81
Eng ko‘p sodir etilgan qoidabuzurlik turi - piyodalar o‘tish
joylaridan va
trotuardan yurish: 2017yilda 422ta- 2018yilda 231ta, keyingi o‘rinda yo‘l belgi
chiziqlariga rioya qilmaslik: 2017yilda 437ta- 2018-yilda 248ta; odam tashish
qoidalarining buzilishi 2017-yilda 257ta- 2018-yilda 144ta; qizil chiroqda
harakatlanish: 2017-yilda 73ta- 2018-yilda 36tani tashkil etishi ko‘rinib turibdi.
Vaqt bo‘yicha solishtirish tahlili shuni ko‘rsatib
turibdiki, 2018-yilda Yo‘l
harakati qoidalarining shu korxona haydovchilari tomonidan buzilishi 2017-yilga
nisbatan
umumiy
va
barcha
turlari
bo‘yicha
kamaygan.
Bu
«Toshshaxartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda harakat
xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlab chiqilgan tadbirlarning nechog‘li
to‘g‘ri ekanligi va ularning amalga oshirilayotganligining natijasidir.
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transporti korxonalarida harakat xavfsizligini
ta’minlashni takomillashtirishda: jamoat transportida yo‘lovchilarni tashish
xavfsizligini ta’minlashning ilmiy-metodologik asoslarini hamda jamoat
transportida yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
xuquqiy-
me’yoriy asoslarini takomillashtirish, ”Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi
avtomobil transporti korxonalari haydovchilari bilan profilaktika ishlarini olib
borish va ”Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi
avtomobil transporti
korxonalarida yo‘lovchilarni tashishda yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini
kamaytirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni takomillashtirish lozim bo‘ladi.
Taklif qilinayotgan tadbirlarni amalga oshirish avtokorxonaning
harakat xavfsizligini taminlash mutaxassisi va tegishli hudud yo‘l harakati
boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Avtokorxonada
harakat xavfsizligi muxandisi Yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati ishtirokchisi
sifatida haydovchi madaniyati to‘g‘risidagi tushuntirish ishlarini olib borishlari,
Yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgarishlar, masalan Vazirlar
mahkamasining 292-sonli (9-aprel 2019-yil qaroriga) asosan Yo‘l harakati
qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida tanishtiruv –
profilaktika ishlarini olib borishlari lozim.
82
Hududiy yo‘l harakati boshqarmasi xodimlari o‘zlarining nazorat vazifalari
va agarda, qoidalarining
buzilishi yuz bersa, ularni jarimaga tortish vazifalarini
bajarib, yo‘l transport hodisalarining oldini olgan bo‘lishadi.
«Yo‘lda bezorilik», shu jumladan transport vositasini boshqarish
madaniyatiga uzluksiz rioya etmaslik, qayrilish
signali bilan ogohlantirmay,
egallab turgan harakatlanish polosasini keskin o‘zgartirgancha avtomobilni
agressiv boshqarish, baland ovozli signaldan zarurat bo‘lmasa-da, asossiz
foydalanishda va boshqa holatlar bilan ifodalanganligini
bila turib qasddan sodir
etilgan hatti-harakatlar (asoslangan xujjatlar bo‘yicha) uchun ma’muriy
javobgarlikni joriy etish takliflari bildirilgan bo‘lib, jamoatchilik tartibida
o‘rganilmoqda.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik, jumladan,
transport vositasini mast
holatda boshqarganlik uchun, shu jumladan mazkur huquqbuzarlik uchun
ma’muriy qamoq tarzidagi jazo qo‘llanilishini nazarda tutgan holda ma’muriy
javobgarlikni kuchaytirish belgilandi.
DYHXX xodimlarining transport vositasini to‘xtatish bo‘yicha qonuniy
talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va yo‘l-
transport hodisasi sodir etilgan joyni tark etganlik uchun ma’muriy
javobgarlikni
va xavf ostida qoldirganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish tartibi
o‘rnatilmoqa va yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan va DYHXX
ruxsatisiz transport vositalarini ta’mirlab olgan shaxslarning javobgarligini
belgilash tartibi qayta ko‘rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: