12
- harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit»
tizimiga kiruvchi har bir omilning faoliyatiga tegishli tadbir va choralarni ishlab
chiqish;
-
biron-bir
boshqaruv
xududidagi,
vazirliklardagi
va
ularning
korxonalaridagi
halokatlar ahvolini, o‘zgarish mohiyatini hamda istiqboldagi
o‘zgarishini bashorat qilish;
- YTH kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan
ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
- YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini aniqlash;
- bitta yoki bir nechta bir xil YTHning vujudga kelish sabablarini aniqlash;
- harakat xavfsizligini oshirishning kompleks dasturini ishlab chiqish va
boshqalar.
Demak, YTH soni va uning oqibatida ijtimoiy va iqtisodiy yo‘qotishlarni
kamaytirish uni tizimli tahlil qilish natijasida asosiy omillarni aniqlash va ularning
oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Tahlillar natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
1. Halokat holatini bashorat qilish.
2. Sodir bo‘lgan YTH ni ularning turlari, og‘irlik darajasi va boshqa
ko‘rsatgichlari bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash.
3. Yo‘l sharoitini tavsiflovchi ko‘rsatgichlar bilan YTH ning sodir bo‘lishi
orasidagi bog‘liqlikni aniqlash.
4. Har xil konstruksiyadagi avtomobillar bilan sodir etilayotgan YTH yo‘l
sharoitining ta’sirini aniqlash.
5. Xaydovchilar davrdaga sotsial omillar (yoshi,
malakasi, ish staji va
boshqalar) bilan YTX soni orasidagi bog‘liqlikni aniqlash.
6. YTH ni yo‘l harakati qoidalari va boshqa harakat xavfsizligi bo‘yicha ishlab
chiqilgan me’yoriy hujjatlarning qaysi moddalarining buzilishi oqibatida sodir
etilayotganini aniqlash.
7. YTHni bartaraf etish va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish, ilmiy asoslash va ularning samaradorligini baholash.
13
Bunday tadbirlarga kuyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
YTHni bartaraf etishga
qaratilgan kunlik, oylik, chorak yillik, yillik va ko‘p yillarga asoslangan rejalar,
avtomobil konstruksiyasi va undan foydalanishni belgilovchi me’yoriy hujjatlarga
o‘zgartirishlar kiritish, avtomobil yo‘llariga ko‘yilgan talablarni va haydovchilarni
tayyorlash o‘quv dasturlarini mukammallashtirish va boshqalar.
Bugungi kunda YTH to‘plamini tahlil qilish uchun ular haqidagi
ma’lumotlarni to‘plashning avtomatik tizimi yaratilgan bo‘lishiga qaramay
ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish va solishtirishning statistik usullari etarli
darajada ishlab chiqilmagan.
Alohida olingan YTH ni tahlil qilish birinchi usulning tarkibiy qismi bo‘lishiga
qaramay o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, bunga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish
mumkin:
har bitta YTH bir-biridan ma’lum bir belgilari bilan farq qiladi va uni tahlil
qilishga alohida yondoshuvni talab etadi. Masalan,
piyodani bosib ketish
hodisasini ko‘rinish darajasi va masofasiga, piyoda va avtomobilning harakat
traektoriyalariga va tezligiga, to‘siqlarning borligi, ularning qo‘zg‘aluvchan yoki
boshqa omillar;
haydovchining reaksiya vaqtini, xavfli
vaziyat vujudga kelganida
haydovchida biron-bir yo‘l bilan hodisaning oldini olish uchun texnik imkoniyat
mavjud yoki mavjud bo‘lmaganligini aniqlash;
avtomobil yo‘llarining parametrlari va holatining qurilish me’yorlari va
qoidalari yoki boshqa harakat xavfsizligi bo‘yicha me’yorlarga muvofiqligini
aniqlash;
aniqlangan omillar bilan YTH ning sodir bo‘lishi orasidagi sabab-oqibat
aloqasini baholash.
Respublikamiz avtomobil yo‘llarida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risidagi
statistika ma’lumotlarining shaffofligi, tahlil natijasida
ishlab chiqilayotgan
tadbirlarning aniqligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan YTH to‘g‘risidagi statistika
ma’lumotlari Respublika Yo‘l harakat xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi va
14
avtomobillarda tashuvchilar faoliyati to‘g‘risidagi olingan statistika ma’lumotlari
bo‘yicha tahlil qilinadi.
Harakat xavfsizligini tashkil etish uchun aniq tadbirlar belgilashda asosiy
tayanch ko‘rsatma sifatida YTHni har taraflama chuqur, ob’ektiv tizimli tahlil
qilish natijalaridan olingan xulosalardan foydalaniladi.
Agar YTH sabablari aniqlanmasa va ularning
oldini olishga qaratilgan
chora-tadbirlar ishlab chiqilmasa, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida
avtohalokatlar sonini va oqibatini kamaytirish muammoga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: