Bundan tashqari, qo‘llanmada manbalar uchun havolalar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda YeI mamlakatlariga import qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlari va tartib-taomillar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmaning elektron versiyasini “O‘zstandart” agentligining internet tarmog‘idagi www.standart.uz saytidan va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining www.uz.undp.org. saytidan olish mumkin. Qo‘llanmani ishlab chiqishda YeI eksportni qo‘llab-quvvatlash xizmatining YeS Export Helpdesk (www.exporthelp.europa.eu) saytida taqdim etilgan ma’lumotdan foydalanilgan.

«O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanma tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga import qilish tartib-taomillari va qo‘yiladigan talablar hamda tekstil mahsulotlarining halqaro standartlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122 – sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga asosan eksportga etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi bekor qilindi.