Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


Tashishlarni kvotalash masalalarini tartibga soluvchi ko‗p yoqlama



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

Tashishlarni kvotalash masalalarini tartibga soluvchi ko‗p yoqlama 
Kelishuvlar. 
Yuklarni avtomobillarda xalqaro tashishlarni bajarish tartibi va shartlarini tartibga 
soluvchi amaldagi ko‗p yoqlama Kelishuvlarga sobiq Evropa Transport Ministrlari 
Konferensiyasi (rus. EKMT) – hozirgi kundagi Xalqaro Transport Forumining 
ruxsatnomalar berish tizimini kiritish mumkin.


171 
Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi (EKMT) ning asosiy maqsadlari 
Evropa xalqaro ichki transportini umumiy yoki hududiy darajada yanada 
samaraliroq qo‗llash va ratsional rivojlantirishga erishish uchun zarur bo‗ladigan 
har qanday choralarni ko‗rish, shuningdek Evropa ichki transporti bilan bog‗liq 
bo‗lgan xalqaro tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va kengaytirishdan 
iborat.
Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi (EKMT) ning kvotalari – bu 
yollangan holda ishlaydigan yoki Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi 
(EKMT) ga a‘zo mamlakatda tashkil qilingan avtotransport korxonalariga tegishli 
bo‗lgan avtomobillarda yuklarni xalqaro tashishga kvotalar tizimi asosida 
beriladigan yoki Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi (EKMT) ga a‘zo 
mamlakatda ro‗yxatdan o‗tkazilgan transport vositasida Evropa Transport 
Ministrlari Konferensiyasi (EKMT) ga a‘zo mamlakatlar o‗rtasida yuklarni tashish 
va Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi (EKMT) ga a‘zo bo‗lib 
hisoblanuvchi bitta yoki bir nechta mamlakat hududi orqali tranzit tashishlarga 
mukofot tariqasida beriladigan ko‗p tomonlama ruxsatnomadir. 
Kvotaning maqsadlari – avtomobillarda yuk tashishni uzviy ravishda 
liberallashtirish, transport vositalaridan foydalanishni ratsionallashtirish, bo‗sh 
holda qatnashlarni qisqartirish, raqobat shartlarini uyg‗unlashtirish, ekologik 
jihatdan maqsadga muvofiq bo‗lgan va xavfsiz transport vositalaridan foydalanish. 
Tashishlarga ruxsatnomalar berish uchun Evropa Transport Ministrlari 
Konferensiyasi (EKMT) ning kvotalar tizimi a‘zo mamlakatlar uchun aholi soni, 
yalpi ichki mahsulot, avtomobil parkining holati, t km larda ifodalanadigan yuk 
aylanmasi va boshqa ma‘lum bir mezonlarga muvofiq belgilinadigan bazaviy 
kvotalarni ajratish tamoyiliga (prinsipiga) asoslanadi.
 
Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi (EKMT) ning ruxsatnomalari 
avtomobillarda professional tashuvchilarga yuk avtomobilida yoki tirkamali 
(pritsep) yoki yarim tirkamali (polupritsep) yuk avtotransporti vositalarida (bunda 
hech bo‗lmaganda avtomobilning tortuvchi qismi EKMT ga a‘zo mamlakatda 
ro‗yxatdan o‗tkazilgan bo‗lsa) Evropa Transport Ministrlari Konferensiyasi 


172 
(EKMT) ga a‘zo ikkita mamlakatda joylashgan ortish va tushirish punktlari 
o‗rtasida yuklarni tashish uchun ruxsatnomada ko‗rsatilgan muddat davomida 
cheklanmagan miqdorda (2005 yildan boshlab ba‘zi bir cheklashlar bilan) 
qatnashlar sonini amalga oshirishga, shuningdek ko‗rsatilgan avtotransport 
vositalarining yuk bilan yoki bo‗sh holda a‘zo mamlakatlar hududi orqali 
cheklanmagan miqdorda qatnashiga imkon beruvchi ko‗p martalik, ko‗p 
tomonlama ruxsatnomalar bo‗lib hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Evropa Iqtisodiyot Komissiyasining (EEK 
OON) avtomobillarda xalqaro tashish sohasidagi ko‗p yoqlama Kelishuvlari va 
Konvensiyalari. 
O‗zbekiston Respublikasining avtomobillarda xalqaro tashishlar sohasidagi 
xalqaro shartnomalari: 
1.
Yo‗l harakati to‗g‗risida 1968 1il 8 noyabrda qabul qilingan Konvensiya. 
2.
Yo‗l belgilari va signallar to‗g‗risida 1968 1il 8 noyabrda qabul qilingan 
Konvensiya. 
3.
Uzoq masofalarga xalqaro tashishlar (MDP) guvohnomalarini (TIR 
CARNET) qo‗llash bilan yuklarni xalqaro tashish to‗g‗risidagi bojxona 
Konvensiyasi (1975 yil 14 noyabrь). 
4.
YUklarni yo‗llar orqali xalqaro tashish to‗g‗risidagi Konvensiya (KDPG) 
(1956 yil 19 may) va yuklarni yo‗llar orqali xalqaro tashish to‗g‗risidagi 
Konvensiya (KDPG) ga Bayonnoma (1978 yil 5 iyulь). 
5.
Chegarada yuklarni nazoratdan o‗tkazish shartlarini kelishish to‗g‗risidagi 
xalqaro Konvensiya (1972 yil 2 dekabrь). 
6.
Konteynerlarga taalluqli bo‗lgan bojxona Konvensiyasi (OON/IMKO) (1972 
yil 2 dekabrь). 
7.
Xalqaro tashishlarda foydalanish uchun ―umumiy qozon‖ga berilgan 
konteynerlarga nisbatan qo‗llaniladigan bojxona rejimi to‗g‗risidagi 
Konvensiya (1994 yil 21 yanvarь). 
8.
Avtomobillarda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi transport vositalari 
ekipajlarining ishiga taalluqli bo‗lgan Evropa Kelishuvi (ESTR) (Kelishuvga 


173 
1973 yil 1 avgustdan boshlab kuchga kirgan 1-tuzatish bilan kiritilagn 
o‗zgartirishlar bilan) va 1970 yil 1 iyulьdagi uni imzolash to‗g‗risidagi 
Bayoonoma. 
9.
Yuklarni yo‗llar orqali xalqaro tashishda foydalaniladigan yo‗l-transport 
vositalarini soliqqa tortish to‗g‗risidagi Konqensiya. 
10.
Tijoratda foydalanish uchun mo‗ljallangan yo‗l-tashish vositalarini 
vaqtinchalik olib kirish to‗g‗risidagi bojxona Konvensiyasi.
11.
Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar va bunday 
tashishlarni amalga oshirish uchun mo‗ljallangan maxsus transport vositalari 
to‗g‗risidagi Kelishuv . 
Avtomobillarda xalqaro tashishlar sohasidagi Konvensiyalar va Kelishuvlar 
ro‗yxati 2002 yil 10 sentyabrda tuzilgan va kelgusida O‗zbekiston 
Respublikasining avtomobillarda tashish sohasi bo‗yicha yangi hujjatlarga 
qo‗shilish munosabati bilan o‗zgartirilishi yoki to‗ldirilishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasida avtomobil yo‗llarida amal qiladigan asosiy 
bitimlar quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Yagona tranzit tarifi to‗g‗risida bitim (ETT). 
Bitim SMGS ishtirokchilarining yo‗llari bo‗ylab yuklarni tranzit bilan tashish 
uchun to‗lovlarni hisoblash uchun qo‗llaniladi.
2.
Xalqaro tranzti tarifi to‗g‗risida bitim (MTT). 
MTT ETT ga qo‗shimcha sifatida qabul qilingan va 1977 yil 1 oktyabrdan 
buyon amal qiladi. MTT ETT ga qaraganda tariflarni qurishning anchagina 
qayishqoq tizimiga ega, bu uning katta raqobatbardoshliligini ta‘minlaydi.
3.
Xalqaro avtomobil yo‗l bog‗lanishlarida vagonlardan foydalanish qoidalari 
(PPV). 
PPV SMGS da ishtirok etuvchi mamlakatlar o‗rtasida tuzilgan va quyidagilarni 
o‗z ichiga oladi:

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish