Byuro "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligi hamda “O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".

SSP faoliyatining asosiy maqsadlari: respublikadagi tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda ko‘maklashish; mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqishda faol ko‘maklashish.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida “Uzstandart” agentligining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi (pdf, 4.5MB) tayyorlandi. Ushbu qo‘llanma o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma Yevropa Ittifoqining Yagona bozori to‘g‘risida umumiy tushuncha, shuningdek, YeI mamlakatlariga meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda qo‘yiladigan maxsus talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishda tadbirkorlarga yordamchi vosita vazifasini o‘taydi.