Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


 Zamonaviy xalqaro logistikaning muammolari



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

 
8.1. Zamonaviy xalqaro logistikaning muammolari 
Muammoli masalalarning borligi tufayli xalqaro logistika ichki logistikadan 
anchagina farq qiladigan xarakterli murakkabliklardan biri – bu funksional 
sikllarni tashkil qilish, ular haftalab yoki oylab davom etishi mumkin. Qoidaga 
ko‗ra, bu quyidagi sabablarga ko‗ra sodir bo‗ladi: 
– aloqalarning sekinligi; 
– moliyalashtirish va hisob-kitoblarning o‗ziga xosligi; 
– tashish masofalarining kattaligi; 
– o‗rash va tamg‗alashga nisbatan maxsus talablarning qo‗yilishi; 
– bojxona protseduralarini bajarish (deklaratsiyalash, ko‗rikdan o‗tkazish). 
Xalqaro logistik operatsiyalar ko‗p tillilikni, o‗ramdagi yorliqlarni turli tillarda 
tayyorlashni talab qiladi, bu ham ishni anchagina murakkablashtiradi. 
Mahsulotning iste‘mol xususiyatlarini ma‘lum bir tilga bog‗lash undan foydalanish 
bozorini chegaralab qo‗yadi. Masalan, Evropa mamlakatlarida marketing 
tadbirlarini qo‗llab-quvvatlash uchun mahsulotning har bir tilda alohida katta 
zahiralari yaratiladi.


197 
Funksional siklni tashkil qilishdan tashqari 
xalqaro logistikaning katta 
muammolariga
quyidagilar kiradi:
– ichki bozorlarga yetkazib berishga qaraganda buyurtmalarning anchagina katta 
hajmlari bilan ishlash (bu logistika xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, 
masalan – partiyaning kattaligi uchun transport tariflaridan chegirmalar); 
– xalqaro bozorlarning tovarlarni yetkazib berishning variativliligi va ko‗p sonli 
vositachilar bilan munosabatlarga kirishish zarurligini shartlaydigan xilma-xilligi; 
– faoliyatning xalqaro bozorlarda ishlashning boy tajribasiga ega bo‗lmagan 
korxonalar uchun ma‘lum bir murakkabliklarni tug‗diradigan keng ko‗lamliligi; 
– tovarlarni yetkazib berishda fraxtlovchi agentlar, bojxona brokerlik 
kompaniyalari, turli darajadagi logistik provayderlar kabi ko‗p sonli logistik 
vositachilarning paydo bo‗lishi; 
-
 
katta masofalar va orada ko‗pgina vositachilarning bo‗lishi tufayli 
korxonaning uning mahsulotlarining iste‘molchilari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
kommunikatsiyalarga kirishish imkoniyatining yo‗qligi; 
– savdo shartlari, yetkazib berishning bazis shartlari, to‗lov shartlari – bularning 
barchasi xalqaro savdo-sotiq bilan birinchi marta shug‗ullanayotgan korxona 
uchun noodatiy hol bo‗lib hisoblanadi; 
– xalqaro transport hujjatlari va hujjatlashtirish protseduralari ichki analoglarga 
qaraganda anchagina murakkab va turli-tuman; 
– logistik yetkazib berishlar tizimining ishtirokchilari o‗rtasida axborot bilan 
almashinishni tashkil qilishda ko‗pincha ko‗pgina mamlakatlarning chegaralarini 
kesib o‗tishga va shundan kelib chiqqan holda, turli axborot tizimlarini harakatga 
keltirishga to‗g‗ri keladi [5, 24-bet]. 
Sanab o‗tilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun korxonalar ular 
amaliyotda to‗qnash keladigan operatsiyalarning murakkabligi va xilma-xilligini 
detalli tarzda o‗rganib chiqishlari lozim bo‗ladi. 
Xalqaro 
logistika 
tizimining 
muhim 
tavsifi 
sifatida 
uning 
yuqori 
muvofiqlashtirish darajasiga bo‗lgan ehtiyoji chiqadi, bunday muvofiqlashtirish 
vositasi bo‗lib tizimli integratsiya xizmat qiladi. Bunday tizimning faoliyat 


198 
ko‗rsatishining yuqori natijaviyligini ushlab turish uchun yuk tashuvchilar bilan 
ixtisoslashtirilgan logistik korxonalar o‗rtasidagi munosabatlarda samarali o‗zaro 
harakatlar va sherikchilik munosabatlari juda muhim bo‗lib hisoblanadi. Bunda 
ishlab chiqilgan quyidagi xalqaro logistik strategiyalarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi deb hisoblanadi: 
– ixtisoslashtirilgan korxonalardan foydalanish – bu bitta joyda ishlab 
chiqariladigan tovarlarning assortimentini (assortiment guruhlari jamlanmasini) 
cheklash imkonini beradigan choradir, natijada kompaniya ishlab chiqarish 
ko‗lamlarining ortishi hisobiga tejamkorlikka erishadi; 
– zahiralarni markazlashtirish – globallashish davrining boshlanishi bilan 
shartlangan ehtiyoj. Kompaniya faqatgina o‗zining ishlab chiqarishini kamroq 
sonli korxonalarga ratsional joylashtirishga intilib qolmasdan, balki rezervlarga 
bo‗lgan talablarni kamaytirish maqsadida zahiralarni konsolidatsiyalash va kamroq 
sonli joylarda konsentratsiyalashga ham intiladi. Ko‗pgina korxonalar maqsadli 
ravishda o‗zlarining omborlarini tugatadi va ularni keng hududlarga xizmat 
ko‗rsatuvchi mintaqaviy ulgurji bazalarga aylantiradi; 
– kechiktirish va mahalliylashtirish – tiplashgan butlovchilar va yig‗ish 
modullaridan yaratiladigan tovarni oxirigacha ishlov berishda konkret 
iste‘molchilarning talablarini hisobga olish uchun yakuniy oxirigacha ishlov berish 
va individuallashtirish muddatini ko‗chirish uslubi. 
Global olamda xalqaro savdoni olib borishning ko‗plab variantlari mavjud. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda logistik operatsiyalarni boshqarishning universal 
modeli mavjud emas va bo‗lishi ham mumkin emas, bunda har bir korxona 
ko‗proq muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyalar va firmalarning tajribasini 
hisobga olish bilan o‗zining echimlarini qidirishiga to‗g‗ri keladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi kerakli logistik menejmentni ta‘minlashni 
talab qiladi. Zamonaviy jahon bozori ishtirokchilarining yuqori integratsiya 
darajasiga qaramasdan global logistikaning oyoqqa turish yo‗lidagi barcha 
cheklashlar bartaraf qilingan deb bo‗lmaydi. Turli sabablar bilan shartlanadigan 


199 
ko‗plab to‗siqlar mavjud. 8.1 rasmda [9, 26-bet] global logistikaning 
rivojlanishidagi to‗siqlarning uchta guruhi keltirilgan. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish