Global axborot infratuzilmasi
jahon ko‗lamida qo‗yilgan
maqsadlarga muvofiq logistik axborotni to‗plash, tashkil qilish va tashishga
yo‗naltirilgan.
Xalqaro axborot logistikasining asosiy tushunchalari axborot oqimi va axborot
tizimi bo‗lib hisoblanadi.
Axborot oqimi
–
bu logistik tizimda logistik tizim bilan tashqi muhit o‗rtasida
aylanadigan, logistik operatsiyalarni boshqarish va nazorat qilish uchun zarur
240
bo‗ladigan xabarlar jamlanmasidir. Axborot oqimi qog‗oz va elektron hujjatlar
ko‗rinishida mavjud bo‗lishi mumkin [6, 172-bet].
Axborot oqimlarini tasniflashning
ko‗plab kriteriylari mavjud:
1)
logistik operatsiyalar va funksiyalarga nisbatan: elementar, majmuaviy,
asosiy, bazaviy;
2)
logistik tizimga nisbatan: ichki, tashqi, gorizontal, vertikal, kiruvchi va
chiquvchi;
3)
axborotni eltuvchilarning turi bo‗yicha: qog‗oz eltuvchilarda, magnit
eltuvchilarda, elektron, boshqalar;
4)
Vujudga kelish vaqti va foydalanish davriyligi bo‗yicha: muntazam, davriy,
operativ, real vaqt rejimida, muntazam bo‗lmagan vujudga kelish va
foydalanish;
5)
axborotning mo‗ljallanishi bo‗yicha: direktiv, me‘yoriy-ma‘lumot beruvchi,
hisobni yuritish-tahliliy, ma‘lumot beruvchi;
6)
Ochiqlik darajasi va ahamiyatlilik darajasi bo‗yicha: ochiq, yopiq (maxfiy),
oddiy, buyurtmali;
7)
Ma‘lumotlarni uzatish usuli bo‗yicha: kurer, pochta, telefon, telegraf,
teletayp, elektron pochta, faks, telekommunikatsiya tarmoqlari.
Adabiyotlarda logistik axborot tizimi tushunchasining talqin qilinishiga nisbatan
ikkita yondashuv mavjud. Bir tomondan, logistik axborot tizimi deganda moddiy
oqimning harakatini boshqarish masalalarini hal qilishni ta‘minlaydigan hisoblash
texnikasi vositalari, spravochniklar va dasturlashtirish vositalarining o‗zaro
bog‗langan tashkil qilingan jamlanmasi tushuniladi. Boshqa tomonlama esa,
kengroq tushunishda – bu logistik menejment tomonidan logistik tizimning,
jumladan global logistik tizimning faoliyat ko‗rsatishini rejalashtirish, tartibga
solish, nazorat qilish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan axborot oqimi bilan
birlashtirilgan xodimlar, asbob-uskunalar va texnologiyalarni (protseduralarni) o‗z
ichiga oladigan interfaol tuzilmadir.
Logistik axborot tizimi o‗z navbatida ikkita tagtizimga bo‗linadi:
241
1)
funksional, hal qilinadigan vazifalarning maqsadning umumiyligi alomati
bo‗yicha guruhlashtirilgan jamlanmasidan tashkil topadi;
2)
ta‘minlovchi, texnik ta‘minlash (texnik vositalar), axborot bilan ta‘minlash
(spravochniklar, klassifikatorlar, kodifikatorlar) va dasturiy ta‘minlashni
(ma‘lumotlarga ishlov berish vositalari) o‗z ichiga oladi [6, 173-bet].
Logistik axborot tizimlarini qurishda ma‘lum bir tamoyillarga amal qilish zarur
bo‗ladi:
Apparat va dasturiy modullardan foydalanish tamoyili: boshqarishning turli
darajalarida hisoblash texnikasi va dasturiy ta‘minotning birlashuvchanligini
ta‘minlash, logistik axborot tizimlarining faoliyat ko‗rsatishining samaradorligini
oshirish, ularning narxini pasaytirish, ularni qurishni tezlashtirish;
– tizimni bosqichma-bosqich yaratish imkoniyati tamoyili: zamonaviy elektron
tizimlar
bazasida
qurilgan
logistik
axborot
tizimlari,
xuddi
boshqa
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi, doimo rivojlanib boruvchi tizimlar
bo‗lib hisoblanadi;
– tutashuv joylarini aniq belgilash tamoyili: tutashuv joylarida moddiy oqimlar
va axborot oqimlari korxonaning alohida bo‗linmalarining yoki mustaqil
tashkilotlarning vakolatlari va javobgarligi chegaralarini kesib o‗tadi. Tutashuv
joylarini rejalashtirilgan bosib o‗tishni ta‘minlash logistikaning muhim
vazifalaridan biri bo‗lib hisoblanadi;
– tizimning qayshqoqlik tamoyili: konkret qzllanilishning spetsifik talablari
nuqtai-nazaridan qaralganda;
– tizimning qo‗l keluvchanligi tamoyili: «odam–mashina» dialogidan
foydalanuvchi uchun [3, 167-bet].
Logistik axborot tizimlarining faoliyat ko‗rsatishining asosida ilg‗or axborot
texnologiyalarini qo‗llash yotadi. Ulardan xalqaro logistikada foydalaniladigan
asosiylari quyidagilardir:
– ma‘lumotlarni global sinxronlashtirish – CGI xalqaro tashkiloti tomonidan
«ikkita yoki undan ko‗p turli tizimlar o‗rtasida tovarlarning atributlarining
242
qiymatlarini uzluksiz uyg‗unlashtirishdir, natijada atributlarning qiymatlari hamma
tizimlarda bir xil bo‗lib qoladi» deya ta‘riflangan;
– radiochastotali identifikatsiyalash texnologiyalari (radio frequency
identification – RFID) – zamonaviy kontaktsiz axborot tizimlarini qurish uchun
xizmat qilgan va ob‘ektlarga yopishtirilgan – identifikatsion ma‘lumrtlarni yoki
boshqa ma‘lumotlarni eltuvchi belgilarni radiochastotali tanib olishdan iborat
bo‗lgan uslub;
– elektron tijorat – umuman savdo jarayonini – ―biznes-biznes‖ bitimi (V2V,
xaridorlar pulni tekshirilgan bank hisob raqamiga o‗tkazadi) va ―biznes-
iste‘molchi‖ bitimining (V2S, pulni oxirgi iste‘molchi to‗laydi) samaradorligini
oshirish imkonini beruvchi bir qator texnologiyalarning umumlashtirilgan nomi;
– GIS geoaxborot tizimi (geographic(al) information system – GIS) – kenglik-
vaqtdagi ma‘lumotlarni to‗plash, saqlash, ishlov berish, aks ettirish, tarqatish
uchun, shuningdek bu ma‘lumotlarga kirishni ta‘minlash uchun mo‗ljallangan
avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Boshqacha qilib aytganda, bu ma‘lumotlar
bazasining kengaytirilgan shakli bo‗lib, unda har bir ob‘ekt an‘anaviy atributlardan
tashqari o‗zining geografik joylashuvi bilan ham tavsiflanadi;
– GPS (global positioning system) yoki «Navstar» global sun‘iy yo‗ldoshli
pozitsiyalash tizimi (NAVSTAR – navigation satellite providing time and range) –
amalda Er sharining har qanday nuqtasida va har qanday vaqtda harakatlanuvchi
ob‘ektlarning joylashgan joyining koordinatalarini operativ tarzda aniqlaydi [5,
210-bet].
Keltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalarini xalqaro logistikada qo‗llash
quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– xalqaro yetkazib berishlar zanjirining konfiguratsiyasi bo‗yicha va mijozlarga
xizmat ko‗rsatadigan zanjirlarni aniqlash bo‗yicha qarorlar qabul qilish uchun
zarur bo‗ladigan axborotni olish;
– axborot bilan almashinish va uning ishtirokchilarining o‗zaro harakatlarini
ta‘minlash;
243
– xalqaro yetkazib berishlar zanjirining faoliyat ko‗rsatishining samaradorligini
nazorat qilish va operativ korreksiyalash qarorlarini qabul qilish.
Moddiy
oqimlar
va
hamrohlik
qiluvchi
axborotni
ko‗p darajali
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish asosan bir tomondan, tizimning
ko‗p funksionalliligini, ikkinchi tomondan, uning yuqori darajali integratsiyasini
kafolatlashi lozim bo‗lgan dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish sohasidagi kattagina
xarajatlar bilan bog‗lanadi. SHu munosabat bilan global logistik sferasida
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini yaratishda nisbatan arzon standart
dasturiy ta‘minotdan – uni mahalliy sharoitlarga moslashtirish bilan foydalanish
imkoniyatini tadqiq qilish lozim bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |