207
buyurtma berish faqatgina logistik tizimning ma‘lum bir zvenolarida ularning
miqdori kritik darajaga etganda sodir bo‗ladi, bunda zahiralar taqsimlash kanallari
bo‗yicha yetkazib beruvchilardan ―so‗rib olinadi‖. Tortuvchi logistik tizimga misol
qilib KANBAN yapon tizimini ko‗rsatish mumkin,
u Toyota Motor kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan. Uni firmaga joriy qilishga qariyb 10 yil vaqt ketgan.
Ushbu tizimning mohiyati shundan iboratki, zavodning barcha ishlab chiqarish
bo‗linmalarini ta‘minlash faqatgina buyurtmani bajarish uchun zarur bo‗ladigan
miqdorda va ishlab chiqarish jadvalida belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
Shuningdek dunyoda
resurslarga bo‗lgan ehtiyojlarni rejalashtirish
(requirements/resource planning – RP) logistik konsepsiyasi ham keng tarqalishga
ega
bo‗lgan,
uning
asosida
materiallarga
bo‗lgan
ehtiyojni
rejalashtirish/materiallarga bo‗lgan ehtiyojni ishlab chiqarish rejalashtirishi
(materials requirements planning – MRP I, manufacturing resource planning –
MRP II) itaruvchi logistik tizimlar, distribyusiyada (taqsimlashda) esa –
mahsulotni/resurslarni
taqsimlashni
rejalashtirish
(distribu-tion
requirements/resource planning – DRP) tizimlari yaratilgan.
MRP I tizimi XX asrning 50-yillarining o‗rtalarida AQSH da ishlab chiqilgan,
biroq XX asrning 70-yillariga kelibgina keng qo‗llanilishga ega bo‗lgan, bu
hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan bog‗lanadi. MRP I itaruvchi tipdagi tipik
tizim bo‗lib hisoblanadi, uning uchun ishlab chiqarishni qat‘iy belgilangan ishlab
chiqarish jadvaliga muvofiq tashkil qilish xarakterli bo‗ladi. Evropada XX asrning
80-yillarining boshlarida bu tizimlarning ikkinchi avlodi – MRP II yaratilgan, ular
o‗zlarida moliyaviy rejalashtirish va logistik operatsiyalar birlashtirilgan
integratsiyalangan logistik tizimlarni taqdim qilgan.
Yana bir logistik konsepsiya tejamkor ishlab chiqarish (lean production – LP)
nomini olgan. U KANBAN va resurslarga bo‗lgan ehtiyojlarni rejalashtirish
tizimining elementlarini o‗z
ichiga oladi, u mahsulotning yuqori sifatini, ishlab
chiqarish partiyalarining unchalik katta bo‗lmagan o‗lchamini, zahiralarning past
darajasini ta‘minlaydi, uni amalga oshirish uchun esa
yuqori malakali xodimlarni
bo‗lishi va qayishqoq ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‗llash zarur bo‗ladi.
208
LP konsepsiyasining mohiyati quyidagi beshta tamoyil bilan ifodalanadi:
mahsulotning yuqori sifatiga erishish;
mahsulot partiyasining o‗lchamini kichraytirish va ishlab chiqarish vaqtini
qisqartirish;
zahiralarning past darajasini ta‘minlash;
yuqori malakali xodimlarni tayyorlash;
qayishqoq asbob-uskunalar va ularni yo‗lga qo‗yishning qisqa muddatlaridan
foydalanish [3, 62-bet].
Konsepsiyada ommaviy ishlab chiqarishning katta hajmlari va mahsulotning
turli-tumanligida past tannarxga erishish bilan kichik seriyali ishlab chiqarishning
qayishqoqligini birlashtirish g‗oyasi amalga oshiriladi. Xuddi ―aniq muddatiga‖
konsepsiyasidagi kabi LP tizimida ham asosiy rollardan birini ishonchli yetkazib
beruvchilar bilan o‗zaro munosabatlar o‗ynaydi.
Logistik tizimning LP
konsepsiyasining tamoyillari bo‗yicha faoliyat ko‗rsatishi natijasida mahsulot
sifatining yuqori standartlari, past ishlab chiqarish xarajatlari,
asbob-uskunalarni
tezda qayta shaylash va bozor talabiga tezkor reaksiya ko‗rsatishga erishiladi, bu -
kompaniyalar xalqaro bozorda ishlaganda ayniqsa muhim bo‗ladi.
Korxonalarning
xalqaro
bozorda
logistik
tizimlar
sifatida
faoliyat
ko‗rsatishining muhim aspekti xalqaro logistik zanjirlarda qarorlar qabul qilish
zarurligi bo‗lib hisoblanadi. Bundan oldin spetsifik uslublar yordamida biznes-
jarayonlarni ob‘ektiv tahlil qilish zarur bo‗ladi [5, 41-bet]:
–
Do'stlaringiz bilan baham: