shu bilan birga, e`tiqodda jur`atsizlik, qat`iyatsizlik va befarqlik kabi holatlar ham mavjud bo`lshishi mumkin, bunday holatlar e`tiqodning zaifligini ko`rsatadi. Bunday e`tiqodli kishilar ko`pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. Ular o`zgargan vaziyatga qarab goh u , goh bu tomonga og`adilar. Bunday e`tiqodi zaif kishilar o`zlarining xattiharakatlari bilan boshqalarga, ayniqsa yoshlar kamolotiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Haqiqatan ham, agar e`tiqodi mutaassibli, irqiy, millatchilik ruhida , tor siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan cheklangan bo`lsa, bunday e`tiqod buzg`unchilikka, beqarorlikka xizmat qiladi, rivojlanishga to`siq bo`ladi. Shuning uchun ham taraqqiyotga, xurlikka etaklovchi e`tiqod bilan buzg`unchi, aldamchi, adashtiruvchi “e`tiqod”ni farqlash zarur.Kishilarda buyuk kelajakka, taraqqiyotga bo`lgan ishonchni, ozod va obod vatan, erkin va farovon xayot barpo etishga bo`lgan e`tiqodni shakllantirish muhim vazifa bo`lib qolmoqda.

E`tiqod mazmun-mohiyatiga ko`ra diniy yoki dunyoviy xarakterda bulishi mumkin. Din ham e`tiqodning o`ziga xos ko`rinishi sifatida jipslashtiruvchi, yo`naltiruvchi xususiyatlarga egadir.

Din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini o`ziga xos tarzda in`ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Din ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan va o`sha davrda yashagan insonlarning dunyoqarashini aks ettirgan. Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishini, xayotning mazmuni va ma`nosi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga o`zicha javob beruvchi dunyoqarash shakli bo`lib kelgan.

Diniy e`tiqod diniy ongning asosiy xususiyatlarini ifoda etib, dindorning kechinmalari va xulq-atvorini belgilaydi. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg`uni o`z ichiga oladi. Demak, diniy e`tiqod tushunchasi bu- inson irodasidan yuqori turgan zotga imon keltirish, undan madad olish, asoratiy voqea- hodisalarning takror sodir bo`lishi va unga dahldorlik hamda muayyan tasavvur, aqida, muqaddas kitob, payg`ambar, avliyo va hokazolarga ishonch ma`nosini anglatadi.

O`rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, xuquq, axloq va boshqa shunga o`xshashlarni) o`zida mujassamlashtirgan va ularga ta`sirini o`tkazgan. Hozirgi vaqtda din ma`naviyatning bir turi va ma`naviy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Dinlarning o`zaro munosbatlari hamkorlik, hamdo`stlik va teng xuquqlilik asosida amalga oshiriladi. O`zbekistonning milliy istiqlol g`oyasi tamoyillarining biri ham diniy bag`rikenglik (tolerantlik) va uning mohiyatini chuqur tahlil qilib beradi. Bunday

munosabatlarning sabablaridan biri hozirgi vaqtda dunyoda umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarning mamlakat, xalq va sinflar manfaatlari hamda qadriyatlaridan ustun turishidadir.

Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston diniy bag`rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo`lmoqda. Siyosiy mustaqillikka erishgan O`zbekiston davlatida ijtimoiy xayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ta`lim yo`nalishining mazmun- mohiyati ham o`zgardi, davlat tili, an`analari, milliy madaniyatga e`tibor ortdi, bularning hammasi, diniy omil ahamiyatiga davlatning munosabatini o`zgarganligi sabablidir.




Download 15,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish