56
-
yangi texnologiyalarning ekspansiyasi;
-
makromintaqaviy xo‗jalik tuzilmalarining rivojlanishi va integratsiyalanishi;
-
global logistika zanjirlarini (kanallarini)
shakllantirish uchun yangi
imkoniyatlar;
-
moddiy oqimlarning harakatini tezlashtirish va arzonlashtirish uchun
ko‗plab mamlakatlar tomonidan o‗tkaziladigan tartibga solish protseduralari
mavjud.
Bugungi kunda iqtisodiy o‗sish faqatgina sanoati rivojlangan mamlakatlarga
xos bo‗lib qolmaydi. U ―uchinchi dunyo‖ ning ko‗pgina mamlakatlarida ham
sezilarli darajada namoyon bo‗lmoqda.
Eng yangi texnologik yutuqlar, samarali ilmiy ishlanmalarning natijalari,
kashfiyotlar bilan almashinish turli mamlakatlarning
iqtisodiy darajalarini
yaqinlashtirishga, ularning ijtimoiy va xo‗jalik integratsiyasiga ko‗maklashadi.
Evropa Ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarida
mintaqaviy makrologistik tuzilmalarini muvaffaqiyatli shakllantirishga misollar
ma‘lum. Ularning tajribasi mamlakatlarning mintaqaviy integratsiyalanishga
bo‗lgan intilishini ko‗rgazmali tarzda tasdiqlaydi. Bunga siyosiy tizimlar, aholining
hayot kechirish ukladlari, an‘analarning o‗xshashligi, tarixiy ildizlarning yaqinligi,
energiya va xomashyo resurslarining yagona manbalaridan
foydalanish amaliyoti,
kommunikatsiyalarning
tutashganligi,
savdo
va
bojxona
to‗siqlarining
bo‗lmasligiga ko‗maklashadi. Shu bilan birgalikda o‗sishning yangi rezervlarini
qidirish va raqobatning kuchayishi ko‗pgina kompaniyalar va firmalarning
o‗zlarining mamlakatining chegaralaridan tashqarida yangi sotish bozorlari,
arzonroq xomashyo manbalari va mehnat resurslarini qidirishga bo‗lgan intilishini
dunyoga keltiradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiya biznesda global logistika
zanjirlari va kanallaridan foydalanadigan ko‗p sonli transmilliy korporatsiyalarning
yaratilishiga olib kelgan. Ularning rivojlanish istiqbollari avvalambor qo‗yilgan
kapitalning foyda
keltiruvchanligining ortishi, boshqa mamlakatlardagi logistik
vositachilarning pastroq tariflari, yaxshiroq moliyaviy shartlari bilan bog‗lanadi.
57
Logistik kanallarning yaratilishiga global telekommunikatsiya tarmoqlaridan
foydalanadigan yirik xalqaro transport-ekspeditorlik firmalari va sug‗urta
kompaniyalari ko‗maklashadi.
Va nihoyat, global logistikani amalga oshirish uchun xalqaro savdo-sotiq,
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirish maqsadida savdo,
bojxona, transport va moliyaviy to‗siqlarni bartaraf qilish uchun ko‗pgina
mamlakatlar tomonidan o‗tkaziladigan tartibga solish protsduralari katta
ahamiyatga ega bo‗ladi. Bu protseduralar kapital, tovarlar va axborotning milliy
chegaralarni kesib o‗tishini osonlashtiradi.
Shu bilan birgalikda, global logistikaning rivojlanish yo‗lidagi
barcha
to‗siqlar olingan deb bo‗lmaydi. Turli sabablar bilan, jumladan, siyosiy tizimlar,
mamlakatlarning turlicha ijtimoiy va iqtisody rivojlanish darajasi bilan
shartlanadigan to‗siqlar etarlicha ko‗p. Bunday to‗siqlar, masalan,
Evropa Ittifoqi
mamlakatlari bilan Sharqiy Evropa mamlakatlari, Evropa Ittifoqi bilan
O‗zbekiston, AQSH bilan Evropa Ittifoqi, AQSH bilan Meksika, Evropa Ittifoqi
mamlakatlari bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari, AQSH bilan Yaponiya o‗rtasida
mavjud.
Bundan tashqari, global logistikada xalqaro raqobat, transmilliy
korporatsiyalarning taqsimlash markazlariga qo‗yiladigan cheklashlar va
hokazolarni hisobga olish zarur bo‗ladi. Moliyaviy to‗siqlar davlatlarning soliq,
bojxona,
savdo siyosati, kapitalni olib kirishga cheklashlar bilan bog‗lanadi.
Boshqa mamlakatlarning raqobatchi firmalarining tovarlarini taqsimlashga
qo‗yiladigan cheklashlar ham shunga yaqin bo‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: