Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


 O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarning jahon logistika tarmog‗iga



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Bog'liq
Irisbekova

8.7. O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarning jahon logistika tarmog‗iga 
integratsiyalanishi 
Hozirgi kun shart-sharoitlarida O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi 
siyosatining ustivor yo‗nalishlaridan biri uning savdo va transport majmualarini 
jahon logistika kengligiga tezlashtirilgan integratsiyalash, tovarlar, xizmatlar, 
kapital va ishchi kuchining erkin ko‗chishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish 
bo‗lib hisoblanadi.
2015–2018 
yillarda 
O‘zbekiston Respublikasida logistika tizimini 
rivojlantirish dasturi va tranzit potensialini rivojlantirish davlat dasturi amalga 
oshirilgan, ular ko‗p jihatdan bir-birini to‗ldiradi. Chunki tovarlarni tranzit qilish 
va xalqaro transport logistikasi davlatda 
infratuzilma ob‘ektlarining umumiy 
jamlanmasi 
bo‗lishini talab qiladi – bu transport-logistika markazlari, avtomobil 
yo‗llari tarmog‗i (xalqaro avtomobil yo‗laklarining uchastkalarini ham o‗z ichiga 
olgan holda, yo‗l yoqasidagi servis ob‘ektlaridir. 
 
 
8.7.1. O‘zbekistondagi avtomobil yo‗llari 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro logistikani rivojlantirishning muhimligi ko‗p 
jihatdan uning hududida logistik infratuzilmaning muhim elementi – umum 
foydalanadigan avtomobil yo‗llari tarmog‗ining borligi bilan belgilanadi. 
Respublika hududida 1 km
2
ga to‗g‗ri keladigan avtomobil yo‗llarining zichligi 0,4 


244 
km ni tashkil qiladi (masalan, Rossiyaning Evropa qismida bu ko‗rsatkich 0,2 km 
ga teng). 
Respublikamizdagi jami avtomobil yo‗llar tarmog‗i 184 ming km uzunlikda 
bo‗lib, undan 42695 kilometri – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llaridir. 
Bundan tashqari, shahar ko‗chalari (7126 km), tuman markazlari ko‗chalari (12529 
km), qishloq aholi punktlari ko‗chalari (64839 km), ichki xo‗jalik yo‗llari (32066 
km) hamda korxona va tashkilotlarning idoraviy yo‗llari (24745 km) ham mavjud. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo‗l xo‗jaligini 
boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi 
Farmoniga asosan Avtomobil yo‗llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik 
kompaniyasi ("O‗zavtoyo‗l" DAK) tugatilib, O‗zbekiston Respublikasi Avtomobil 
yo‗llari davlat qo‗mitasi tashkil etildi.
Avtomobil yo‗llarini boshqarish bo‗yicha maxsus vakolatlarga ega bo‗lgan 
davlat organi sifatida Davlat qo‗mitasining asosiy vazifalari va faoliyat 
yo‗nalishlari etib: avtomobil yo‗llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; 
avtomobil yo‗llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini 
belgilash; avtomobil yo‗llarining xalqaro tranzit yo‗laklarini shakllantirish; 
avtomobil yo‗llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish va boshqa vazifalar belgilangan. 
O‘zbekiston Markaziy Osyiening markazida, sharqdan, shimoldan va janubdan 
keladigan savdo yo‗llarining chorrahasida joylashganligi xalqaro ahamiyatga ega 
bo‗lgan avtomobil yo‗llarining shakllanishini shartlagan (Transevropa transport 
yo‗laklari tarkibida). Respublika hududi bo‗ylab «E-40» kategoriyali xalqaro 
avtomobil yo‗llaridan O‘zbekiston orqali o‘tadigan Qo‘ng‘irot- Nukus - 
Dashxovuz - Buxara –Navoi- Samarkand- Jizzax -Toshkent marshrutlari mavjud.
 
Transport oqimlarining O‘zbekiston Respublikasining nisbatan tor geografik 
maydonidagi tranzit yo‗laklar doirasida konsentratsiyalanishi yuklarni qayta 
yuklashning avtomobil transportidan foydalanish nuqtai-nazaridan bir-biridan 
optimal masofada joylashgan terminalli transport tugunlariga to‗planganligi 
mamlakatni xalqaro logistika tarmog‗iga integratsiyalash bilan, dunyoda yuk 


245 
oqimlarining o‗sib borishi kontekstida mamlakatning tranzit potensialidan samarali 
foydalanish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasida logistika tizimini rivojlantirish dasturi qabul 
qilingunga qadar mamlakatda xalqaro logistikaning yana bir muhim 
infratuzilmaviy 
elementini 
shakllantirish 
jarayoni 
boshlangan: 
yuklarni 
jo‗natuvchidan qabul qilib oluvchiga yetkazib berish logistik sxemalarini amalga 
oshirish jarayonida, jumladan xalqaro yetkazib berishlar zanjiri tarkibida amalga 
oshirish jarayonida bajariladigan transport-ekspeditorlik xizmatlari va hamrohlik 
qiluvchi boshqa xizmatlarni amalga oshiradigan bir nechta transport-logistika 
markazlari (TLM) yaratilgan va jihozlangan. Ushbu transport-logistika 
markazlarida ombor infratuzilmasi yaratilgan, ularga muhandislik tarmoqlari, 
kirish-chiqish yo‗llari, kommunikatsiya vositalari o‗tkazilgan.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish