3. O`zbekistonning dunyoviy rivojlanish yo`li. “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to`g`risida”gi qonunning yangi tahriri.
Asosiy qonunimiz O`zbekiston fuqarosini millati, irqi va dinidan qat`iy nazar teng huquqli deb biladi, shuningdek, ularning vijdon erkinligini, urf-odatlari, milliy an`analarini hurmat qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qomusiy qoida 1998 yil 1 may kuni qabul qilingan yangi taxrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” gi qonunda ham o`z ifodasini topgan. Qonunning 23-moddasida belgilanganidek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” gi qonun xujjatlarini buzishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxslar, diniy tashkilotlarning xizmatidagilar va fuqarolar O`zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. Bu modda qonun oldida barcha bir xil javobgar bo`lishini ta`minlaydi.
1998 yilning 1 may kuni O`zbekiston Respublikasining jinoyat va ma`muriy
kodekslariga ham qo`shimcha o`zgartirishlar kiritildi va yangi moddalar bilan to`ldirildi. O`zbekiston Respublikasi ma`muriy kodeksining 184, 1841, 201, 2021, 240, 241-moddalari, jinoyat kodeksining 53, 145, 156, 158, 159, 190, 216, 2161; 2162; 2292; 242; 2441; 2442 va 246-moddalari shular jumlasidandir. Ayni chog`da yangi taxrirdagi qonunning 11-moddasida diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlarini ro`yxatga olish O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni esa tegishli ravishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar Adliya boshqarmalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar bo`yicha qo`mita bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarni ro`yxatga olish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
3 Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn XXI аsr bo`sаg`аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri.T. 1997. 43-44 bеtlаr.
4 Qаrаng «Vijdоn erkinligi vа dhiniy tаshkilоtlаr to`g`risidа». O`zbеkistоn rеspublikаsining qоnuni.T.1998
6
-diniy tashkilot tuzish tashabbuskori bo`lgan yuz nafardan kam bo`lmagan O`zbekiston
Respublikasi fuqarosi imzolagan ariza;
-diniy tashkilotning ustavi;
-ta`sis yig`ilishining bayoni;
-tuzilayotgan diniy tashkilot joylashgan manzilni tasdiqlovchi xujjat;
-ro`yxatga olish yig`imi to`langani to`g`risidagi xujjat va boshqalar.
Diniy tashkilotlarning faoliyati o`z ustaviga muvofiqligini nazorat qilish diniy tashkilotni ro`yxatga olgan organ tomonidan amalga oshiriladi. Ro`yxatdan o`tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar, deyiladi. Dinlarning o`zaro munosabatlari hamkorlik, hamdo`stlik va tenghuquqlilik asosida amalga oshiriladi. Bunday munosabatlarning sabablaridan biri hozirgi vaqtda dunyoda umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarning mamklakat, xalq va sinflar manfaatlari hamda qadriyatlaridan ustun turishidadir. Mustaqil O`zbekistonda barcha dinlarga to`la erkinlik berilgan. Aholining asosiy qismi islom dini va xristianlikning Pravoslaviya Mazxabiga e`tiqod qilsada, ular bilan bir qatorda katoliklar, protestantlar, boshqa mazxablar vakillari ham istiqomat qiladilar. Ularning asosiy faoliyat yo`sini davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni ta`min
etishga xizmat qilish, buning uchun esa, turli dinlarning hamkorligini takomillashtirishdir.
Mustaqillik tufayli O`zbekistonda diniy tashkilotlarning soni va nufuzi tobora o`sib bormoqda. Agar 1990 yilda Respublikamizda 119 ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o`quv yurti mavjud bo`lgan bo`lsa, xozirgi kunda 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari O`zbekiston musulmonlar idorasi, Rus provaslav cherkovining Toshkent va O`rta Osiyo Eparxiyasi, Evangel xristian-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To`liq Injil xristianlari cherkovi, O`zbekiston Bibliya jamiyati. SHuningdek, 1987 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 8 ta yaxudiy ibodatxonasida turli millat va dinlarga mansub fuqarolarning emin-erkin ibodat kilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mustaqillikka erishilgandan so`ng dinlarga, shu jumladan islom diniga munosabat tubdan o`zgardi. Bu o`zgarishlarning mohiyati Prezident I.A.Karimovning quyidagi so`zlarida o`z ifodasini topgan: “Islom dini ota-bobolarimizning muqaddas e`tiqodi. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida ma`naviyati, boy me`rosi va o`zligini omon saqlab qolgan”. Mustaqillik tufayli Ramazon va Qurbon xayiti kunlari bayram va dam olish kunlari deb e`lon qilindi. Sho`ro yillarida har yili bor- yo`g`i 15-20 kishiga xaj safariga borishga ruhsat
berilgan bo`lsa, 1991 yildan boshlab har yili 3-3,5 ming O`zbekistonlik fuqarolar ana shu muqaddas safarga bormoqdalar. Sho`ro davridagi 84 o`rniga, hozirgi davrda 3600 dan ortiq ro`yxatga olingan masjidlar faoliyat ko`rsatmoqda. «Qur`oni Karim» o`zbek tiliga tarjima qilinib 100 ming nusxada nashr etildi. o`nlab, yuzlab diniy mazmundagi kitoblar chop etildi, ro`znoma va oynomalarda, radio va televidenie orqali islom tarixi, madaniyati, ahloqi, buyuk muxaddislar, mufassirlar, faqixlar, mutasavvuflarga bag`ishlangan ma`lumotlar e`lon qilinmoqda, islom tarixiga oid ko`p qismli filmlar namoyish qilinmoqda.
Hozirgi paytda mamlakatimiz poytaxtida 1995 yilda tashkil qilingan Xalqaro Islom tadqiqod Markazi faoliyat ko`rsatmoqda. Islom Oliy mavxadi, madrasalar yoshlarga islomiy va dunyoviy ta`lim bermoqda. Endilikda xalqimizning diniy ta`lim darajasini yangi pog`onaga ko`tarishimiz, diniy savodsizlik o`rniga diniy marifat kiritibgina biz mutassiblikning yo`lini to`sa olamiz, chunki qora niyatli kimsalar keng omma islom ma`rifati chirog`iga intilishini va ayni vaqtda bu omma
mustabidlik nuqtai nazaridan savodsiz bo`lganini ko`zda tutib, bu omildan ustalik bilan foydalanmoqchi bo`ladilar.
Tayanch tushunchalar:
Vijdon erkinligi, diniy e`tiqod, konfessiya, din, mutaassiblik , ekstremizm, e`tiqod, dunyoqarash, missionerlik, prozelit.
Do'stlaringiz bilan baham: |